Qiyomat kelgan kunda Uning ruxsatisiz hech bir jon egasi gapirmaydi. U kunda ularning orasida baxtsiz ham, baxtli insonlar ham bordir.
Siz qidirgan ش ق و masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 12 ta oyat mavjud.
badbaxtdir, badbaxt bo'lgan(lar), baxtsiz, bosh ko'taruvchi, qiynalasan deb, keyin charchaysan, bir qiyinchilik, baxtsizligimiz, baxtsiz bo'lgan, eng yomonlari
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Qiyomat kelgan kunda Uning ruxsatisiz hech bir jon egasi gapirmaydi. U kunda ularning orasida baxtsiz ham, baxtli insonlar ham bordir.
Bas, biroq oʻshanda baxtsiz boʻlganlar doʻzaxda boʻladilar va ular u yerda dod-faryod qiladilar.
Zakariyo duosida: “Ey Robbim, darhaqiqat, mening suyaklarim moʻrtlashdi, keksalikdan boshga oq tutashdi. Ey Robbim, men senga duo qilib hech qachon baxtsiz boʻlmaganman”, – dedi.
Shuningdek, meni onamga mehribon qildi va meni takabbur, badbaxt qilmadi.
Men sizlardan ham, Allohdan boshqa iltijo qilayotgan butlaringizdan ham chetlanaman va yolg‘iz Robbimga iltijo qilaman. Shoyad, Robbimga iltijo qilish bilan siz kabi baxtsiz boʻlib qolmayman, deb umid qilaman.
Ey Muhammad, Biz sizga ushbu Qurʼonni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun nozil qilmaganmiz.
Biz: “Ey Odam, albatta, bu iblis senga ham, juftingga ham dushmandir. Yana u ikkovingizni jannatdan chiqarib yubormasin, aks holda baxtsiz boʻlib qolasan”, – degan edik.
Alloh ularga: “Endi, ikkingiz birgalikda, bir-biringizga dushman holda u yerdan tushinglar. Qachonki sizlarga Men tarafdan hidoyat boʻlmish din, kitob yoki payg‘ambar kelgach, kim yuborgan hidoyatimga ergashsa, demak u adashmaydi va baxtsiz boʻlmaydi”, – dedik.
Ular: “Ey Robbimiz, baxtsizligimiz bizlarga ustun keldi va biz, shubhasiz, adashgan qavmlar edik”, – deydilar.
Baxtsiz kishi esa undan chetlab oʻtadi.
Qaysiki, ularning eng badbaxti tuyani soʻyish uchun shoshilib turdi.
Unga faqat baxtsiz odam kirib, kuyadi.