Kunduzning har ikki tarafida peshin va asr namozini va tunning bir boʻlagida bomdod, shom va xufton namozini oʻqing. Albatta, yaxshi ishlar gunohlarni ketkazadi. Mana bular yod etuvchilar uchun eslatmadir.
Siz qidirgan ز ل ف masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 10 ta oyat mavjud.
va yaqin vaqtlarida, va yaqinlashtirdik, va yaqinlashtiriladi, martabada, bir yaqinligi, bir yaqinlik, yaqinroq, va yaqinlashtirilgandir, yaqindan, yaqinlashtirilgani
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Kunduzning har ikki tarafida peshin va asr namozini va tunning bir boʻlagida bomdod, shom va xufton namozini oʻqing. Albatta, yaxshi ishlar gunohlarni ketkazadi. Mana bular yod etuvchilar uchun eslatmadir.
Ortda qolgan firʼavn va uning askarlarini ham oʻsha yerga yaqinlashtirdik.
U kunda jannat taqvodorlarga yaqinlashtiriladi.
Na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qila olmaydi. Lekin kim iymon keltirgan va solih amal qilgan boʻlsa, ana oʻshalargagina qilgan amallari tufayli koʻpaytirilgan mukofot bordir. Ular jannatdagi koʻshklarda omonlikda boʻladilar.
Bas, uning oʻsha xatosini kechirdik. Albatta, uning uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat bordir.
Albatta, Sulaymon uchun huzurimizda yaqinlik va chiroyli oqibat bordir.
Ogoh boʻlingiz, ey insonlar, xolis din yolg‘iz Allohnikidir. Undan oʻzgani doʻstlar qilib olgan kimsalar: “Biz faqat ularga bizni Allohga juda yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz”, – deydilar. Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida ixtilof qilayotgan narsalari xususida ularning oʻrtasida haq bilan hukm qiladi. Albatta, Alloh yolg‘onchi va noshukr kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Taqvodor zotlarga jannat uzoq boʻlmagan bir makonga keltiriladi.
Bas, qachonki, ular qiyomat azobini yaqindan koʻrganlarida, kofirlarning yuzlari qora boʻladi va ularga: “Mana shu sizlar soʻragan narsa”, – deyiladi.
Jannat taqvodorlarga yaqin qilinganida,