Karvon Misrdan yoʻlga chiqishi bilan otalari Yaʼqub payg‘ambar yonidagilarga: “Meni aqldan ozgan demanglar-u, lekin shubhasiz, men oʻg‘lim Yusufning hidini sezyapman”, – dedi.
There are 43 verses derived from the masdar-o'zak ف ص ل you searched for.
sutdan ajratish, ajralganda, tushuntiramiz, ajratuvchilarning, biz batafsil tushuntirdik, tushuntirilgan holda, tushuntirgandir, biz keng-keng tushuntirdik., va tushuntirish (uchun), biz tushuntiramiz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Karvon Misrdan yoʻlga chiqishi bilan otalari Yaʼqub payg‘ambar yonidagilarga: “Meni aqldan ozgan demanglar-u, lekin shubhasiz, men oʻg‘lim Yusufning hidini sezyapman”, – dedi.
Darhaqiqat, ularning oʻtmish qissalarida aql egalari uchun katta ibrat bor edi. Ushbu Qurʼon toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlovchi va unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni batafsil bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat manbai boʻlgan ilohiy kitobdir.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
Biz kecha va kunduzni qudratimizni koʻrsatib turadigan ikki ibratli belgi qilib qoʻydik. Soʻngra kechaning alomati boʻlgan zulmatni oʻchirib, uning oʻrniga Robbingizdan fazl istashlaringiz uchun hamda yillarning sanog‘ini va hisobini bilishingiz uchun kunduz alomati boʻlgan yorug‘likni koʻrsatuvchi qildik. Hamda barcha narsani Qurʼonda batafsil bayon qilib qoʻydik.
Biz kecha va kunduzni qudratimizni koʻrsatib turadigan ikki ibratli belgi qilib qoʻydik. Soʻngra kechaning alomati boʻlgan zulmatni oʻchirib, uning oʻrniga Robbingizdan fazl istashlaringiz uchun hamda yillarning sanog‘ini va hisobini bilishingiz uchun kunduz alomati boʻlgan yorug‘likni koʻrsatuvchi qildik. Hamda barcha narsani Qurʼonda batafsil bayon qilib qoʻydik.
Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida iymon keltirgan kimsalar, yahudiy dinida boʻlganlar, sobiiylar deb atalgan eʼtiqodda boʻlganlar, nasroniy dinida boʻlganlar, majusiy otashparastlar va shirk keltirganlarning oralarida, albatta, hukm qiladi. Shubhasiz, Alloh har narsaga shohiddir.
Alloh sizlarga oʻzingizdan bir misol keltirdi. Sizlar uchun qoʻllaringiz egallagan qullaringizdan Biz sizlarga rizq qilib bergan mol-mulkka sherik boʻlib oluvchilar bormidirki, sizlar unda mol-mulkingizni tasarruf qilishda qullaringiz bilan barobar boʻlsangiz. Axir siz ular haqida ham oʻz haqingizda qoʻrqqaningizdek qoʻrqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday batafsil bayon qilamiz.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni amr qildik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan qornida koʻtarib yurdi. Uni koʻkrakdan ajratish muddati ikki yilda tugaydi. Biz insonga: “Menga va ota-onangga shukr qilgin. Oxirida qaytishlik, faqat Mening huzurimgadir!” – dedik.
Ey Rasulim, albatta, Robbingizning Oʻzi qiyomat kunida odamlar oʻzaro ixtilof qilgan narsalari haqida ajrim qiladi.
Mana shu sizlar uni yolg‘onga chiqargan va haq bilan botilni ajratiladigan kunidir.
Uning podshohligini quvvatli qilib berdik va unga hikmat hamda haqqoniy hukm chiqarishda hal qiluvchi xitobni berdik.
U haqiqatni biladigan qavm uchun arabiy Qurʼon holida nozil qilinib, oyatlari mufassal bayon qilingan kitobdir.
Bordi-yu Biz uni arab tilida boʻlmagan ajamiy bir Qurʼon qilganimizda, albatta, ular: “Uning oyatlari oʻz tilimizda mufassal bayon qilinganida edi. Arabiy tilda soʻzlovchiga ajamiy kitob tushadimi?” – degan boʻlar edilar. Ey Muhammad, ularga: “Bu Qurʼon iymon keltirgan kimsalar uchun hidoyat va shifo manbaidir. Iymon keltirmaydigan kimsalarning esa, quloqlarida og‘irlik bor va bu Qurʼon ularga maʼnan koʻrlik omili boʻladi. Ular xuddi uzoq makondan chaqirilayotgan odamlardek”, – deb ayting.
Balki ularning dindan Alloh ruxsat bermagan narsalarni ularga shariat qilib bergan sheriklari bordir?! Agar qiyomat kunida yaxshi va yomon amallar ajralishi xususidagi soʻz boʻlmaganida, albatta ularning oʻrtalarida shu dunyodayoq hukm qilingan boʻlar edi. Zolimlar uchun shubhasiz, alamli azob bordir.
Haq bilan botilning ajrim kunidagi qiyomat, barchalari uchun belgilangan vaqtdir.
Biz insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni buyurdik. Onasi uni qornida qiynalib koʻtarib yurgan va uni qiynalib tuqqandir. Unga homiladorligi va uni sutdan ajratish muddati oʻttiz oydir. Bas, qachonki, u voyaga yetib, qirq yoshga toʻlganida: “Ey Robbim, menga va ota-onamga inʼom etgan neʼmatingga shukr qilishga va Oʻzing rozi boʻladigan solih amalni qilishga meni muvaffaq qilgin va men uchun zurriyotimni isloh qil! Albatta, men Senga gunohlarimdan tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman”, – deydi.
Qiyomat kunida sizlarga qarindoshlaringiz ham, farzandlaringiz ham aslo foyda bermaydi! Qiyomat kuni Alloh oʻrtalaringizni ajratib qoʻyadi. Alloh barcha qilayotgan amallaringizni koʻrib turuvchidir.
Uni oʻz panohiga oladigan qarindoshini ham.
Albatta ajrim kuniga belgilangan.
Ey inson, ajrim kuni nima ekanligini sen qaerdan ham bilasan?!