Aksincha, Alloh ularning bu qilmishlari tufayli istehzo qiladi. Hamda bu dunyoda ularni haddan oshishlari va tug‘yonlarida tentirab yurishlariga bir muddat qoʻyib beradi.
There are 39 verses derived from the masdar-o'zak ط غ ي you searched for.
toshqinlari, tog'utni, tog'utdir, va tog'utga, tog'utga, tog'ut, Tog'utga, tug'yonini, tug'yon, tug'yonlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Aksincha, Alloh ularning bu qilmishlari tufayli istehzo qiladi. Hamda bu dunyoda ularni haddan oshishlari va tug‘yonlarida tentirab yurishlariga bir muddat qoʻyib beradi.
Dinda majburlash yoʻqdir. Darhaqiqat, toʻg‘ri yoʻl egri yoʻldan ajrab maʼlum boʻlgan. Agar kim shaytondan yuz oʻgirib, Allohga iymon keltirsa, demak, u hech qachon uzilmaydigan mustahkam Islom halqasini tutibdi. Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Alloh iymon keltirganlarning yordamchisi va doʻstidir. Ularni zulmat qaʼridan nur tomonga chiqaradi. Kufr keltirganlarning doʻstlari esa shaytonlardir. Shaytonlar esa ularni nurdan zulmatga chiqarib tashlaydilar. Ana oʻsha kofirlar doʻzax egalaridir va ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Ey Muhammad, Tavrot kitobidan nasiba berilgan kimsalarning but va shaytonlarga sig‘inib, kofirlarga qarata: “Bularga sig‘inish iymonlilardan koʻra toʻg‘riroq yoʻldir”, – deb aytayotganlarini koʻrmaysizmi?!
Ey Muhammad, oʻzlarini sizga nozil qilingan Qurʼonga hamda sizdan avvalgi tushirilgan kitoblarga iymon keltirgan deb iddao qilayotgan kimsalarni koʻrmaysizmi? Ular shaytoniy fitnalar bilan muhokama qilishni istaydilar. Vaholanki, ular unga itoat qilmaslikka buyurilgan edilar. Shayton esa ularni tamoman uzoq zalolatga yetaklashni istaydi.
Iymon keltirgan moʻminlar Alloh yoʻlida jang qiladilar. Kofirlar esa shayton yoʻlida jang qiladilar. Bas, sizlar shaytonning doʻstlariga qarshi jang qilinglar. Shubhasiz, shaytonning makru hiylasi zaifdir.
Ey Rasulim, ularga: “Sizlarga Allohning nazdida bundan ham yomonroq jazosi boʻlgan kimsaning xabarini beraymi? Ular Alloh laʼnatlagan, ularga g‘azab qilgan, ulardan baʼzilarini maymun va choʻchqalarga aylantirib qoʻygan va shaytonga sig‘ingan kimsalardir”, – deb ayting. Ana oʻshalar eng yomon makonda boʻlgan va toʻg‘ri yoʻldan tamoman adashgan kimsalardir.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Tavrotga, Injilga va Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilmaguningizgacha aniq bir din ustida emassizlar”, – deb ayting. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Shunday ekan, kofir qavmlar uchun qayg‘urmang.
Birinchi marta berilgan moʻʼjizalarga iymon keltirmaganlaridek ularning qalblarini va koʻzlarini teskari qilib qoʻyamiz va tug‘yonlarida tentiragan hollarida tashlab qoʻyamiz.
Alloh kimni toʻg‘ri yoʻldan adashtirgan boʻlsa, uni hidoyatga boshlovchi boʻlmaydi. Alloh unday kimsalarni tug‘yonlarida tentirab yurishlariga bir muddat qoʻyib beradi.
Agar Alloh odamlarga yaxshilikni tez keltirganidek, yomonlikni ham tezlatsa edi, ularning ajallari bitgan boʻlar edi. Bas, Bizga roʻbaroʻ boʻlishdan umid qilmaydigan gunohkorlarni tug‘yonlarida tentirab yurishlariga tashlab qoʻyamiz.
Ey Muhammad, bas, siz va siz bilan birga tavba qilgan kimsalar oʻzingizga buyurilganidek toʻg‘ri yoʻlda boʻling va haddan oshmanglar. Shubhasiz, U qilayotgan hamma ishlaringizni koʻrib turuvchi Zotdir.
Darhaqiqat, Biz har bir ummatga: “Yolg‘iz Allohga ibodat qilinglar va shaytondan uzoqlashinglar”, – deb, payg‘ambar yuborganmiz. Shunda ular orasidan Alloh hidoyat qilganlari ham, yoʻldan ozishlari qatʼiy boʻlganlari ham boʻlgan. Bas, Yer yuzida kezib, payg‘ambarlarni yolg‘onchiga chiqarganlarning oqibati qanday boʻlganini koʻringlar.
Ey Muhammad, sizga: “Robbingiz barcha odamlarni qamrab olgan”, – deb aytganimizni eslang. Biz sizga koʻrsatgan tushni va Qurʼonda laʼnatlangan zaqqum nomli daraxtni odamlar uchun faqat sinov qildik. Biz mushriklarni shu kabi xabarlar bilan qoʻrqitamiz, lekin bu ularning tug‘yonlarini yanada koʻp orttiradi.
Haligi oʻldirilgan bolaning esa, ota-onalari moʻmin kishilar edilar. Bas, biz u bola kelajakda tug‘yon va kufr yoʻlida yurib ularni qiynab qoʻyishidan qoʻrqdik.
Endi, sen firʼavnning oldiga bor. Haqiqatan, u “xudoman” deb haddan oshdi.
Ikkingiz firʼavning oldiga boringlar, chunki u “xudoman", deb haddidan oshdi.
Muso va Horun: “Ey Robbimiz, darhaqiqat biz agar uni iymon keltirishga daʼvat qilsak bizga shoshqaloqlik bilan azobga duchor qilishidan yoki battar tug‘yonga ketishidan qoʻrqamiz”, – dedilar.
Pok rizqlarimizdan yenglar va ularga shukr qilmaslik bilan haddan oshmanglar, aks holda ustingizga g‘azabim tushadi. Kimning ustiga g‘azabim tushsa, albatta, u yiqilib halok boʻladi.