Ey oʻg‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasi Binyaminni izlanglar va Allohning rahmatidan umidsiz boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlar noumid boʻladi.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey oʻg‘illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasi Binyaminni izlanglar va Allohning rahmatidan umidsiz boʻlmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlar noumid boʻladi.
Nihoyat oʻsha payg‘ambarlar umidsiz boʻlib: “Bizlar aniq yolg‘onchi qilindik”, – deb oʻylay boshlaganlarida, ularga yordamimiz yetib keldi. Bas, Biz xohlagan kishilarga najot berildi. Lekin Bizning azobimiz jinoyatchi qavmlardan orqaga qaytarilmaydi.
Darhaqiqat, ularning oʻtmish qissalarida aql egalari uchun katta ibrat bor edi. Ushbu Qurʼon toʻqib chiqariladigan soʻz emas, balki oʻzidan oldingi samoviy kitoblarni tasdiqlovchi va unga iymon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni batafsil bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat manbai boʻlgan ilohiy kitobdir.
U Zot Yerni yoyib va unda tog‘lar va daryolar paydo qilgandir. U yerdagi barcha mevalardan ikkitadan erkak-urg‘ochi qilib juft yaratgandir. U tun bilan kunduzni qoplaydi. Albatta, bu misollarda fikr yuritadigan qavm uchun dalillar bordir.
Yer yuzida unumdor va unumsiz bir-biriga qoʻshni tuproq parchalari bor. Hamda uzumzor bog‘lar, ekinzorlar va shoxlab ketgan va shoxlab ketmagan xurmolar boʻlib, barchasi bir suv bilan sug‘oriladi. Lekin bir xil suv bilan sug‘orilsa ham ularning yemishlarini taʼmda baʼzilarini baʼzilaridan afzal qilib qoʻyamiz. Albatta, bunda aql ishlatadigan qavm uchun ibratlar bordir.
Kufr keltirgan kimsalar: “Unga Robbisi tomonidan biror moʻʼjiza tushirilsa edi”, – deydilar. Ey Muhammad, siz esa faqat ularni qiyomat azobidan ogohlantiruvchisiz. Har bir qavm uchun hidoyatga yetaklovchisi bor.
U insonning oldida ham, orqasida ham taʼqib qilib, kuzatib yuruvchi farishtalar boʻlib, ular Allohning amri bilan uni saqlab turadilar. Shubhasiz, bir qavm oʻzidagi holatni oʻzgartirmaguncha Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmaydi. Agarda Alloh biror qavmga yomonlikni ravo koʻrsa, bas, uni orqaga qaytarib boʻlmaydi va ular uchun Undan Oʻzga balodan saqlab qoluvchi hokim yoʻqdir.
U insonning oldida ham, orqasida ham taʼqib qilib, kuzatib yuruvchi farishtalar boʻlib, ular Allohning amri bilan uni saqlab turadilar. Shubhasiz, bir qavm oʻzidagi holatni oʻzgartirmaguncha Alloh ularning ahvolini oʻzgartirmaydi. Agarda Alloh biror qavmga yomonlikni ravo koʻrsa, bas, uni orqaga qaytarib boʻlmaydi va ular uchun Undan Oʻzga balodan saqlab qoluvchi hokim yoʻqdir.
Ular Robbilarining roziligini istab turli mashaqqatlarga sabr qiladigan, namozlarini toʻliq qoim qiladigan va Biz rizq qilib bergan narsalardan bildirmay va bildirib ehson qiladigan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan solih kimsalardir. Aynan ular uchun oxirat diyorining goʻzal oqibati bor.
Har bir jon egasining qilayotgan ishini kuzatib turuvchi Zotni hech narsaga qodir boʻlmagan maxluqlar bilan tenglashtirish mumkinmi? Ular turli narsalarni Allohga sherik qilib oldilar. Ey Rasulim, ularga: “Qani, u butlarning nomlarini va qila oladigan ishlarini aytinglar-chi? Yoki Unga Yer yuzidagi bilmaydigan biron narsasining xabarini berasizlarmi?! Yoki, faqat yuzaki gap bilan soʻzlariga ishonib, sig‘inib ketaverasizlarmi?” – deb ayting. Aksincha, kufr keltirgan kimsalarga oʻzlarining makrlari chiroyli koʻrsatildi va ular haq yoʻldan toʻsildilar. Kimni Alloh yoʻldan adashtirsa, uning uchun biror hidoyat qiluvchi yoʻqdir.
Biz har bir payg‘ambarni hukmlarimizni batafsil bayon qilib berishi uchun oʻz qavmining tili bilan daʼvat qiladigan qilib yubordik. Bas, Alloh Oʻzi xohlagan kimsani yoʻldan ozdiradi va xohlagan kishini hidoyat qiladi. U izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Darhaqiqat, Biz Musoni oyatlarimiz bilan bani Isroil qavmiga yuborib unga: “Qavmingni kufr zulmatlaridan iymon nuriga olib chiq va ularga Allohning oʻtmishdagi xalqlar boshiga solgan falokat kunlarini eslatib qoʻy”, – dedik. Albatta, mana bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir.
Oʻshanda Muso oʻz qavmiga: “Firʼavn zodagonlarining zulmidan qutqarib sizlarga najot bergan Allohning neʼmatlarini yodga olinglar. Firʼavn va uning zodagonlari sizlarga azobning eng yomonini ravo koʻrar, oʻg‘illaringizni qatl qilar, ayollaringizni esa buzuq niyatda foydalanish uchun oʻldirmay tirik qoldirar edilar. Ana oʻsha paytdagi boʻlib oʻtgan hodisalarda sizlarga Robbingiz tomonidan katta bir imtihon boʻlgan”, – dedi.
Yoki sizlarga oʻzingizdan oldin oʻtgan Nuh, Od, Samud va ulardan keyin oʻtgan, qavmlarning xabari kelmadimi? Ularning holatlarini va sanog‘ini yolg‘iz Allohning Oʻzi biladi. Ularga payg‘ambarlari aniq dalillar bilan kelganlarida, ular qoʻllari bilan payg‘ambarlarning og‘izlarini toʻsib: “Biz sizlar unga elchi qilib yuborilgan dinni inkor qildik. Biz, albatta, sizlar bizni daʼvat qilayotgan diningizdan shubhadamiz”, – dedilar.
Alloh: “Ularning halokatidan keyin shu yerga sizlarni joylashtiramiz. Bu vaʼda Mening huzurimda oxirat kunida hisobot uchun turishdan qoʻrqadigan va Mening ogohlantirishimdan xavfsiraydigan kishilar uchun”, – deb vahiy yubordi.
Ey odam bolasi, Allohning neʼmati boʻlgan iymonni kufrga almashtirib yuborgan va qavmlarini oʻzi bilan birga halokat diyoriga qulatgan kimsalarni koʻrmadingmi?!
Ey Muhammad, iymon keltirgan bandalarimga ayting, namozni mukammal qoim qilsinlar hamda oldi-sotdi va doʻst-birodarchilik boʻlmaydigan kun atalmish qiyomat kelmasidan oldin, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan pinhona va oshkora xayru ehson qilsinlar.
Ey Robbimiz, haqiqatda men zurriyotimdan oʻg‘lim Ismoil va uning onasi Hojarni Bayt ul-Haroming yoniga, ekin oʻsmaydigan bir vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, ular namozni toʻliq qoim qilishlari uchun shunday qildim. Bas, Sen Oʻzing odamlarning dillarini ularga moyil qilib qoʻy va ularga turli mevalardan rizq ber, shoyad, shunda shukr qilsalar.
Ey Robbim, meni va zurriyotimdan boʻlgan farzandlarimni namozni toʻliq qoim qiluvchi qilgin. Ey Robbimiz, mening duomni qabul qil.
Ey Robbimiz, hammaning hisob qilinadigan qiyomat kuni meni, ota-onamni va barcha moʻminlarni mag‘firat qilgin.