Orqasidan odamlarni ergashtirib yuruvchi kimsalar hisob-kitob kunidagi qattiq azobni koʻrgach oʻzlariga ergashgan kimsalardan tonadilar hamda ularni bu dunyoda birlashtirib turgan barcha sabab va aloqalar uziladi.
Siz qidirgan س ب ب masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 11 ta oyat mavjud.
bog'lamlarni, so'kmangki, ular ham so'kmasinlar, bir sabab, bir yo'l, bir sabab(ip) bilan, sabablar (vositalar), sabablarga, sabablariga
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Orqasidan odamlarni ergashtirib yuruvchi kimsalar hisob-kitob kunidagi qattiq azobni koʻrgach oʻzlariga ergashgan kimsalardan tonadilar hamda ularni bu dunyoda birlashtirib turgan barcha sabab va aloqalar uziladi.
Allohdan boshqaga sig‘inadiganlarni soʻkib yurmanglar. Aks holda, ular ham haddan oshib, johillik bilan Allohni soʻkib yuboradilar. Shunday qilib, har bir ummatga qilayotgan ishlarini oʻziga chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydik. Keyin oxirida barchalarining boradigan joylari Robbilari huzurigadir. Soʻngra ularga qilgan ishlarining xabarini beradi.

Darhaqiqat, Biz Zulqarnaynga Yerda ulkan imkon berdik. Hamda barcha istagan narsasiga erishish sababini ham ato qildik.
Bas, avval u g‘arbga qarab yoʻl oldi.
Soʻngra, u sharqqa tomon yoʻl oldi.
Soʻngra, u yana yoʻl oldi.
Kimki dunyo va oxiratda Alloh oʻz payg‘ambariga aslo yordam qilmaydi, deb gumon qilsa, bir arqon bilan balandlikka osilib, soʻngra oyog‘ini uzsin. Keyin nazar solib koʻrsinchi, uning bu nayranggi g‘azabini ketkaza oladimi?!
Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsalarning hukmronligi ularniki ekanmi?! Bas, u holda sabablari bilan osmonlarga koʻtarilsinlar!
Firʼavn: “Ey Homon, men uchun bir baland minora qurgin, shoyadki men uning ustiga chiqib sabablarga yetib borsam”, – dedi.
Osmonlarning yoʻllariga yetib borayki, zora Musoning ilohini koʻrsam, chunki men uni yolg‘onchi deb gumon qilyapman. Firʼavnga oʻzining yomon amali mana shunday chiroyli qilib koʻrsatildi va toʻg‘ri yoʻldan toʻsildi. Firʼavnning barcha hiylasi, faqatgina halokatdadir.