Oʻz qoʻllari bilan qilgan gunoh ishlari tufayli ularga biror musibat yetgandan keyin sizning oldingizga kelib: “Biz, faqat ezgulikni va orani yaxshilashni istagan edik”, – deb, Alloh nomi bilan qasam ichishlari qanday hol boʻldi?
Siz qidirgan ح ل ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 13 ta oyat mavjud.
qasam ichadilar, qasam ichganingiz, yana qasam ichadi, va qasam ichyaptirlar, qasam ichyaptirlar, qasam ichadilar, va qasam ichadilar, keyin qasam ichadilar, qasam ichganlari, qasam ichib turuvchi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Oʻz qoʻllari bilan qilgan gunoh ishlari tufayli ularga biror musibat yetgandan keyin sizning oldingizga kelib: “Biz, faqat ezgulikni va orani yaxshilashni istagan edik”, – deb, Alloh nomi bilan qasam ichishlari qanday hol boʻldi?
Alloh sizlarni til uchida aytgan behuda qasamlaringiz uchun javobgar tutmaydi. Lekin sizlarni qalbdan qattiq tugib va xohlab ichgan qasamlar buzilgani uchun javobgar qiladi. Uning kafforoti esa, oʻz oilangizga beradigan oʻrtacha taom miqdorini oʻnta miskinga yedirish yoki ularning kiyimini qilib berish yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki bularni qilishga imkon topa olmasa u holda uch kun roʻza tutishi kerak boʻladi. Mana bular ichgan va keyin buzgan qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni buzishdan saqlanglar. Shukr qilishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday qilib bayon qilmoqda.
Ey Rasulim, agar chaqirig‘ingiz ular uchun yaqin dunyo manfaati va mashaqqatsiz oʻrtacha bir safar boʻlganida, sizga aniq ergashar edilar. Lekin ularga masofa uzoq koʻrinib safarga chiqmadilar. Yaqinda munofiqlar: “Agar kuchimiz yetganida, albatta, sizlar bilan yoʻlga chiqar edik”, – deb, Alloh nomi bilan yolg‘on qasam ham ichadilar. Shu tariqa ular oʻzlarini ham halok qiladilar. Holbuki, Alloh ularni aniq yolg‘onchi ekanliklarini bilib turibdi.
Munofiqlar: “Shubhasiz, sizlardanmiz”, – deb Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Vaholanki, ular sizlardan emasdirlar. Aksincha, ular qoʻrqadigan qavmdirlar.
Ey moʻminlar, u munofiqlar: “Cizlarni rozi qilish uchun payg‘ambarga ozor bermadik”,- deb Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Holbuki, agar iymonli boʻlganlarida, Alloh va Uning payg‘ambarini rozi qilishlari eng loyiq ish edi.
Munofiqlar payg‘ambarga nisbatan aytilgan haqorat soʻzlarni aytmaganliklariga doir yolg‘on qasam ichadilar. Vaholanki, munofiqlar bu kufr soʻzini aniq aytgan edilar va islomga kirganlaridan keyin yana kufr yoʻliga qaytgan edilar. Shuningdek, payg‘ambarga suiqasd qilishdek yetolmagan narsalariga qasd qilgan edilar. Munofiqlar Alloh va Uning Rasuli ularni faqat Oʻz fazlu karamidan boy-badavlat qilib qoʻygani uchungina Alloh va Uning Rasulini yomon koʻrdilar. Bas, endi agar tavba qilsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlar edi. Agar yuz oʻgirsalar, Alloh ularni dunyo va oxiratda alamli azob bilan azoblaydi. Hamda ular uchun Yer yuzida biron doʻst ham yordamchi ham boʻlmaydi.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Ulardan rozi boʻlishingiz uchun sizlarga yolg‘ondan qasam ichadilar. Bordi-yu sizlar ulardan rozi boʻlsangiz ham, Alloh fosiq qavmlardan aslo rozi boʻlmaydi.
Ey Rasulim, yana shunday kimsalar ham borki, ular sizlarga zarar yetkazish, kufr va nifoqni orttirish, moʻminlar orasini ajratish va oldin Alloh va Rasuliga qarshi urush ochgan kimsani kutib olish uchun masjid qurib olganlar. Buning ustiga ular: “Biz bundan faqat yaxshilikni xohlagan edik”, – deb qasam ham ichadilar. Siz ularga ishonmang, ularning aniq yolg‘onchilardan ekanligiga Alloh guvohlik beradi.
Ey Muhammad, Allohning g‘azabiga uchragan qavmni doʻst tutgan munofiqlarni koʻrmaysizmi?! U munofiqlar sizlardan ham, mana bu yahudiylardan ham emasdirlar. Yana ular oʻzlarining munofiq ekanliklarini bilib turib: “Biz musulmonmiz”, – deb yolg‘ondan qasam ham ichadilar.
Alloh ularning barchalarini qayta tiriltiradigan kunda ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U Zotga ham qasam ichadilar. Ular qasamlari sababli biror narsaga erishamiz, deb oʻylaydilar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, ular aniq yolg‘onchilardir!
Alloh ularning barchalarini qayta tiriltiradigan kunda ular xuddi sizlarga qasam ichayotganlaridek, U Zotga ham qasam ichadilar. Ular qasamlari sababli biror narsaga erishamiz, deb oʻylaydilar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, ular aniq yolg‘onchilardir!
Ey Muhammad, har qanday haqir va qasamxoʻrga itoat qilmang.