Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.
There are 660 verses derived from the masdar-o'zak ق و م you searched for.
to'g'ri, va qiladilar, tik turib qoldilar, va qiling, qavmiga, qavmim, qavmi uchun, qiyomat, qavmlar uchun, maqom
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.
Darvoqe, Biz Nuhni oʻz qavmiga payg‘ambar qilib yubordik. Bas, Nuh ularga: “Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar, sizlar uchun Undan boshqa iloh yoʻqdir. Axir, Uning azobidan qoʻrqmaysizlarmi?” – dedi.
Shunda uning qavmidan kofir boʻlgan zodagonlar: “Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan odam. Lekin sizlardan ustun boʻlmoqchi. Agar Alloh payg‘ambar yuborishni istasa edi, ularni farishtalar qilib tushirgan boʻlar edi. Nuhning bu soʻzlarini avvalgi ota-bobolarimizdan eshitmaganmiz”, – dedilar.
Endi, qachonki oʻzing va sen bilan birga boʻlgan kishilar kemaga joylashib olgach: “Bizlarga zolim qavmlardan najot bergan Allohga hamd boʻlsin”, – deb ayt.
Uning qavmidan kufr keltirgan kimsalar, oxiratga duch kelishni inkor qilganlar va Biz dunyo hayotida badavlat qilib qoʻygan kimsalar: “Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan odam. U ham sizlar yeydigan narsadan yeydi, sizlar ichadigan narsadan ichadi”,– dedilar.
Keyin, haqiqatan, ham ularni dahshatli bir qichqiriq tutdi. Biz esa ularni xazonga aylantirdik. Zolim qavmlarga halokat boʻlsin!
Keyin ketma-ket payg‘ambarlar yubordik. Har safar biror ummatga oʻz payg‘ambari kelsa, uni yolg‘ochiga chiqardilar. Bas, Biz ularni birin-ketin halok qildik va ularni odamlar og‘zida aylanib yuradigan gaplarga aylantirib qoʻydik. Bas, iymon keltirmaydigan qavmga halokat boʻlsin!
Ularni daʼvat uchun firʼavn va uning zodagonlariga yubordik. Ular esa takabburlik qildilar. Ular katta ketgan qavm edilar.
Firʼavn va uning zodagonlari daʼvatni eshitgach: “Xuddi oʻzimizga oʻxshagan ikki kishiga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizlarga quldirlar”, – dedilar.
Albatta, siz ularni, faqat toʻg‘ri yoʻlga daʼvat qilmoqdasiz.
Ey Robbim, oʻshanda meni u zolimlar qavmi ichida qilmagin!.
Ular: “Ey Robbimiz, baxtsizligimiz bizlarga ustun keldi va biz, shubhasiz, adashgan qavmlar edik”, – deydilar.
Shunday kishilar borki, ularni tijorat ham savdo-sotiq ishlari ham Allohning zikridan, namozni toʻliq ado qilishdan va zakot berishdan chalg‘ita olmaydi. Ular yuraklar va koʻzlar u yerda iztirobga tushib qoladigan qiyomat kunidan qoʻrqadilar.
Darhaqiqat, Biz bayon qiluvchi oyatlarni nozil qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Ey moʻminlar, namozni toʻliq ado qilinglar, haqdorlarga zakotni beringlar va Rasulga itoat etinglar, shoyad, shunda rahm qilinsangizlar.
Kufr keltirgan kimsalar: “Bu Qurʼon faqat Muhammad uni toʻqib olgan bir uydirmadir. Bu ishda unga boshqa qavmlar yordam berganlar”, – dedilar. Darhaqiqat ular bu soʻzlari bilan zulm va yolg‘on keltirdilar.
Shunda ular: “Ey pok Robbimiz, bizlar uchun Sendan oʻzga doʻstlar tutish mumkin emas edi. Lekin Sen ularni va ota-bobolarini dunyoda turli neʼmatlar bilan bahramand qilib qoʻydinki, hatto ular Seni eslashni ham unutdilar va halokatga uchragan qavm boʻldilar.
Payg‘ambar: “Ey Robbim, darhaqiqat, mening qavmim bu Qurʼonni tark qildilar”, – dedi.
Soʻngra ularga: “Bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan firʼavn qavmiga boringlar”, – dedik. Ular kufrlaridan qaytmagach ularni dengizga g‘arq qilib qirib yubordik.
Payg‘ambarlarini inkor qilgan Nuh qavmini ham toʻfonda g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qoʻydik. Shu bilan birga, bunday zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.