Ularning orasida: “Menga jangdan qolish uchun izn bergin, urushga yuborib meni fitnaga duchor qilmagin”, – deydigan kimsalar ham bordir. Ogoh boʻlinglar, shundoq ham ular jangdan qolib fitnaga tushib qolgandirlar. Shubhasiz, jahannam kofirlarni oʻrab oluvchidir.

