Shunda Sulaymonning amridagi kuchli jinlardan boʻlgan ifrit: “Men uni senga oʻrningdan turishingdan oldin keltiraman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman”, – dedi.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunda Sulaymonning amridagi kuchli jinlardan boʻlgan ifrit: “Men uni senga oʻrningdan turishingdan oldin keltiraman. Albatta, men bunga qodir va ishonchlidirman”, – dedi.
Uni esa Allohdan boshqaga ibodat qilgan narsasi musulmon boʻlishdan toʻsib qoʻygan edi. Chunki u kofirlar qavmidan edi.
Solih: “Ey qavmim, nima uchun sizlar yaxshilikdan oldin yomonlikka oshiqyapsiz?! Allohdan xatolaringiz uchun mag‘firat soʻrasangiz boʻlmaydimi! Shoyad, shunda rahm qilinasizlar”, – dedi.
Ular: “Ey Solih, boshimizga tushgan musibatlarga sen va sen bilan birga boʻlgan moʻminlarning kasofatidan deb badgumon boʻldik”, – dedilar. Solih ularga: “Boshingizga tushgan baxtsizligingiz Allohdan. Aksincha, sizlar imtihon qilinayotgan qavmdirsiz”, – dedi.
Bas, qilgan makrlarining oqibati qanday boʻlganiga nazar soling. Biz ularni va qavmlarining barchasini yer bilan yakson qildik.
Ana, zulm qilganlari tufayli ularning uylari huvillab yotibdi. Albatta, bunda biladigan qavm uchun katta ibrat bordir.
Ey Rasulim, Lutni ham yodga oling. Vaqtiki u oʻz qavmiga: “Sizlar koʻra bilib turib fahsh ishlarni qilasizlarmi?!” – dedi.
Sizlar ayollarni qoʻyib, erkaklarga shahvat bilan kelasizlarmi?! Yoʻq, sizlar johillik qilayotgan qavmdirsiz!
Lut qavmining javobi esa faqat: “Lutning oilasini qishlog‘ingizdan haydab chiqaringlar. Darhaqiqat, ular juda poklanib ketayotgan kishilardir, – deb masxaralab gapirishlari boʻldi.
Yoki osmonlar va Yerni yaratgan hamda sizlar uchun osmondan suv tushirib, u bilan goʻzal bog‘larni oʻstirgan Zot yaxshiroqmi?! Sizlarda u bog‘larning daraxtini oʻstirish qudrati boʻlmagan edi. Alloh bilan birga yana biror iloh bormi?! Yoʻq, ular Allohga oʻzgalarni tenglashtiradigan qavmdirlar!
Biz odamlar orom olishi uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug‘ qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir.
Ey Rasulim, Allohga iymon keltiradigan qavm uchun sizga Muso va firʼavnning xabaridan haqiqatni tilovat qilib beramiz.
Bas, u qoʻrquvga tushib, atrofni alanglagan holda u yerdan chiqib ketdi. Allohga iltijo qilib: “Ey Robbim, menga bu zolim qavmlardan najot bergin”, – dedi.
Keyin, qizlardan biri hayo bilan yurib kelib: “Otam bizlarga qoʻylarimizni sug‘orib berganing haqini berish uchun seni chaqirmoqda”, – dedi. Soʻngra, Muso Shuʼayb payg‘ambarning huzuriga kelib, unga oʻz qissasini, soʻzlab berdi. Shuʼayb Musoga “Endi, qoʻrqma, sen zolimlar qavmidan qutulding”, – dedi.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Qoʻl-qanotingni bu moʻʼjizalardan qoʻrqib ketsang, qoʻltig‘ingga qisib ol u yana oʻz holiga qaytadi. Mana bu ikki aso va qoʻl moʻʼjizasi Robbing tomonidan firʼavn va uning zodagonlariga ikki dalildir. Haqiqatan, ular fosiqlar qavmi edi.
Ularni doʻzaxga chorlaydigan yoʻlboshchilar qilib qoʻydik. Qiyomat kunida ham ularga yordam berilmaydi.
Biz bu dunyoda ham ularga laʼnatni ergashtirib qoʻydik. Qiyomat kunida ham ular qabih kimsalardandir.
Biz Musoga nido qilgan paytda siz Tur tog‘ining yonida boʻlmagansiz. Lekin Robbingiz tomonidan rahmat boʻlib, sizdan oldin biror ogohlantiruvchi kelmagan bir qavmni oxiratdan ogohlantirish uchun payg‘ambar boʻldingiz. Shoyadki, ular bundan eslatma olsalar.
Bas, agar sizga javob bera olmasalar, unda bilingki, ular faqatgina havoyi nafslariga ergashmoqdalar. Alloh tomonidan hidoyat topmay havoyi nafsiga ergashgan kimsadan ham adashganroq odam bormi?! Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmaydi.
Axir, Biz unga goʻzal jannat vaʼdasini vaʼda qilgan va unga erishgan kishi, oʻtkinchi dunyo hayoti matohidan uni ozgina foydalantirib, soʻngra qiyomat kunida mangu azobga hozir qilinuvchi kimsa kabi boʻlardimi?!