Ey Rasulim, jang safarida ekanligingizda ularning orasida boʻlib namoz oʻqib bermoqchi boʻlsangiz, ulardan bir jamoat siz bilan birga namozga tursinlar hamda yonlariga qurol aslahalarini ham olsinlar. Sajda qilib bir rakat oʻqib boʻlishgach esa orqangizga oʻtib olib sizlarni qoʻriqlab tursinlar. Keyin namozlarini oʻqimagan boshqa jamoat kelib siz bilan birga namoz oʻqisinlar. Ular ham ehtiyot choralarini koʻrib qurol yaroqlarini yonlariga olsinlar. Kofirlar qurol va ashyolaringizdan g‘aflatda boʻlib, ularni qarovsiz qoldirgan paytingizda ustingizga birdan hamla qilib qolishni oʻylab yuradilar. Agarda yog‘ingarchilikdan aziyat chekib qiynalayotgan yoki xasta boʻlsangizlar, qurol yaroqlaringizni yechib qoʻyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Shunda ham baribir ehtiyot chorangizni koʻrib qoʻyinglar. Alloh, albatta, kofirlar uchun xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻygandir.

