Shuningdek, u Allohning neʼmatlariga shukr qiluvchi edi. Alloh uni payg‘ambarlikka tanlab, toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qildi.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shuningdek, u Allohning neʼmatlariga shukr qiluvchi edi. Alloh uni payg‘ambarlikka tanlab, toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qildi.
Shanba kunini ulug‘lash haqidagi buyruqlar faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan yahudiylar zimmasiga farz qilingan edi. Albatta, Robbingiz qiyomat kuni ularning oʻrtasida oʻzlari ixtilof qilib oʻtgan narsalar toʻg‘risida hukm qiladi.
Shubhasiz, mana bu Qurʼon eng toʻg‘ri yoʻlga hidoyat qiladi va yaxshi amallarni qiladigan moʻminlarga ulkan mukofot borligi haqida xushxabar beradi.
Biz har bir insonning qilgan amalini ajralmas qilib boʻyniga bog‘lab qoʻyganmiz. Unga qiyomat kunida uni ochilgan holda uchratadigan nomai aʼmol kitobini chiqarib beramiz.
Savdo-sotiqda oʻlchagan paytingizda oʻlchovni toʻliq qilinglar va toʻg‘ri tarozida tortinglar. Mana shunday qilishingiz yaxshi va eng goʻzal yechimdir.
Yer yuzidagi biror qishloq yoki shahar ahli yoʻqki, Biz ularni qiyomat kuni kelishidan oldin halok etuvchi boʻlmasak yoki ularni qattiq azob bilan azoblovchi boʻlmasak. Bularning taqdiri kitobda bitilgandir.
Iblis yana: “Mendan ustun qilgan shu kimsaning holiga qaramaysanmi? Qasam boʻlsinki, agar meni qiyomat kunigacha tirik qoldirsang, albatta, men uning zurriyotini oʻzimga tortib ketaman. Ulardan faqat ozginalari haq yoʻlda qoladilar”, – dedi.
Quyosh og‘ishidan to tun qorong‘isigacha namozni mukammal qoim qiling va tonggi oʻqishni ham ado qiling. Zero, tonggi oʻqish farishtalar hozir boʻladigan namozdir.
Tunning bir qismida uyg‘onib tahajjudga turing. Bu sizga xos boʻlgan nafl ibodatidir. Shoyadki, Robbingiz sizni qiyomat kunida shafoat qiladigan maqtovli maqomda tiriltirsa.
Alloh kimni hidoyat qilsa, bas, oʻsha hidoyat topuvchidir. Kimni yoʻldan adashtirsa, bas, ular uchun Undan oʻzga doʻstlarni topa olmaysiz. Ularni qiyomat kunida yuztuban hollarida koʻr, soqov va kar qilib tiriltiramiz. Ularning borar joylari jahannamdir. Agar qachon uning olovi soʻnadigan boʻlsa, yana ularga lovullagan olovni koʻpaytiraveramiz.
Qurʼon haq va toʻg‘ridir. Oʻz huzuridan keladigan qattiq azob bilan ogohlantirish va yaxshi ishlarni qiladigan moʻminlarga chiroyli mukofot xushxabarini berish uchun nozil boʻlgan.
Biz ularning qalblarini iymon bilan quvvatlantirdik. Oʻshanda ular zolim shoh qarshisida turib: “Bizning Robbimiz osmonlar va Yerning Parvardigoridir. Undan boshqa Ilohga aslo iltijo qilmaymiz. Aks holda, nohaq soʻzni aytgan boʻlamiz”, – dedilar.
Ana u qavmimiz esa Undan boshqalarni iloh qilib oldilar. Qani, u butlarga iloh ekani haqida biror aniq hujjat keltira olarmikinlar?! Bas, Alloh shaʼniga yolg‘on uydirgan odamdan ham zolimroq kim bor?!
“Hamda qiyomat ham qoim boʻladi – deb oʻylamayman. Bordi-yu agar qiyomat boʻlib Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan-da yaxshiroq oqibatni topaman”, – dedi.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan yegulik soʻragan edilar, aholi ularni mehmon qilishdan bosh tortdi. Soʻng oʻsha joyda yiqilay deb turgan bir devorni koʻrib qolishdi Xizr uni qayta tiklab qoʻydi. Muso Xizrga: “Agar xohlasang, bu ishing uchun xizmat haqi olishing mumkin edi”, – dedi.
Nihoyat yoʻlida ketayotib quyosh botadigan joyga yetgach, uning loyqa buloq tomon botayotganini koʻrdi va uning oldida tug‘yonga ketgan bir qavmga duch keldi. Biz unga vahiy qilib: “Ey Zulqarnayn, yo ularni azoblaysan yoki ularga jazo bermay yaxshilik qilasan”, – dedik.
Nihoyat yoʻlida ketayotib quyosh chiqadigan joyga yetgach, u quyoshning bir qavm ustida koʻtarilayotganini koʻrdi. Biz u qavm uchun quyosh haroratidan saqlanadigan biror toʻsiq qilmagan edik.
Nihoyat, yoʻlida ketayotib ikki tog‘ oʻrtasiga yetib kelgach, u tog‘lar ortida gapni sira tushunmaydigan boshqa bir qavmni uchratdi.
Ular Robbilarining oyatlarini va U Zot bilan muloqotda boʻlishni inkor etgan kimsalardir. Bas, ularning qilgan ishlari behuda ketgandir. Demak, Biz qiyomat kunida ularning amallari uchun hech qanday vaznni qoim qilmaymiz.
Ular Robbilarining oyatlarini va U Zot bilan muloqotda boʻlishni inkor etgan kimsalardir. Bas, ularning qilgan ishlari behuda ketgandir. Demak, Biz qiyomat kunida ularning amallari uchun hech qanday vaznni qoim qilmaymiz.