Chiqayotgan oyni koʻrib: “Balki, mana shu mening Robbimdir”, – dedi. Oy ham botib ketgach: “Agar Robbim meni Oʻzi toʻg‘ri yoʻlga boshlamasa, unda, albatta, adashgan qavmlardan boʻlib qolaman”, – dedi.
There are 27 verses derived from the masdar-o'zak ق م ر you searched for.
Oyni, va oyni, va oy(ni), va oy, va bir oy, va oyga, oyga, oy, Oyga qasamki, va oyga qasamki
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Chiqayotgan oyni koʻrib: “Balki, mana shu mening Robbimdir”, – dedi. Oy ham botib ketgach: “Agar Robbim meni Oʻzi toʻg‘ri yoʻlga boshlamasa, unda, albatta, adashgan qavmlardan boʻlib qolaman”, – dedi.
Alloh tongni ottiruvchidir. Tunni sukunat, quyosh va oyni esa bir hisoblash vasilasi qildi. Bu izzati ulug‘ – Aziz va hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotning oʻlchovidir.
Shubhasiz, Robbingiz Alloh koʻklarni va Yerni olti kunda yaratgan keyin Arsh uzra hukmron boʻlgan Zotdir. Alloh kunduzga kechani kiritib qoplaydi. Kecha shitob bilan kunduzni quvlab yuradi. Hamda quyosh, oy va yulduzlarni amriga tobe holda yaratgan Zotdir. Ogoh boʻlinglar, yaratish va amr qilish, faqat Unga xosdir. Olamlarning Robbisi boʻlgan Alloh eng ulug‘dir.
U Zot quyoshni ziyo taratuvchi va oyni esa nur sochuvchi qildi hamda yillarning sanog‘ini va vaqt oʻlchovlaridagi hisobni bilishingiz uchun u oyni manzillarga ajratib oʻlchab qoʻydi. Bularni Alloh faqat haq hikmat bilan yaratdi. Alloh tushunib yetadigan va biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon qiladi.
Ey Rasulim, “Yusuf oʻz otasi Yaʼqub payg‘ambarga: “Ey otajon, men tushimda oʻn bitta yulduz, quyosh va oyning menga sajda qilayotgan hollarida koʻrdim”, – deb aytganini eslang.
Alloh osmonlarni uni koʻrib turganingizdek ustunsiz koʻtarib qoʻygan, soʻngra Arshni egallagan hamda quyosh va oyni Oʻz amriga boʻysundirgan Zotdir. Har biri muayyan muddat boʻlgan qiyomat kunigacha yurib turadi. Alloh barcha ishning tadbirini qiladi va oyatlarni batafsil bayon qiladi. Shoyadki, sizlar qiyomat kunida Robbingizga roʻbaroʻ boʻlishga aniq ishonsangiz.
Alloh Quyosh va Oyni doimo harakatlantirib, sizga xizmatkor qilib qoʻydi. Shuningdek, sizga kecha va kunduzni ham boʻysundirdi.
Alloh sizlarga soʻngra u bekam-koʻst hayot kechirishingiz uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni boʻysundirib qoʻydi. Yulduzlar ham Uning amriga boʻysungandirlar. Albatta, bularda aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
U kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan Zotdir. Barcha sayyoralar falakda doimiy suzib yuradilar.
Ey Rasulim, osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, daraxtlar va barcha jonivorlar hamda insonlarning koʻpchiligi yolg‘iz Allohga sajda qilayotganini koʻrmadingizmi? Odamlarning koʻpchiligiga esa kufr keltirganlari uchun azob haq boʻlgan edi. Alloh kimni xor qilsa, bas, uni aziz qiluvchi yoʻqdir. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Osmonda burjlarni paydo qilgan va unda chiroq hamda nur taratuvchi oyni yaratgan Zot barakatli va ulug‘dir.
Ey Rasulim, qasam boʻlsinki, agar siz ulardan: “Osmonlar va Yerni yaratgan, quyosh va oyni amriga boʻysundirib qoʻygan Zot kim?” – deb soʻrasangiz, ular: “Albatta, Alloh”, – deydilar. Bas, shunday ekan, haqdan boshqa qayoqqa burilib ketmoqdalar?!
Alloh kechani kunduzga kiritishini, kunduzni esa kechaga kiritishini hamda quyosh va oyning har birini belgilangan muddatgacha yuradigan qilib boʻysundirib qoʻyganini koʻrmadingizmi?! Albatta, Alloh qilayotgan barcha ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Alloh kechani kunduzga kiritadi va kunduzni kechaga kiritadi. U quyoshni va oyni sizlarning manfaatingiz uchun xizmatkor qilib qoʻygan. Har biri muayyan muddatgacha yurib boradi. Ana shu sizlarning Robbingiz – Allohdir, podshohlik faqat Unikidir. Ey mushriklar, sizlar U Zotni qoʻyib iltijo qilayotgan narsalaringiz esa, danak poʻstlog‘icha ham narsaga ega emaslar.
Biz oyni ham, toki u eski xurmo butog‘i kabi egilib qolgunicha manzillarga botadigan qilib oʻlchab qoʻyganmiz.
Na quyosh oyga yetib olishi mumkin va na tun kunduzdan oʻzib ketuvchi boʻla oladi. Samodagi barcha sayyoralar falakda suzib yuradilar.
U osmonlar va Yerni haq hikmat bilan yaratdi. U kechani kunduzning ustiga oʻraydi, kunduzni esa kechaning ustidan oʻraydi. U quyoshni ham, oyni ham amriga boʻysundirib qoʻygan. Ularning har biri maʼlum muddatgacha yurib boradi. Ogoh boʻlinglar, U hamma narsaga kuchi yetuvchi – Aziz va bandalariga oʻta kechirimli G‘affor Zotdir!
Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning ibratli alomatlaridandir. Agar sizlar yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchi boʻlsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, balki ularni yaratgan Zot – Allohga sajda qilinglar.
Kecha va kunduz, quyosh va oy Uning ibratli alomatlaridandir. Agar sizlar yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchi boʻlsangizlar, quyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, balki ularni yaratgan Zot – Allohga sajda qilinglar.
Qiyomat soati yaqinlashib qoldi. Mana oy ham boʻlindi.