Ular shunda ham: “Shubhasiz, bizning koʻzlarimiz bog‘lanib qolgan, balki, bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz”, – der edilar.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular shunda ham: “Shubhasiz, bizning koʻzlarimiz bog‘lanib qolgan, balki, bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz”, – der edilar.
Keyin Alloh: “Mana bu Menga yetib boruvchi toʻg‘ri yoʻldir”, – dedi.
Farishtalar Ibrohimga: “Bizlar Lut payg‘ambarning gunohkor qavmiga ularni halok qilish uchun yuborildik”, – dedilar.
Lut payg‘ambar ularga: “Sizlar notanish qavmsiz, kimsizlar oʻzi?” – dedi.
Darvoqe, oʻtmishda vayron boʻlgan bu shaharlar doimiy yoʻl ustidadir.
U sizlar uchun oʻsha suv bilan turli ekinlarni, zaytun, xurmo, uzum va barcha mevalarni undiradi. Albatta, bu bir xil suv bilan turli mevalarning yetishishi haqida tafakkur qiladigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Alloh sizlarga soʻngra u bekam-koʻst hayot kechirishingiz uchun kecha va kunduzni, quyosh va oyni boʻysundirib qoʻydi. Yulduzlar ham Uning amriga boʻysungandirlar. Albatta, bularda aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
Yana U sizlar uchun yerda ranglari turli boʻlgan gullar, hayvonlar, yer osti va usti boyliklari kabi narsalarni yaratib, ularni ham sizlarga boʻysundirib qoʻydi. Albatta, bunda eslatma oladigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Ular bu tuhmatlarini qiyomat kunida, oʻzlarining gunohlarini toʻlaligicha va ilmsizlik bilan ularni yoʻldan ozdirgan kimsalarning gunohlaridan ham bir qismini boʻyinlariga olish uchun aytganlar. Ogoh boʻlinglar, ular boʻyniga olgan bu gunohlar juda yomondir.
Soʻngra qiyomat kunida Alloh ularni yanada sharmanda qiladi va ularga: “U but-sanamlar haqida moʻminlar bilan siz tortishib yurgan “sherik”larim qaerda qolishdi?!” – deydi. Shunda ilm berilgan payg‘ambar va ulamolar: “Darhaqiqat, bugun sharmandalik va yomon oqibat kofirlargadir”, – deydilar.
Unga berilgan xushxabarning yomonligidan uyalib, u qizni xor qilib olib qolsami yoki uni tuproqqa koʻmib yuborsami? – deb qavmidan berkinib yuradi. Ogoh boʻlinglar, ularning chiqarayotgan hukmlari naqadar yomondir.
Biz sizga iymon keltiradigan qavm uchun hidoyat va rahmat manbai boʻlmish kitobni ularga ixtilof qilayotgan narsalarini aniq qilib berishingiz uchungina nozil qildik.
Alloh osmondan suv yog‘dirib, u sababli oʻlik yerga hayot berdi. Albatta, bunda nasihat tinglaydigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Xurmo va uzumlarning mevalaridan esa mast qiluvchi narsalar va goʻzal rizq olasizlar. Albatta, bunda ham aql ishlatadigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Keyin har xil mevalardan yeb, Robbing senga qulay qilib qoʻygan yoʻllardan yurgin. Ularning qorinlaridan odamlar uchun unda shifo boʻlgan turli rangdagi asal sharbati chiqadi. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavmlar uchun ibratli belgi bordir.
Alloh yana boshqa ikki kishi haqida misol keltiradi: “Ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqov bir quldir. Shuningdek, u xoʻjayiniga ortiqcha yuk boʻlib egasi uni qaerga yuborsa, biror yaxshi naf keltirmaydi. Shunday odam bilan oʻzi toʻg‘ri yoʻlda boʻlib va boshqalarni ham adolatga buyuradigan kishi teng boʻladimi?!”
Osmon boʻshlig‘ida uchib yurishga boʻysundirilgan qushlarga qaramaydilarmi?! Ularni faqat Alloh tutib turibdi-ku! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun ibratli belgilar bordir.
Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan safar qilib koʻchib oʻtadigan kuningizda va yetib kelib joylashadigan kuningizda uni yengil koʻtarib keta oladigan chodir uylar qildi. Hamda qoʻylarning junlaridan, tuyalarning yunglaridan va echkilarning qillaridan maʼlum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va ashyolar qildi.
Bir qavm boshqa bir qavmdan son yoki boylik jihatidan ustunroq boʻlgani uchun qasamlaringizni buzib uni aldov vositasi qilishingiz bilan xuddi oʻzi toʻqigan narsani puxta qilgandan keyin parchalab buzib yuborgan ayol kabi boʻlmanglar. Albatta, Alloh bu bilan sizlarni sinab koʻradi va shubhasiz, qiyomat kunida sizlarga u haqida ixtilof qilib yurgan narsalaringizni bayon qilib beradi.
Bu azoblarga duchor boʻlishlariga sabab ularning oʻtkinchi dunyo hayotini oxiratdan afzal bilishlari va Allohning kofir qavmlarni hidoyat qilmasligidir.