Haq ekanligida unda hech qanday shubha boʻlmagan ushbu kitob, Allohdan qoʻrquvchi taqvodor kimsalar uchun toʻg‘ri yoʻlga boshlovchi hidoyat manbaidir.
Siz qidirgan ذَٰلِكَ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 520 ta oyat mavjud.
ana o'sha, bunda siz uchun, buning, bu, ana bu, ana shunday, buni, shunday qilib, ana shunday, ular
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Haq ekanligida unda hech qanday shubha boʻlmagan ushbu kitob, Allohdan qoʻrquvchi taqvodor kimsalar uchun toʻg‘ri yoʻlga boshlovchi hidoyat manbaidir.
Ey bani Isroil avlodlari, sizlarga bir paytlar yomon azoblarni ravo koʻrgan, oʻg‘il bolalaringizni soʻyib, ayol-qizlaringizni buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoʻyib yuborgan zolim firʼavn xonadonidan qutqarganimizni eslanglar. Ana oʻsha paytdagi boʻlib oʻtgan hodisalarda sizlarga Robbingiz tomonidan katta bir imtihon boʻlgan edi.
Soʻngra oʻsha yomon ishlardan keyin ham, balki, Menga shukr qilarsizlar deb, sizlarni afv etgan edik.
Shundan soʻng Muso oʻz qavmiga qarata: “Sizlar bir buzoqni iloh qilib olib, unga sig‘inish bilan oʻzingizga oʻzingiz qattiq zulm qildingizlar. Endi Yaratganingizga tavba qilib, oʻz-oʻzingizni oʻldiringlar. Bu ishni amalga oshirishingiz sizlarni yoʻqdan bor qiluvchi Boriy Zot nazdida yaxshiroq boʻlar edi”, – deganini ham yodga olinglar. Shundan soʻng, Alloh yana tavbangizni qabul qilib sizlarni kechirdi. Albatta, U kechiruvchi – Tavvob va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Shuncha moʻʼjizalarga qaramay Musoga qarata: “Ey Muso, faqat bir xil taomga sabr qilib, toqat qilolmaymiz. Biz uchun Robbingga duo qilib soʻra, endi U bizga Yer undirib chiqaradigan narsalardan ham, yaʼni sabzavot, bodring, sarimsoq, mosh, piyoz kabilarni chiqarib bersin”, – deganlaringizni eslanglar. Shunda Muso qavmiga qarab: “Xayrli boʻlgan narsani past narsaga almashtirishni xohlaysizlarmi?! Unda, har qanday bir shaharga tushing u yerda shundoq ham siz soʻragan narsalaringiz bor!” – degan edi. Bani Isrol avlodlarining bu qilmishlari uchun ularga xorlik va zorlik tamg‘asi urildi hamda Allohning g‘azabiga duchor boʻldilar. Bunga esa, Allohning oyatlarini inkor qilganlari va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlari sabab boʻldi. Yana bir sababi esa, ularning isyon qilganlari va haddan oshganlari edi.
Sizlar esa shundan keyin ham ahdingizdan yuz oʻgirib ketdingiz. Agarda sizlarga Allohning fazli va marhamati boʻlmaganda edi, shubhasiz, ziyon koʻruvchilardan boʻlib qolar edingiz.
Keyin ular: “Robbingga duo qilib soʻra, u sigirning qandayligini bizlarga bayon qilsin”, – dedilar. Shunda Muso: “U Zotning amr qilishicha, sigir na qari va na juda yosh, shu ikkisi oralig‘idagi oʻrtacha bir sigir boʻlsin”, – deb aytdi. Soʻngra Muso: “Bas, endi sizga amr qilingan ishni qila qolinglar”, – dedi.
Keyin Biz: “Endi soʻyilgan u sigirning biror bir boʻlagi bilan oʻldirilgan jasadga uringlar”, – dedik. Jasadga jon kirib, qotil kim ekanligini aytdi. Xuddi shu kabi, Alloh oʻliklarni qayta tiriltiradi va sizlarga aql yuritishingiz uchun moʻʼjiza va oyatlarini koʻrsatmoqda.
Mana shu moʻʼjizalarni koʻrgandan keyin ham qalblaringiz qattiq boʻldi. U koʻngillaringiz toshdek hatto undan ham qattiqroqdir. Chunki toshlardan shundaylari borki, undan daryolar otilib chiqadi, yana shundaylari ham borki, yorilib undan suv chiqadi va yana shundaylari ham borki, Allohdan qoʻrqqanidan dumalab yuqoridan pastga qulaydi. Alloh sizlar qilayotgan ishlaringizdan bexabar emasdir.
Keyin ey bani Isroil avlodlari, sizlar shunday kimsalarsizki, bir-biringizni oʻldirasizlar, oʻzingizdan boʻlgan bir guruhni yurtlaridan haydab chiqarib yuborasizlar va ularga qarshi gunoh va adovat yoʻlida hamkorlik qilasizlar. Bordi-yu u guruhdagilar sizga asir tushib kelsalar, ulardan tovon olib qoʻyib yuborasizlar. Vaholanki, ularni haydab chiqarish sizlarga harom qilingan edi. Yoki siz Tavrot kitobining baʼzi bir qismiga ishonib, baʼzi bir qismiga ishonmay kufr keltirasizlarmi?! Sizlardan bu ishni qilgan kimsaning jazosi dunyo hayotida, faqat rasvolik koʻrishdir. Qiyomat kunida esa eng shiddatli azobga duchor qilingaydirlar. Alloh siz qilayotgan ishlardan bexabar g‘ofil emasdir.
Ular: “Jannatga, faqat yahudiy yoki nasroniy dinida boʻlganlargina kiradilar”, – deydilar. Bu esa ularning xomxayollaridir. Ey Muhammad, ularga: “Agar chindan ham rostgoʻylardan boʻlsangiz, unda dalilingizni keltiringlar”, – deb ayting.
Yahudiylar: “Nasroniylar dinlarida haq boʻlgan narsada emaslar”, – deganlar. Xuddi shuningdek, nasroniylar ham: “Yahudiylar dinlarida haq boʻlgan narsada emaslar”, – deganlar. Vaholanki, ular aniq haqiqatni Tavrot va Injil kitobidan tilovat qilar edilar. Kitobdan xabari yoʻq, johil, bilmaydigan kimsalar ham, ularning gapiga oʻxshash gapni aytganlar. Alloh ular tortishayotgan narsalari haqida qiyomat kuni oralarida hukm qiladi.
Bilmaydigan nodon kimsalar: “Alloh bizlarga toʻg‘ridan-toʻg‘ri gapirsa yoki bizga biror-bir alomat kelsa edi”, – deydilar. Ulardan burungilar ham xuddi ularning gaplariga oʻxshash gaplarni aytgandilar. Ularning fikru xayollari, qalblari bir-birlarinikiga oʻxshaydi. Biz barcha alomat va oyatlarni toʻliq ishonadigan odamlar uchun bayon qilib berganmiz.
Ular allaqachon oʻtib ketgan ummatlardir. Ularning qilgan yaxshiyu yomon ishlari oʻzlariga, sizning ham qilgan ishlaringiz oʻzingizgadir. Sizlar ularning qilgan amallari boʻyicha masʼul emassizlar.
Ular allaqachon oʻtib ketgan ummatlardir. Ularning qilgan yaxshiyu yomon ishlari oʻzlariga, sizlarning ham qilgan ishlaringiz oʻzingizgadir. Sizlar ular qilgan ishlar boʻyicha soʻralmaysizlar.
Shunday qilib, Biz siz musulmonlarni insoniyatga shohid va oʻrnak boʻlishingiz hamda payg‘ambar ham sizlar uchun guvoh boʻlishi uchun moʻʼtadil, oʻrta bir ummat qildik. Siz ilgari unga yuzlanib ibodat qilgan qiblani oʻzgartirishimiz esa, kim payg‘ambarga ergashishini, kim itoat qilmay orqasiga qarab qaytib ketishini bilish uchun sinov qilganmiz, xolos. Shubhasiz, bu qiblaning oʻzgarishi Alloh hidoyat berganlaridan boshqalari uchun og‘ir bir ishdir. Alloh avvalgi qiblaga qarab qilgan ibodatdagi iymonlaringizni, zoe qilmoqchi emas. Shubhasiz, Alloh odamlarga oʻta shafqatli – Raʼuf va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Oʻshanda ortidan ergashgan kimsalar: “Koshki, bizga yana bir karra dunyoga qaytishning imkoni boʻlsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak”, – deydilar. Shunday qilib, Alloh taolo ularning qilgan amallarini oʻzlariga hasrat va pushaymonlar qilib koʻrsatadi va ular doʻzaxdan qutulib chiquvchi boʻlmaydilar.
Ularga berilgan bu jazo Alloh kitobni, haqiqatan, nozil qilgani sababidandir. Kitobning haqligi toʻg‘risida qarshilik qilgan kimsalar, albatta, haqdan uzoq boʻlgan tortishuv ichidadirlar.
Ey moʻminlar, sizlarga nohaq va qasddan oʻldirilgan kishilar xususida ozod kishi muqobiliga ozod kishidan, qul uchun quldan, ayol kishi uchun ayoldan qasos olish farz qilindi. Bordi-yu oʻldirilganning tug‘ishgan birodari tomonidan tovon toʻlash evaziga rozi boʻlinib u afv qilinsa, unda maʼqul tomonga ergashish va unga xunini chiroylik tarzda toʻlab berishi kerak. Bu hukm Robbingiz tomonidan sizlarga yengillik va rahmatdir. Agar kimda-kim shunday yengillik va rahmatdan keyin ham haddidan oshadigan boʻlsa, unga alamli azob bordir.