Bu azob oʻz qoʻllaring bilan qilgan gunohing sababidandir. Zero, Alloh bandalariga aslo zulm qiluvchi emasdir.
There are 48 verses derived from the masdar-o'zak ق د م you searched for.
qilib taqdim etgan ishlaridan, nima yuborsangiz, va tayyorgarlik qiling, oyoqlarimizni, qilib oldinga surgan ishlarining, qilgan (yomonliklari), (qilib) yuborgan, oldinga o'ta olmaydilar, oyoq(laringiz)ni, qilib oldinga surgan ishlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Bu azob oʻz qoʻllaring bilan qilgan gunohing sababidandir. Zero, Alloh bandalariga aslo zulm qiluvchi emasdir.
Shundoq ham Biz ular qilgan har bir amalning oldiga oʻtib, uni sochilgan toʻzon kabi qilib qoʻygan boʻlamiz.
Sizlar ham oldin oʻtgan ota-bobolaringiz ham oʻylab koʻrganmi?
Toki ularga oʻz qilmishlari sababli biror musibat yetganida: “Ey Robbimiz, agarda bizlarga payg‘ambar yuborganingda edi, oyatlaringga ergashar va iymon keltiruvchilardan boʻlar edik”, – deb bahona aytmasinlar.
Qachonki, Biz odamlarga huzurimizdan biror marhamat tottirsak ular bundan xursand boʻladilar. Agar oʻz qoʻllari bilan qi
Ey Muhammad, ularga: “Sizlar uchun shunday bir kunning vaʼdasi borki, Undan bir soat ortga ham qolmaysiz, oldinga ham keta olmaysiz”, – deb ayting.
Albatta, Biz qiyomatda oʻliklarni tiriltiramiz va ularning taqdim qilgan narsalarini va hayotda qoldirgan izlarini yozib boramiz. Barcha narsani ochiq-oydin kitobda hisoblab qoʻyganmiz.
Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘i kabi egilib qolgunicha manzillarga botadigan qilib oʻlchab qoʻyganmiz.
Ularga ergashganlar: “Yoʻq, sizlar xush kelmadingiz! Chunki sizlar bu azobni bizlarga keltirdingiz”, – deydilar. Bas, doʻzax naqadar yomon qarorgohdir.
Ular yana: “Ey Robbimiz, kim bizlarga mana shu azobni keltirgan boʻlsa, bas, unga doʻzaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilib bergin”, – deydilar.
U kunda kufr keltirgan kimsalar: “Ey Robbimiz, bizlarni toʻg‘ri yoʻldan adashtirgan insu jindan iborat kimsalarni bizlarga koʻrsat, ularni oyoqlarimiz ostiga olaylik, toki ular doʻzaxdagi eng tuban kimsalardan boʻlsinlar”, – deydilar.
Ey Muhammad, agar mushriklar shunda ham iymon keltirishdan yuz oʻgirsalar, bas, Biz sizni ularning ustiga qoʻriqchi qilib yubormaganmiz. Sizning zimmangizda faqat vahiyni yetkazish bor, xolos. Darhaqiqat, Biz insonga Oʻz tomonimizdan rahmat qilib neʼmat tottirgan vaqtimizda bu bilan xursand boʻladi, ammo agar ularga oʻz qoʻllari bilan qilgan gunohlari sababli biror yomonlik yetsa, bas, albatta, inson noshukrlik qiladi.
Kufr keltirgan kimsalar iymon keltirganlarga: “Agar bu Qurʼon yaxshi boʻlganida anavi quyi tabaqalar unga bizlardan oldin bormagan boʻlar edilar”, – dedilar. Mana bu Qurʼon bilan hidoyat topa olishmagach: “Bu qadimgi uydirmadir”, – deydilar.
Ey iymon keltirganlar, agar sizlar din yoʻlida harakat qilib, Allohga yordam bersangiz. U zot ham sizlarga yordam beradi va qadamlaringizni sobit qiladi.
Bu fath Alloh sizning oldingi va keyingi gunohlaringizni mag‘firat etishi, sizga Oʻz neʼmatini mukammal qilib berishi va sizni toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qilishi uchundir.
Ey iymon keltirganlar, Alloh va Uning Payg‘ambari oldida uning iznisiz biror soʻz aytmang yoki biron ishda ulardan oldin oʻtmanglar. Allohdan qoʻrqinglar, albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va barchasini bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Alloh unga: “Mening dargohimda bahslashmanglar! Men ilgari sizlarga kofir boʻlganingiz sababli oxiratda azobga duchor boʻlishingiz haqida vaʼda berganman”, – deydi.
Chunki jinoyatchi kimsalar siymolaridan bilinib, peshona sochi va oyoqlaridan tutiladilar va jahannamga tashlanadilar.
Ey iymon keltirganlar, qachonki, sizlar Payg‘ambar bilan oʻzaro suhbatlashishni istasangizlar, suhbatlaringiz oldidan kambag‘al va miskinlarga sadaqa beringlar. Bu oʻzlaringiz uchun yaxshiroq va pokizaroqdir. Bas, agar sadaqaga biror narsa topa olmasangizlar, u holda, albatta, Alloh kechirimli va rahmli Zotdir.
Suhbatlaringiz oldidan sadaqalar bersangiz kambag‘al boʻlib qolamiz deb qoʻrqdingizlarmi? Bas, sizlar sadaqa qilmasalaringiz ham Alloh tavbalaringizni qabul qilgan. Endi namozni toʻliq ado qilinglar va haqdorlarga zakot beringlar hamda Alloh va uning Payg‘ambariga itoat etinglar! Alloh barcha qilayotgan amallaringizdan xabardordir.