Iblis yana: “Mendan ustun qilgan shu kimsaning holiga qaramaysanmi? Qasam boʻlsinki, agar meni qiyomat kunigacha tirik qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini oʻzimga tortib ketaman. Ulardan faqat ozginalari haq yoʻlda qoladilar”, – dedi.
There are 76 verses derived from the masdar-o'zak ق ل ل you searched for.
ozgina, juda ozingiz, endi juda oz, oz bir (muddat), juda ozi, oz bo'lgan, oz bir, oz, ozdir, biroz
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Iblis yana: “Mendan ustun qilgan shu kimsaning holiga qaramaysanmi? Qasam boʻlsinki, agar meni qiyomat kunigacha tirik qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini oʻzimga tortib ketaman. Ulardan faqat ozginalari haq yoʻlda qoladilar”, – dedi.
Agar Biz sizni haq yoʻlda sobitqadam qilmaganimizda, siz ularga biroz moyil boʻlishingizga oz qolgan edi.
Ular sizni turli hiylalar bilan Makkadagi yerdan chiqarib yuborish uchun qoʻzg‘atib yuborishlariga oz qoldi. U holda, oʻzlari ham sizdan keyin ozgina muddat tura olar edilar, xolos, soʻngra, albatta, halokatga uchrardilar.
Ey Muhammad, sizdan ruh haqida soʻraydilar. Ularga: “Ruh faqatgina Robbimning ishidandir. Sizlarga esa u haqida oz ilm berilgandir”, – deb ayting.
Hali yahudiy va nasroniylarning ayrimlari oʻsha Ashob ul-Kahfning adadi haqida: “Ular uch kishi edi, toʻrtinchilari itlaridir”, – deydilar. Yana boshqalari: “Ular beshta boʻlib, oltinchilari itlaridir”, – deya taxmin gap aytib, g‘aybga tosh otadilar. Shuningdek, yana: “Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir”, – deyishadi. Ey Muhammad: “Ularning sanog‘ini Robbim eng yaxshi biluvchidir. Ularni juda oz kishi biladi”, – deb ayting. Bas, ular xususida tortishmang, faqat vahiy asosida ochiq munozara qiling. Hamda Ashobi Kahf haqida ularning birortasidan fatvo soʻramang.
Sen bog‘ingga kirganingda: “Bu Allohning irodasi, kuch-quvvat faqat Alloh bilandir”, – deganingda edi, durust boʻlardi. Agarda sen meni mol-dunyo va bola-chaqa jihatidan oʻzingdan kamroq deb bilsang.
Alloh unga: “Bir oz vaqtdan keyin ular, albatta, pushaymon qiluvchilarga aylanib qoladilar”, – dedi.
U Zot sizlarga eshitish uchun quloqlarni, koʻrish uchun koʻzlarni va anglash uchun dillarni yaratdi. Sizlar esa bunga juda kam shukr qilasizlar.
Alloh ularga: “Agar bilsangiz, dunyoda juda oz qoldingiz”, – deydi.
Keyin: “Aniqki, ular ozgina bir jamoadir”, – dedi.
Yoki nochor odam duo qilgan paytda duosini ijobat qiladigan va undan yomonlikni ketkazadigan hamda sizlarni Yer yuzining oʻrinbosarlari qiladigan Zot yaxshiroqmi?! Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Bu oʻgitlardan juda kam eslatma olasizlar!
Biz maishatlarida haddan oshgan qanchadan-qancha oʻlkalarni halok qildik. Ulardan keyin oʻsha maskanlarida juda ozchilik istiqomat qildi. Ularning yurtlariga Biz voris boʻldik.
Biz ularni bu oʻtkinchi dunyoda ozgina muddat foydalantirib, soʻngra qattiq azob tortishga majbur qilamiz.
Soʻngra uni inson qilib tikladi, ichiga Oʻz dargohidagi ruhidan pufladi. Sizlar uchun quloq, koʻz, dillarni paydo qildi. Sizlar esa shukrni juda kam qilasizlar.
Ey Muhammad, ularga: “Agar sizlar oʻlishdan yo oʻldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga aslo foyda bermaydi, shunday ekan, sizlar bu oʻtkinchi dunyoda faqat juda kam foydalanib qolasizlar”, – deb ayting.
Alloh sizlarning orangizdagi jihodga toʻsqinlik qiladigan va oʻz doʻstlariga: “Biz tomonga kelinglar”, – deydigan kimsalarni aniq biladi. Ular jangga juda oz keladilar.
Munofiqlar qoʻrqoqliklari sababli dushman firqalarni ketmagan deb oʻylaydilar. Agarda u firqalar qaytib kelib qolsalar, munofiqlar koʻchmanchi badaviylar orasida boʻlib, sizlarning mag‘lubiyatingiz haqida xabar soʻrab turishni istaydilar. Agarda ular orangizda boʻlganlarida ham kamdan-kam jang qilgan boʻlar edilar.
Qasamki, agar munofiqlar, dillarida illat boʻlgan kimsalar va Madinada ig‘vo tarqatib yuruvchilar oʻz qilmishlaridan tiyilmasalar, albatta, Biz sizni ularga qarshi qoʻzg‘atamiz, soʻngra Madinada siz bilan juda oz vaqt yonma-yon tura oladilar.
Jinlar unga misdan u xohlagan narsalarni – mehroblar, haykallar, hovuzlardek keladigan katta laganlar va mustahkam qozonlarni yasab beradilar. Ey Dovud oilasi, bu neʼmatlarning shukronasi uchun amal qilinglar. Lekin bandalarim orasida shukr qiluvchisi kamdir.
Bas, ular shukr qilishdan yuz oʻgirdilar. Biz ularning ustiga falokat selni yubordik va ularning bog‘larini achchiq mevali, yulg‘unzor va siyrak butazor boʻlgan xaroba ikki bog‘ga almashtirib qoʻydik.