Ular: “Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qilingan azob qachon boʻladi?” – deydilar.
Siz qidirgan ص د ق masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 155 ta oyat mavjud.
to'g'ri, to'g'ri kishilar, tasdiqlovchi sifatida, tasdiqlovchi, tasdiqlovchi, so'zingizda to'g'ri, to'g'ri bo'lgan, sadaqadan, sadaqa, sadaqalaringizni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ular: “Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, bu vaʼda qilingan azob qachon boʻladi?” – deydilar.
Albatta, Biz bani Isroil avlodlarini goʻzal va omonlik maskaniga yerlashtirdik va ularga pokiza narsalardan rizq qilib berdik. Ular to oʻzlariga Tavrot ilmi kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Robbingiz qiyomat kunida ixtilof qilgan narsalari haqida oralarida hukm chiqaradi.
Yoki: “Uni Muhammad toʻqib chiqaryapti”, – deydilarmi? Ey Rasulim, ularga: “Agar rostgoʻylardan boʻlsangiz, shunga oʻxshash oʻnta toʻqilgan surani keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz yetganicha yordamga va guvohlikka kimni boʻlsa ham, chaqiringlar!” – deb ayting.
Kofirlar: “Ey Nuh, haqiqatan, biz bilan tortishding, keyin bahsni ham koʻpaytirib yubording. Bas, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga oʻsha qoʻrqitayotganing azobni keltir”, – dedilar.
Otalariga yolg‘ondan: “Ey otamiz, biz Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib quvalashib ketgan edik, keyin uni boʻri yeb ketibdi. Agar rost gapirsak ham, baribir sen bizga ishonuvchi emassan”, – dedilar.
Yusuf Qitfirga: “Yoʻq, U mening nafsimdan jinsiy yaqinlik qilishimni talab qildi”, – dedi. U Zulayhoning qarindoshlaridan biri guvohlik berib: “Agar uning koʻylagi old tomonidan yirtilgan boʻlsa, Zulayho rost aytgan boʻladi, u Yusuf esa yolg‘onchilardan boʻladi”, – dedi.
“Agarda uning koʻylagi orqa tomondan yirtilgan boʻlsa, Zulayho yolg‘on aytgan boʻladi, u esa rostgoʻylardan boʻladi”, – dedi.
U Yusufning oldiga borib: “Yusuf, ey rostgoʻy odam! Bizga yettita ozg‘in sigir yettita semiz sigirni yeyayotganini va yettita yashil boshoq bilan birga yana boshqa yettita qurigan boshoqlar toʻg‘risida koʻrilgan tush taʼbirini aytib fatvo bergin. Shoyad, men odamlar oldiga qaytib borgach buni ularga aytib bersam, ular ham seni rostgoʻy va dono ekanligingni hamda tush taʼbirini bilib olishsa”, – dedi.
Shunda podshoh u ayollarni toʻplab: “Yusufning nafsidan shahvoniy istak talab qilganingizda nima boʻlgan, u ham sizlarga mayl koʻrsatganmidi”, – dedi. Ayollar: “Alloh saqlasin! Bizlar undan biron yomonlikni sezmadik”, – dedilar. Hokimning xotini Zulayho: “Mana endi haqiqat roʻyobga chiqdi. Men uning nafsidan jinsiy mayllik talab qilgan edim. U chindan ham rostgoʻylardan edi”, – dedi.
Agar bizga ishonmasang, voqea sodir boʻlgan paytda biz unda boʻlgan shahar aholisidan va biz unda kelgan karvondan soʻragin. Biz haqiqatdan ham rost aytuvchilarmiz.
Ular otalaridan bu soʻzlarni eshitgach, yegulikka almashtirish uchun bor bisotlarini yig‘ishtirib, yana Misr tomonga joʻnab ketishdi. Qachonki Misrga yetib kelib Yusufning huzuriga kirishgach: “Ey aziz inson, bizni va ahli oilalarimizni qiyinchilik tutdi. Bizlar bu safar yoningga arzimas mollar bilan keldik. Bas, bizlarga toʻliq oʻlchovda oziq-ovqat bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, shak-shubhasiz, sen kabi sadaqa qiluvchi zotlarni mukofotlaydi”, – dedilar.

Darhaqiqat, ularning oʻtmish qissalarida aql egalari uchun katta ibrat bor edi. Ushbu Qurʼon toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlovchi va unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni batafsil bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat manbai boʻlgan ilohiy kitobdir.
Agar chindan ham daʼvoingda rostgoʻylardan boʻlsang, unda bizga osmondan farishtalarni keltirgin-chi?!
Biz senga azobni chindan ham keltirdik. Biz, albatta, rostgoʻylarmiz.
Yana duo qilib: “Ey Robbim, meni qabrdagi kiradigan joyimga gunohlarim kechirilgan holda sodiqlik bilan kiritgin va qayta chiqadigan joyimdan ham sodiqlik bilan chiqargin. Menga Oʻz huzuringdan yordam beruvchi quvvat ato qil”, – deb ayt.

Ey Muhammad, ushbu kitobda Ibrohim payg‘ambarning qissasini ham yodga oling. Shubhasiz, u juda sadoqatli payg‘ambar edi.
Shuningdek, ularga Oʻz rahmatimizdan neʼmatlar inʼom etdik va ular uchun doimo oliy maqtovlarni qildik.
Ey Muhammad, bu kitobda Ismoil payg‘ambar qissasini ham yodga oling. Darhaqiqat, u vaʼdasida sodiq turuvchi hamda rasul va payg‘ambar edi.