Ey Muhammad, ularga: “Osmonlar va Yerning Robbisi kim?” – deb ayting. Keyin ularga: “Albatta, Allohdir”, – deb javob bering. Hamda ularga: “Bas, Uni qoʻyib, oʻzlariga foyda ham zarar ham yetkazishga kuchi yetmaydigan but va sanamlarni doʻstlar qilib oldingizmi?” – deb ayting. Yana ulardan: “Qalbi koʻr gumroh bilan hidoyat yoʻlini koʻruvchi odam barobar boʻladimi? Yoki boʻlmasa zulmatlar bilan nur barobar boʻladimi? Yo ular Alloh yaratgani kabi yarata oladigan butlarni U Zotga sherik qilib olib, soʻngra ularga yaratilgan narsalar Alloh tomonidanmi yoki but tomonidanmi ekanligi nomaʼlum boʻlib qoldimi?” – deb ayting. Ey Rasulim, ularga: “Alloh barcha narsaning yaratuvchisidir va U yolg‘iz va Oʻz ishida g‘olibdir”, – deb javob bering.

