Yahudiy boʻlgan kimsalarning zulm qilganlari va koʻplab kishilarni Allohning yoʻlidan toʻsganlari tufayli ularga oldin halol qilingan pokiza yeguliklarni harom qilib qoʻydik.
There are 167 verses derived from the masdar-o'zak ك ث ر you searched for.
ko'pchiligini, ko'pchiligi, bir ko'pchiligi, ko'pchiligi, kat-kat, ko'p bo'lgan, ko'p, ammo ko'pchiligi, bir qancha, ko'pchiligidan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Yahudiy boʻlgan kimsalarning zulm qilganlari va koʻplab kishilarni Allohning yoʻlidan toʻsganlari tufayli ularga oldin halol qilingan pokiza yeguliklarni harom qilib qoʻydik.
Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Sizlarga yuborgan Rasulimiz qoʻlingizdagi kitobda berkitganlaringizning koʻpini bayon qilish uchun keldi. Shu bilan birga, baʼzi xatolaringizni koʻpini kechirmoqda. Haqiqatan, sizlarga Allohdan Islom nuri va ochiq-oydin Qurʼon kitobi kelgan.
Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Sizlarga yuborgan Rasulimiz qoʻlingizdagi kitobda berkitganlaringizning koʻpini bayon qilish uchun keldi. Shu bilan birga, baʼzi xatolaringizni koʻpini kechirmoqda. Haqiqatan, sizlarga Allohdan Islom nuri va ochiq-oydin Qurʼon kitobi kelgan.
Mana shu hodisa tufayli bani Isroil avlodlariga shu hukmni yozib qoʻydik. Unga koʻra, agar kimda-kim biror odamni nohaq oʻldirmagan, Yer yuzida buzg‘inchilik qilmagan begunoh kimsani oʻldirsa, goʻyo u hamma insonlarni oʻldirgandek boʻladi. Shuningdek, kimki begunohlarni oʻldirmay hayotini qutqarsa, xuddi u barcha insonlarning hayotini qutqargandek boʻladi. Darhaqiqat, ularga Rasullarimiz ochiq-oydin dalillarni keltirganlar. Soʻngra shundan keyin ham, ulardan aksariyati Yer yuzida haddidan oshib, isrof qiluvchilardir.
Ey Rasulim, ular orasida Alloh nozil qilganiga koʻra hukm qiling. Hamda ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni chalg‘itib, fitnaga solib qoʻyishlaridan ehtiyot boʻling. Agar chaqirig‘ingizdan yuz oʻgirsalar, bilingki, Alloh ularga baʼzi gunohlari sababidan musibatga mubtalo qilishni istamoqda.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Bizlar Allohga, oʻzimizga nozil qilingan Qurʼonga, bundan oldin nozil qilingan kitoblarga iymon keltirganimiz hamda sizlarning aksariyatingiz esa buzg‘unchilardan boʻlganingiz uchun bizni yoqtirmaysizlar”, – deb ayting.
Ulardan koʻpchiligini gunoh ishlarda, dushmanlik qilishda va harom yeyishga oshiqayotganlarni koʻrasiz. Qilayotgan bu ishlari naqadar yomon ishdir.
Yahudiylar: “Allohning qoʻli bog‘langandir”, – dedilar. Baxillik qilganlari tufayli oʻzlarining qoʻllari bog‘liq boʻlib qolar va bu aytgan soʻzlari sababli laʼnatlanadilar. Aksincha, Allohning ikki qoʻli ochiqdir. Oʻzi qanday istasa shunday beraveradi. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Ularning oralariga qiyomat kunigacha adovat va nafrat oʻtini solib qoʻyganmiz. Qachonki ular sizlarga qarshi urush olovini yoqsalar, Alloh uni darhol soʻndirib qoʻyadi. Yer yuzida buzg‘unchilik qilishga harakat qiladilar. Alloh fasod tarqatuvchilarni sevmaydi.
Agar ular Tavrotga, Injilga va Robbilari tomonidan ularga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilganlarida edi, tepalaridan ham, oyoq ostilaridan ham rizq yegan boʻlar edilar. Shu bilan birga, ularning orasida haddan oshmagan adolatli toifa ham bor. Lekin ulardan aksariyatining qilayotgan ishlari juda yomondir.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Tavrotga, Injilga va Robbingiz tomonidan sizlarga nozil qilingan Qurʼon hukmlariga toʻg‘ri amal qilmaguningizgacha aniq bir din ustida emassizlar”, – deb ayting. Robbingizdan sizga nozil qilingan Qurʼon ulardan koʻpchiligining tug‘yon va kufrini yanada orttiradi. Shunday ekan, kofir qavmlar uchun qayg‘urmang.
Qilmishlari tufayli boshlariga balo boʻlmaydi deb oʻylab, koʻr va kar boʻlib oldilar. Shundan keyin ham Alloh ularning tavbasini qabul qildi. Soʻngra ularning koʻpchiligi yana haqni koʻrmaydigan va eshitmaydigan boʻlib qoldilar. Alloh ularning barcha qilayotgan ishlarini koʻrib turuvchi Zotdir.
Ey Rasulim, ularga: “Ey ahli kitob boʻlgan yahudiy va nasroniylar! Haqsiz ravishda diningiz xususida haddingizdan oshmanglar. Hamda avvalari haq yoʻldan adashgan va koʻplab insonlarni adashtirgan hamda toʻg‘ri yoʻldan toygan qavmning havoyi nafslariga ergashmanglar”, – deb ayting.
Ulardan aksariyatini kufr keltirgan kimsalar bilan doʻst boʻlganlarini koʻrasiz. Nafslari oʻzlari uchun taqdim qilgan narsa naqadar yomondir. Alloh ularga g‘azab qilgan va ular jahannam azobida mangu qoluvchidirlar.
Agar ular Allohga, payg‘ambarga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni oʻzlariga doʻst qilib olmas edilar. Lekin ularning orasidan koʻpchiligi fosiq kimsalardir.
Ey Rasulim, ularga: “Agar nopok narsalarning koʻpligi seni hayron qoldirsa ham, iflos va pokiza narsalar barobar boʻlmaydi”, – deb ayting. Ey aql egalari, Allohdan qoʻrqinglar, shoyad, shunda najot topsangizlar.
Alloh “bahiyra, soiba, vasiyla, hom”, – deb atalgan hayvonlar xususida biror amr qilmagan. Lekin kufr keltirgan kimsalar Alloh shaʼniga yolg‘on toʻqiyaptilar. Chunki ularning koʻpchiligi aql ishlatmaydilar.
Kofirlar: “Unga Robbidan biror bir moʻʼjiza tushirilsa edi”, – deydilar. Ey Rasulim, ularga: “Hech shak-shubhasiz, Alloh moʻʼjiza tushirishga qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Ammo ularning koʻpchiligi moʻʼjizani inkor qilish oqibatlari haqida bilmaydilar.
Yahudiylar: “Alloh inson zotiga hech narsa nozil qilmagan”, – deb Allohning shaʼnini Unga loyiq tarzda toʻg‘ri qadrlamadilar. Ey Rasulim, ularga: “Unda sizlar u kitobni alohida qog‘oz sahifalar holida qilib olib, baʼzilarini maʼlum qilgan, aksariyatini esa yashirgan, ilgari ota-bobolaringiz ham sizlar ham bilmagan maʼlumotlar sizlarga bildirilgan hamda odamlarga nur va hidoyat boʻlib Muso keltirgan kitobni kim nozil qildi?” – deb ayting. Ularga javoban: “Ularni Alloh nozil qildi”, – deng. Shundan keyin ularni oʻz hollariga tashlab qoʻying, botqoqlarida chalg‘ib yuraversinlar.
Bordi-yu Biz ularga osmondan farishtalarni tushirsak ham, oʻliklar tirilib kelib ularga gapirsalar ham va barcha narsani guvohlik uchun jamlab koʻz oʻnglarida qoʻysak ham, Alloh xohlamasa, iymon keltirmagan boʻlar edilar. Lekin ularning aksariyati johillik qilmoqdalar.
Ey Rasulim, Yer yuzidagi koʻp johil kimsalar soʻziga itoat qiladigan boʻlsangiz, ular sizni Allohning yoʻlidan uradilar. Ular faqat gumonlarga ergashadilar va faqat aldoqchilik qiladilar.