Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi zararni aritsak, shubhasiz, ular yana oʻz tug‘yonlarida tentirab yurgan boʻlar edilar.
There are 39 verses derived from the masdar-o'zak ط غ ي you searched for.
toshqinlari, tog'utni, tog'utdir, va tog'utga, tog'utga, tog'ut, Tog'utga, tug'yonini, tug'yon, tug'yonlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agar Biz ularga rahm qilsak va ulardagi zararni aritsak, shubhasiz, ular yana oʻz tug‘yonlarida tentirab yurgan boʻlar edilar.
Axir bizlar uchun sizlarning ustingizdan dunyoda hukmronlik yoʻq edi-ku! Yoʻq, sizlar oʻzlaringiz tug‘yonga ketgan qavm edingiz.
Haqiqat mana shudir. Albatta, tug‘yonga ketganlar uchun yomon oqibat bordir.
Shaytonga ibodat qilishdan chetda boʻlgan va Allohga tavba qilib qaytgan zotlar uchun jannat xushxabari bordir. Bas, ey Muhammad, Mening shunday bandalarimga xushxabar bering.
Kofirning yaqini boʻlgan shayton: “Ey Robbimiz, uni men tug‘yonga solganim yoʻq, lekin uning oʻzi haq yoʻldan uzoq zalolatda edi”, – deydi.
Nima, ular bu soʻzni bir-birlariga vasiyat qilib qoldirganmilar? Yoʻq! Ular tug‘yonga ketgan qavmdirlar.
Balki, ularning aqllari mana shunga amr qilar?! Yoki ular tug‘yonga ketgan qavmdirlar?!
Payg‘ambarning nigohi chetga og‘gani ham yoʻq, haddidan oshgani ham yoʻq.
Yana U ilgari Nuh qavmini ham halok qilgan edi. Chunki ularning oʻzlari oʻta zolim va juda tug‘yonga ketgan kimsalar edilar.
Tarozida haddingizdan oshmasligingiz uchun uni joriy qildi.
Ular: “Holimizga voy boʻlsin! Darhaqiqat, bizlar haddan oshuvchi boʻlgan ekanmiz”, – dedilar.
Bas, Samud qabilasi haddan tashqari qattiq chaqmoq bilan halok qilindilar.
Darvoqe, Biz suv tug‘yonga kelgan vaqtida sizlarni Nuh payg‘ambar yasagan kemada koʻtardik.
Tug‘yonga ketganlar uchun qaytish joyidir.
Ey Muso, firʼavnning oldiga bor, albatta, u tug‘yonga ketdi.
Ammo kimki dunyoda tug‘yonga ketgan boʻlsa,
Ular yurtlarida hadlaridan oshdilar.
Samud qabilasi haddan oshgani tufayli payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi.
Albatta, inson tug‘yonga ketadi.