Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
Siz qidirgan أُولَٰئِكَ masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 206 ta oyat mavjud.
mana ular, va mana, mana, mana ular ham, Mana, mana ularga, ular, va mana ular, va ular, (Zero) ular
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
Ana oʻsha iymonli kimsalar Robbilari tarafidan berilgan hidoyat yoʻlidalar va aynan ulargina oxiratda najot topuvchilardir.
Ana u munofiqlar hidoyat oʻrniga zalolat yoʻlini sotib olgan kimsalardir. Shunday ekan, ularning bu behuda oldi-berdilari foyda keltirmadi va ular toʻg‘ri yoʻlni topuvchi ham boʻlmadilar.
U fosiqlar shunday kimsalarki, Allohga bergan ahdini qatʼiy iqrordan keyin buzadilar, Alloh bog‘lanishiga buyurgan islomiy-axloqiy, qarindosh-urug‘chilik, doʻstlik kabi rishtalarni uzadilar va Yer yuzida fasod tarqatib yuradilar. Ana shunday kimsalar ziyon koʻruvchilardir.
Biroq kufr keltirgan hamda oyatlarimizni inkor qilib, yolg‘onga chiqargan kimsalar esa, doʻzax egalari boʻlib, ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Yoʻq, aslo unday emas! Kimda-kim yomonlikni oʻziga kasb qilsa va qilayotgan xatolari uni har tomondan qamrab olsa, ana oʻsha kimsalar doʻzax egalaridir. Ular u yerda mangu qoluvchilardir.
Ammo iymon keltirib, solih amallarni qilgan kimsalar esa, aynan oʻshalar jannat egalaridir. Hamda ular u yerda abadiy qoluvchilardir.
Ana shunday zolim kimsalar abadiy oxiratni unutib, uning oʻrniga oʻtkinchi dunyo hayotini sotib olgandirlar. Modomiki shunday ekan, ulardan azob yengillatilmaydi hamda ularga oxiratda jazodan qutulish uchun yordam berilmaydi.
Allohning masjidlarida Uning nomi zikr qilinishiga toʻsqinlik qiladigan va ularni xarob qilishga harakat qiladigan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Aslida ular masjidlarga qoʻrqqan hollarida kirishlari kerak edi. Ular uchun bu dunyoda sharmisorlik, oxiratda esa ulkan azob bordir.
Biz ularga bergan Tavrot va Injil kitobini buzmay, uni toʻg‘ri tilovat qiladigan kimsalar ham bordir. Ana oʻsha zotlar unga, yaʼni Qurʼon va Muhammadga iymon keltiradilar. Kimda-kim uni inkor qilsa, demak, ana oʻshalar ziyon koʻruvchilardir.

Ana oʻshalarning ustiga Robbilari tarafidan salovotlar va rahmat yog‘adi. Hamda aynan oʻshalar hidoyat yoʻlini topganlardir.
Ana oʻshalarning ustiga Robbilari tarafidan salovotlar va rahmat yog‘adi. Hamda aynan oʻshalar hidoyat yoʻlini topganlardir.
Biz nozil qilgan dalillar va Muhammadning haq payg‘ambar ekanligi toʻg‘risidagi hidoyatdan iborat boʻlganlarni odamlarga Tavrot kitobida aniq qilib berganimizdan keyin ham ularni yashirgan kimsalarni, albatta, Alloh laʼnatlaydi. Shuningdek, ularga laʼnatlovchi maloika va moʻminlar ham laʼnat aytadilar.
Faqat tavba qilib, xatolarini tuzatgan va odamlarga haqiqatni bayon qilgan kimsalarning tavbasini qabul qilaman. Shubhasiz, Men tavbalarni koʻp qabul qiluvchi – Tavvob va marhamati ziyoda boʻlgan – Rahim Zotdirman.
Kufr keltirgan va kofir holida oʻlib ketgan kimsalarga esa, albatta, Allohning, maloikalarning va barcha odamlarning laʼnati boʻlgay.
Shubhasiz, Alloh nozil qilgan Tavrot kitobidagi Muhammadning sifatini qasddan yashiradigan va uni dunyo manfaati uchun arzimas bahoga sotadiganlar, qorinlariga, faqat doʻzax otashini yegan boʻladilar. Alloh ularga qiyomat kunida gapirmaydi va ularni gunohlardan tozalamaydi. Shuningdek, ularga alamli azob beriladi.
Ana oʻsha kimsalar hidoyat oʻrniga zalolatni, mag‘firat oʻrniga azobni sotib olgan kimsalardir. Voajab, doʻzax oʻtiga naqadar chidamli boʻlmasalar!
Yaxshilik ibodatlarda taraf tortishib yuzingizni sharq yoki g‘arb tomonga burishingizdan iborat emas. Balki yaxshilikning belgisi, Allohga, oxirat kuniga, maloikalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga iymon keltirgan hamda oʻzi u molni yaxshi koʻrishiga qaramay, mol-dunyosidan qarindoshlariga, yetim-esirlarga, miskinlarga, musofirlarga, tilanchilarga va qul ozod qilish uchun beradigan, namozni toʻliq ado etib, zakotni berib yuradigan kimsalarda namoyondir. Shuningdek, yana yaxshilikning namunasi ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar, mashaqqatli va dardli kunlarda hamda jangu jadaldagi qiyinchilik onlarida sabr-toqat qiluvchi kimsalarda bilinadi. Ana shunday kimsalar iymonda sodiq boʻlganlar va aynan oʻshalar Allohdan qoʻrquvchi taqvodorlardir.