Ey Rasulim, bular Allohning oyatlari boʻlib, ularni sizga roʻyirost tilovat qilmoqdamiz. Siz, shubhasiz, payg‘ambarlardansiz.
Siz qidirgan أ ي ي masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 382 ta oyat mavjud.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey Rasulim, bular Allohning oyatlari boʻlib, ularni sizga roʻyirost tilovat qilmoqdamiz. Siz, shubhasiz, payg‘ambarlardansiz.
Yoki yana boshqa bir kishi haqidagi xabarni bilmaysizmi? U kimsa tomlari bosib vayronaga aylangan va huvillab qolgan bir qishloqdan oʻtib ketayotganda oʻziga oʻzi: “Alloh xarobaga aylanib oʻlgandan keyin bu qishloq aholisini qanday qilib qayta tiriltirarkin-a?!” – dedi. Shunda Alloh uni oʻldirib, yuz yil muddatga shu holda tashlab qoʻydi. Yuz yildan keyin uni qayta tiriltirib: “Necha yil shu oʻlik holda yotding?” – dedi. U esa: “Bir kun yoki yarim kun”, – deb javob berdi. Alloh unga: “Yoʻq, sen yuz yil oʻlik holda yotding. Ana taoming va ichimligingga qaragin, buzilib oʻzgarmagan. Endi eshagingga qara, chirib yotibdi. Bunday hodisani koʻrsatishdan maqsad seni insonlarga ibrat qilib koʻrsatishdir. Bu suyaklarni qanday qilib tiklab, keyin ularga goʻsht qoplab, kiydirishimizni koʻrgin”, – dedi. Unga Allohdan boʻlgan moʻʼjiza ochiq-oydin maʼlum boʻlgach: “Albatta, Alloh hamma narsaga kuchi yetadigan Zot ekanini bilaman”, – dedi.
Sizlardan birortangiz tagidan anhorlar oqib turgan, xurmoyu uzumlar va anvoyi mevali bog‘i bor odamning yoshi ulg‘ayib, norasida bolalari bilan qolgan paytida bog‘ini olovli boʻron urib, yonib kul boʻlishini xohlaydimi? Alloh shoyad, tafakkur qilasizlar deb, oyatlarni sizlarga shunday bayon qiladi.
Avvaldan ular insonlarga hidoyat manbai boʻlgan edi. Keyin esa, haq bilan botilni ayiruvchi boʻlgan Furqonni nozil qildi. Shubhasiz, Allohning oyatlarini inkor qiluvchilarga shiddatli azob bordir. Alloh izzati buyuk – Aziz va zolimlar uchun intiqom sohibidir.
Ey Rasulim, U sizga Qurʼon kitobni tushirgan Zotdir. U Qurʼonda bir qismi kitobning onasi, yaʼni asli hisoblangan ochiq-oydin muhkam oyatlar va yana maʼnosi, faqat Allohga maʼlum hamda tushunish qiyin boʻlgan boshqa mutashobih oyatlar ham bordir. Lekin qalblarida haqdan og‘ishga moyil boʻlgan kimsalar fitna chiqarish va oʻzlaricha maʼno berib, taʼvil qilish maqsadida undagi mutashobih oyatlarni ushlab olib ergashadilar. Vaholanki, asl taʼvilini Allohdan oʻzga hech kim bilmaydi. Ilmda kuchli boʻlgan kimsalar esa: “Biz unga iymon keltirdik va u oyatlarning barchasi Allohning huzuridandir”, – deydilar. Bulardan, faqat aql egalari oʻgit oladilar.
Ularning ahvoli xuddi firʼavn xonadoni va izdoshlarining hamda ulardan avvalgi oʻtganlarning holatiga oʻxshaydi. Ular oyatlarimizni yolg‘onga chiqarishgandan keyin Alloh ularni gunohlari sababli tutib azobladi. Allohning azobi qaqshatgichdir.
Darhaqiqat, Badr jangidagi sizlar toʻqnashgan ikki guruhda ibrat boʻlgan edi. Guruhning biri Alloh yoʻlida jang qilar, boshqasi esa kofir edi. U kofirlar koʻzlari bilan musulmonlarni oʻzlariga ikki barobar koʻp holda koʻrib turar edilar. Alloh xohlaganini oʻz yordami bilan qoʻllab-quvvatlaydi. Mana shu voqeada koʻra oluvchi basirat egalari uchun ibrat bordir.
Albatta, Alloh nazdida maqbul boʻlgan din bu, faqat Islom dinidir. Oʻzlariga kitob berilgan yahudiy va nasroniylar ularga Islomning haq ekanligiga ochiq dalil kelganidan keyingina adovat va hasad qilgan holda oʻzaro ixtilofga tushdilar. Kimki Allohning oyatlarini inkor qilsa, bas, albatta, Alloh barchaning qilmishini tez hisob-kitob qiluvchi Zotdir.
Allohning oyatlarini inkor qilib kufr keltiradigan, payg‘ambarlarni nohaq qatl qiladigan va insonlar orasidagi haq va adolatga buyuruvchi solih kimsalarni oʻldiradigan zolimlarga oxiratdagi alamli azob bashoratini bering.
Zakariyo: “Ey Robbim, xotinimning homiladorligiga doir menga biror bir belgi koʻrsat”, – dedi. Alloh unga: “Sening belging, sog‘ boʻlaturib odamlar bilan uch kun gaplasha olmaysan. Ular bilan, faqat imo ishora orqaligina soʻzlashasan. Shuningdek, Robbingni koʻp zikr qil va tunu kun unga tasbeh ayt”, – dedi.
Zakariyo: “Ey Robbim, xotinimning homiladorligiga doir menga biror bir belgi koʻrsat”, – dedi. Alloh unga: “Sening belging, sog‘ boʻlaturib odamlar bilan uch kun gaplasha olmaysan. Ular bilan, faqat imo ishora orqaligina soʻzlashasan. Shuningdek, Robbingni koʻp zikr qil va tunu kun unga tasbeh ayt”, – dedi.
Shuningdek, uni bani Isroil avlodlariga payg‘ambar qilib yuboradi. U esa oʻz qavmiga: “Men haqiqatan, payg‘ambar ekanligim toʻg‘risida sizlarga Robbingizdan dalil keltirdim. Darhaqiqat, men sizlarga loydan qush shaklini oʻxshatib yasayman. Keyin unga puflayman va u Allohning izni bilan haqiqiy bir qush boʻladi. Tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzataman. Allohning izni bilan oʻliklarni ham tiriltira olaman. Bulardan tashqari sizlar uylaringizda tanovul qilayotgan hamda zaxiraga saqlab qoʻyayotgan narsalaringizni ham xabarini bera olaman. Agar haqiqatan, moʻmin boʻlsangiz, albatta, bularning barchasida sizlar uchun payg‘ambar ekanimga ochiq oydin alomat bordir”, – deydi.
Shuningdek, uni bani Isroil avlodlariga payg‘ambar qilib yuboradi. U esa oʻz qavmiga: “Men haqiqatan, payg‘ambar ekanligim toʻg‘risida sizlarga Robbingizdan dalil keltirdim. Darhaqiqat, men sizlarga loydan qush shaklini oʻxshatib yasayman. Keyin unga puflayman va u Allohning izni bilan haqiqiy bir qush boʻladi. Tug‘ma koʻr va pes kasalligini tuzataman. Allohning izni bilan oʻliklarni ham tiriltira olaman. Bulardan tashqari sizlar uylaringizda tanovul qilayotgan hamda zaxiraga saqlab qoʻyayotgan narsalaringizni ham xabarini bera olaman. Agar haqiqatan, moʻmin boʻlsangiz, albatta, bularning barchasida sizlar uchun payg‘ambar ekanimga ochiq oydin alomat bordir”, – deydi.
Hamda men oʻzimdan oldingi nozil boʻlgan Tavrotni tasdiq qiluvchi va sizlarga ayrim harom qilinganlarni halol qilish uchun Robbingizdan bir hujjat keltirdim. Bas, shunday ekan, Allohdan qoʻrqingiz va menga itoat qilingiz!
Ey Rasulim, bularni sizga Allohning oyatlaridan va hikmatli eslatmalardan tilovat qilib beryapmiz.
Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Nima uchun sizlar uning haq ekanligiga shohid boʻla turib, Allohning oyatlarini inkor qilib, kufr keltirasizlar?!
U yerda ochiq-oydin alomatlar va Ibrohimning maqomi bor. U yerga kirgan har kim xavf-xatardan omonda boʻladi. Yoʻlga tushishga qodir boʻlgan odamlar zimmasida Alloh uchun Baytni haj qilish majburiyati bordir. Kimki Allohning amrlarini inkor qilib kufr keltirsa ham, bas, shubhasiz, Alloh butun olamlardan behojat boʻlgan Zotdir.
Ey Muhammad, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Nima uchun Allohning oyatlarini inkor qilib kufr keltirasizlar?! Axir, Alloh qilayotgan barcha ishlaringizga guvoh boʻlib turibdi”, – deb ayting.
Sizlarga Allohning oyatlari oʻqib turilgan va orangizda Uning Rasuli boʻlgani holda qanday qilib kufr keltirasizlar?! Kimki Allohning dinini mahkam tutsa, darhaqiqat, u toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilinibdi.
Hammangiz birgalikda Allohning arqoni Qurʼonni mahkam tutinglar va ajralib ketmanglar. Allohning sizga bergan neʼmatini yodga olinglar. Bir paytlar bir-biringizga dushman edingiz soʻng, qalblaringizni oʻzaro oshno qilib qoʻydi. Uning neʼmati soyasida birodarlarga aylandingiz. Doʻzax chuqurining yoqasida ekaningizda undan sizlarni qutqardi. Hidoyat yoʻlini topishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday bayon qiladi.