Ey Muhammad: Robbingiz farishtalarga: “Men qora balchiqdan olib, quritilgan loydan bir inson yaratuvchiman”, – deb aytganini eslang.
Siz qidirgan خ ل ق masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 261 ta oyat mavjud.
sizlarni yaratdi, yaratdi, bir nasibi, yaratilishida, nasibi, yaratganini, yaratadi, yaratayin, Uni yaratdi, bir ulushi
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Muhammad: Robbingiz farishtalarga: “Men qora balchiqdan olib, quritilgan loydan bir inson yaratuvchiman”, – deb aytganini eslang.
Keyin iblis: “Men qora balchiqdan olinib, odam surati berilgan, keyin Sen uni quritilgan loydan yaratgan basharga sajda qiluvchi boʻlmayman”, – dedi.
Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsani faqat haq hikmat bilan yaratdik. Qiyomat soati ham, albatta, keluvchidir. Bas, shunday ekan, siz johillarning ozorlariga sabr qiling va ularga chiroyli muomalada boʻlib turing.
Albatta, Robbing U koʻplab yaratuvchi – Xalloq va hamma narsani biluvchi – Aʼlim Zotdir.
U Zot osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. Alloh mushriklar shirk keltirayotgan narsalardan pok va ulug‘dir.
Alloh insonni bir tomchi suv boʻlgan nutfadan yaratdi. Endi esa u Robbisiga qarshi ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi.
Shuningdek, U chorva hayvonlarini ham yaratdi. Ularning yungi, patlari va terisidan sizni isitadigan kiyimlar tikasiz va boshqa koʻplab foydalar olasiz hamda ularning suti, tuxumi va goʻshtidan tanovul qilasizlar.
U Zot yana sizlar ulov sifatida unga minishingiz uchun ziynat qilib otlar, xachirlar va eshaklarni ham yaratdi. Yana hali sizlar bilmaydigan boshqa ulovlarni ham yaratadi.
Axir butun mavjudotni yaratadigan Zot bilan hech narsa yarata olmaydigan but-sanamlaringiz barobarmi?! Bas, hali ham ibrat olib, eslatma olmaysizmi?!
Axir butun mavjudotni yaratadigan Zot bilan hech narsa yarata olmaydigan but-sanamlaringiz barobarmi?! Bas, hali ham ibrat olib, eslatma olmaysizmi?!
Mushriklarning Allohdan boshqa sig‘inayotgan maʼbudalari hech narsani yarata olmaydilar, balki ularning oʻzlari yaratiladilar.
Mushriklarning Allohdan boshqa sig‘inayotgan maʼbudalari hech narsani yarata olmaydilar, balki ularning oʻzlari yaratiladilar.
Axir ular Alloh yaratgan narsalarning soyalari Allohga sajda qilib, boʻysungan hollarida oʻng va chap tomonga egilishini koʻrmadilarmi?!
Alloh sizlarni yaratdi, keyin joningizni oladi. Sizlarning orangizda qarib oʻzini boshqara olmaydigan darajada eng tuban umr koʻrishga qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining hech birini bilmay qoladigan kishilar ham bordir. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va har narsaga kuchi yetadigan – Qodir Zotdir.
Alloh sizlar uchun yaratgan narsalaridan salqin soyali joylar bunyod qildi va sizlar uchun tog‘lardan boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq-sovuqdan asraydigan kiyimlar va sizlarga dushmanning ziyon yetkazishidan saqlaydigan sovutlar yaratdi. Allohga iymon keltirib musulmon boʻlarsizlar, deb sizlarga Oʻz neʼmatini mana shunday komil qilib bermoqda.
Kofirlar: “Chirigan suyak va titilgan tuproqlarga aylanib ketgach, chindan ham yangitdan yaratilib, tirilamizmi?!” – dedilar.
Yoki boʻlmasa, qayta tirilishi imkonsiz, – deb oʻz koʻnglingizcha katta koʻrinadigan biror maxluq boʻling, baribir Alloh sizlarni tiriltiradi. Hali ular: “Bizlarni kim yana hayotga qaytaradi?” – deb soʻraydilar. Ey Rasulim, ularga: “Sizlarni ilk bor yaratgan Zot”, – deb javob bering. Ular yana sizga boshlarini chayqab: “U kun qachon boʻladi?” – deydilar. Ularga: “Shoyad, u kun yaqinda boʻlsa”, – deb ayting.
Vaqtiki, Biz farishtalarga: “Odamga sajda qilinglar”, – dedik. Keyin barchalari sajda qildilar. Faqat iblis kibrlanib sajda qilmadi va: “Sen loydan yaratgan kimsaga sajda qilamanmi?” – dedi.
Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ulov va kemalarga mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp maxluqotlardan afzal qilib qoʻydik.
Bu koʻrgiliklar Bizning oyatlarimizga kufr keltirganlar hamda: “Chirigan suyak va titilgan tuproqqa aylangan vaqtimizda, yangitdan yaralib, qayta tiriluvchimizmi?!” – deganlarning jazosidir.