Albatta, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar hamda Allohga “qarzi hasana” berganlar uchun savoblari bir necha barobar koʻp qilib qaytariladi va ular uchun yana sharafli mukofot bordir.
Siz qidirgan ص د ق masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 155 ta oyat mavjud.
to'g'ri, to'g'ri kishilar, tasdiqlovchi sifatida, tasdiqlovchi, tasdiqlovchi, so'zingizda to'g'ri, to'g'ri bo'lgan, sadaqadan, sadaqa, sadaqalaringizni
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Albatta, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar hamda Allohga “qarzi hasana” berganlar uchun savoblari bir necha barobar koʻp qilib qaytariladi va ular uchun yana sharafli mukofot bordir.
Albatta, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar hamda Allohga “qarzi hasana” berganlar uchun savoblari bir necha barobar koʻp qilib qaytariladi va ular uchun yana sharafli mukofot bordir.
Allohga va Uning rasullariga iymon keltirgan kishilar – ana oʻshalar siddiqlardir va Robblari huzuridagi shohidlardir. Ular uchun oxiratda mukofotlari va yoʻllarini yorituvchi nurlari boʻladi. Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan kimsalar esa – ular doʻzax egalaridir.
Ey iymon keltirganlar, qachonki, sizlar Payg‘ambar bilan oʻzaro suhbatlashishni istasangizlar, suhbatlaringiz oldidan kambag‘al va miskinlarga sadaqa beringlar. Bu oʻzlaringiz uchun yaxshiroq va pokizaroqdir. Bas, agar sadaqaga biror narsa topa olmasangizlar, u holda, albatta, Alloh kechirimli va rahmli Zotdir.
Suhbatlaringiz oldidan sadaqalar bersangiz kambag‘al boʻlib qolamiz deb qoʻrqdingizlarmi? Bas, sizlar sadaqa qilmasalaringiz ham Alloh tavbalaringizni qabul qilgan. Endi namozni toʻliq ado qilinglar va haqdorlarga zakot beringlar hamda Alloh va uning Payg‘ambariga itoat etinglar! Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Yana u oʻljalar oʻz diyorlaridan va mol-mulklaridan haydab chiqarilgan kambag‘al muhojirlarnikidir. Zero, ular Allohdan fazl va rizolik istaganlar hamda Alloh va Uning payg‘amabariga yordam berganlar. Aynan oʻshalar iymonlarida sodiqdirlar.
Ey Muhammad, Maryam oʻg‘li Iso: “Ey bani Isroil avlodi, men Allohning sizlarga yuborgan payg‘ambariman. Men oʻzimdan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi va oʻzimdan keyin keladigan Ahmad ismli bir payg‘ambar haqida xushxabar beruvchiman”, – deganini eslang. Bas, qachonki, Iso ularga payg‘ambarligiga doir koʻplab hujjatlarni keltirgach, ular “bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Ey Muhammad ularga: “Ey yahudiy boʻlganlar, agar sizlar boshqa odamlarni emas, faqat oʻzlaringizni Allohning doʻstlari deb daʼvo qilsangizlar, bas, agar shu daʼvolaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, unda oʻlimni orzu qilib koʻringlar-chi?” – deb ayting.
Sizlardan biringizga oʻlim oni kelganda: “Ey Robbim, meni ozgina hayotda qoldirsang, men sadaqa qilib, solih bandalardan boʻlsam”, – deb aytib qolishidan oldin, Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilinglar!
Yana nomusini pok saqlagan Imron qizi Maryamni ham misol keltirdi. Bas, Biz Oʻz ruhimizdan unga pufladik va u Isoga homilador boʻldi. U Parvordigorining soʻzlarini va kitoblarini tasdiq qildi hamda Allohning amriga itoat qiluvchilardan boʻldi.
Ular: “Agar rostgoʻy boʻlsangizlar, qani aytinglar-chi shu vaʼda qilingan qiyomat qachon boʻladi?” – deydilar.
Yoki ularning bu daʼvolarini tasdiqlaydigan sheriklari bordir?! U holda rostgoʻy boʻlsalar, oʻsha sheriklarini olib kelsinlar!
Shuningdek, ular yana jazo kunini tasdiq qiluvchilardir.
U kofir banda Qurʼon va payg‘ambarni tasdiq qilmadi va namoz oʻqimadi.
Hamda goʻzal oqibatni tasdiq qilsa,