Ey iymon keltirganlar, sizlardan avvalgi ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi. Shoyad, bu roʻza sababidan Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Siz qidirgan ص و م masdar-o'zagidan hosil bo'lgan 14 ta oyat mavjud.
ro'za, ro'za tutishingiz, ro'za tutsin, ro'zani, ro'zadan, ro'za tutadi, ro'za tutishi kerak, ro'zadir, ro'za tutuvchi erkaklar, va ro'za tutuvchi ayollar
Quyida o'sha oyatlar arabcha matni va o'zbekcha tarjimasi bilan keltirilgan.
Ey iymon keltirganlar, sizlardan avvalgi ummatlarga farz qilinganidek, sizlarga ham roʻza tutish farz qilindi. Shoyad, bu roʻza sababidan Allohdan qoʻrqib, taqvo qilsangizlar.
Ramazon roʻzasi sanoqli kunlarda boʻlib oʻtadi. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Roʻza tutishga madori yetmaydiganlarning zimmasida esa bir miskinning bir kunlik taomi miqdorida fidya bersin. Kimda-kim fidyani koʻngildan chiqarib ortiqroq bersa u oʻzi uchun yaxshidir. Lekin agar bilsangiz edi, sizlar uchun roʻza tutishingiz fidya berib tutmaganingizdan koʻra yaxshiroqdir.
Ramazon oyi shunday oydirki, unda insonlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydigan, haq va botilni ayiruvchi Furqon va hidoyat manbaidan dalillar boʻlgan Qurʼon nozil boʻlgandir. Bas, agar sizlardan kimki bu oyga yetishib, shohid boʻlsa, albatta, roʻzani tutsin. Agar sizlardan biringiz bemor yoki safarda boʻlsa, roʻza tutolmagan kunlarining soni miqdoricha boshqa kunlarda tutsin. Alloh sizlarga osonlikni xohlaydi, qiyinchilik boʻlishni istamaydi. Sizlarga bu osonlik roʻza kunlarining sanog‘ini toʻldirishingiz va hidoyat qilgani uchun Allohni ulug‘lab, takbir aytishingiz uchundir. Shoyadki, bu neʼmatlarga shukr qilsangizlar.
Sizlarga roʻza oyining tunlarida xotinlaringiz bilan qoʻshilish halol qilindi. Ayollar sizlar uchun, sizlar ham ular uchun gunohlardan saqlanishga yopinchiq kabi libosdirsizlar. Alloh sizlarni kechalari nafsingizga xiyonat qilayotganingizni bildi va tavbangizni qabul qilib, sizlarni afv etdi. Endi ular bilan roʻzaning tunlarida bemalol qoʻshilib, Alloh sizlar uchun bitgan farzand neʼmatini umid qilaveringlar. Tong paytidan boshlab oq ip qora ipdan ajralib, maʼlum boʻladigan vaqtgacha yeb-ichaveringlar. Soʻngra roʻzani kechgacha mukammal qilib tutinglar. Masjidlarda eʼtikofni niyat qilib oʻtirgan paytlaringizda esa xotinlaringiz bilan qoʻshilmanglar. Mana bu hukmlar Allohning sizlarga belgilab qoʻygan chegaralaridir. Alloh man qilgan ishlarga yaqinlashmanglar. Alloh oʻz oyatlarini odamlar gunoh ishlardan saqlanishlari uchun mana shunday ochiq-oydin bayon qiladi.

Barcha arkonlariga amal qilgan holda boshlagan haj va umra ibodatini Alloh uchun toʻliq ado etinglar. Agarda betoblik, qaroqchilarga yoʻliqish yoki shunga oʻxshash uzrli sabablar bilan yoʻlingiz toʻsilib qolsa, u holda qurbingiz yetgan biror bir jonliqdan qurbonlik uchun hadya qilib joʻnating. Boshdagi sochlaringizni esa hadyangiz oʻz joyiga yetib bormaguncha olmay turinglar. Bordi-yu sizlardan kimdir oʻsha payt bemor boʻlsa yoki boshidan sochini oldirmagan taqdirda aziyat boʻladigan bir sabab boʻlsa, u holda sochini oldirishi mumkin. Lekin bu ishni qilgan kimsaga roʻza tutish, sadaqa berish yoki qurbonlik soʻyishdan birortasini fidya qilib toʻlashi kerak boʻladi. Agar haj qilishga toʻsqinlik qilgan holatlardan qutulsangiz va kimki hajgacha umra ibodatidan foydalansa, yaʼni ehromdan vaqtincha chiqib, yana hajda qayta ehromga kiradigan boʻlsa, u qurbi yetgan qurbonlikdan biror jonliq soʻyishi kerak. Kimki bunga imkon topa olmasa, unda uch kun hajda va yetti kun hajdan qaytganingizdan keyin roʻza tutish kerak boʻladi. Ana oʻshanda bu toʻliq oʻn kun boʻladi. Bu hukmlar ahli-oilasining yashash joyi Masjid ul-Haromda boʻlmaganlar uchundir. Allohdan qoʻrqinglar va bilib olinglar, albatta, Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.

Moʻmin boshqa bir moʻminni, faqat xato tufayli yanglishib oʻldirib qoʻyishi mumkin. Kimda-kim moʻminni yanglishib oʻldirib qoʻysa, uning zimmasiga bir moʻmin qulni ozod qilish hamda marhumning oilasiga taqdim qilingan bir xun toʻlab berishi lozim boʻladi. Biroq marhumning oilasi xun haqini sadaqa qilib kechib yuborsagina toʻlamasa boʻladi. Agar bilmasdan oʻldirib qoʻyilgan odam moʻmin boʻlib, sizlarga dushman boʻlgan qavm orasida yashaydigan boʻlsa, u holda bir moʻmin qulni ozod qilish kerak boʻladi. Bordi-yu bilmasdan oʻldirib qoʻyilgan odam sizlar va ular orasida bitim tuzilgan qavmdan boʻlsa, oʻldirilganning oilasiga ham xun toʻlab berish, ham bir moʻmin qulni ozod qilish lozim boʻladi. Agarda qul ozod qilishga imkon topmasa, unda Allohdan mag‘firat boʻlishi uchun ikki oy uzluksiz roʻza tutadi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Alloh sizlarni til uchida aytgan behuda qasamlaringiz uchun javobgar tutmaydi. Lekin sizlarni qalbdan qattiq tugib va xohlab ichgan qasamlar buzilgani uchun javobgar qiladi. Uning kafforoti esa, oʻz oilangizga beradigan oʻrtacha taom miqdorini oʻnta miskinga yedirish yoki ularning kiyimini qilib berish yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki bularni qilishga imkon topa olmasa u holda uch kun roʻza tutishi kerak boʻladi. Mana bular ichgan va keyin buzgan qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni buzishdan saqlanglar. Shukr qilishingiz uchun Alloh sizlarga oyatlarini mana shunday qilib bayon qilmoqda.
Ey iymon keltirganlar, ehromda boʻlgan holingizda ovni oʻldirmanglar. Sizlardan kimda-kim uni qasddan oʻldirsa uning gardaniga oʻldirgan ovining qiymati barobaricha xonaki hayvonlardan jazo boʻladi. U ham boʻlsa, Kaʼbaga yuborilib, yetib boradigan qurbonlik hadyasidir, uni tayinlashda orangizdan ikki adolatli zot hakamlik qiladi. Yoki boʻlmasa uning miqdoricha miskinlarga taom ulashish yo, shu barobarida roʻza tutish kafforoti bordir. Bu hukmlarning bari qilmishining mashaqqatini totib koʻrish uchundir. Alloh oʻtmishda boʻlib oʻtganlarni kechirdi. Shundan keyin ham kim bu ishni takrorlasa u holda Alloh undan intiqom oladi. Alloh izzati buyuk – Aziz va zolimlar uchun intiqom Sohibidir.
Endi, yeb-ichgin va koʻzing quvonsin. Bas, agar odamzotdan birortasini koʻrib qolsang va u sendan savol soʻrasa unga: “Men Rahmon roziligi uchun roʻza tutishni nazr qilganman, bas, bugun biror inson bilan gaplashmayman”, – deb aytgin.
Albatta, muslim va muslimalar, moʻmin va moʻminalar, itoatli erkaklar va itoatli ayollar, sadoqatli erkaklar va sadoqatli ayollar, sabrli erkaklar va sabrli ayollar, tavozeli erkaklar va tavozeli ayollar, sadaqa qiluvchi erkaklar va sadaqa qiluvchi ayollar, roʻza tutuvchi erkaklar va roʻza tutuvchi ayollar, avratlarini haromdan saqlovchi erkaklar va avratlarini haromdan saqlovchi ayollar, Allohni koʻp zikr qiluvchi erkaklar va Allohni koʻp zikr qiluvchi ayollar – ana ular uchun Alloh mag‘firat va ulkan mukofot tayyorlab qoʻygandir.

Bas, kimki ozod qilishga qul topa olmasa, ayollarga qoʻshilishlaridan oldin zimmasida ketma-ket ikki oy roʻza tutish kerak. Bas, kim roʻza tutishga ham qodir boʻlmasa, uning zimmasida oltmishta miskinga taom berish lozim. Bu hukmlar sizlar Alloh va uning payg‘ambariga iymon keltirishlaringiz uchundir. Bular Allohning belgilab qoʻygan chegaralaridir. Bu qonunlarni inkor qiluvchi kofirlar uchun esa alamli azob bordir.