Endi ular bu bahonalari va qilmishlarining jazosi uchun bu dunyoda oz kulsinlar, oxiratda esa koʻp yig‘lasinlar!
There are 167 verses derived from the masdar-o'zak ك ث ر you searched for.
ko'pchiligini, ko'pchiligi, bir ko'pchiligi, ko'pchiligi, kat-kat, ko'p bo'lgan, ko'p, ammo ko'pchiligi, bir qancha, ko'pchiligidan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Endi ular bu bahonalari va qilmishlarining jazosi uchun bu dunyoda oz kulsinlar, oxiratda esa koʻp yig‘lasinlar!
Aslida, koʻpchilik faqat gumon ortidan ergashadilar. Gumon esa, biror narsada haqiqat oʻrniga oʻtmaydi. Albatta, Alloh ularning qilayotgan ishlarini bilib turuvchi Zotdir.
Ey odamlar, ogoh boʻlinglar, osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsa, shubhasiz, Allohnikidir. Yana bir bor ogoh boʻlingki, albatta, Allohning aytgan vaʼdasi haqdir, lekin ularning koʻpchiligi buni bilmaydi.
Allohga qarshi yolg‘on toʻqiydigan kimsalarning hisob-kitob boʻladigan qiyomat kuni haqidagi gumonlari nima ekan?! Shubhasiz, Alloh odamlarga nisbatan fazl va marhamat egasidir, lekin ularning koʻpchiligi shukr qilmaydilar.
Mana bugun endi oʻzingdan keyingilarga ibrat boʻlishing uchun jasadingni dengiz qaʼriga choʻktirib, chiritib yubormay, uni sohilga chiqarib qutqarib qolamiz. Haqiqatan, odamlarning koʻpchiligi ulardan ibrat olmay g‘aflatda qoluvchilardir.
Robbisi tomonidan aniq hujjat boʻlmish Qurʼonga, ortidan Undan bir guvoh boʻlib kelgan Jabroilga, undan oldin esa rahnamo va rahmat sanalmish Musoning kitobi Tavrotga ega boʻlgan kishi, faqat oʻtkinchi dunyo manfaatlarini xohlovchilar bilan barobar boʻladimi?! Aynan oʻshalar u Qurʼonga iymon keltiradilar. Barcha guruhlar orasidan kim u Qurʼonni inkor qilsa, uning vaʼda qilingan joyi doʻzaxdir. Bas, ey Muhammad, siz undan shak-shubhada boʻlmang. Albatta, u Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaydilar.
Kofirlar: “Ey Nuh, haqiqatan, biz bilan tortishding, keyin bahsni ham koʻpaytirib yubording. Bas, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga oʻsha qoʻrqitayotganing azobni keltir”, – dedilar.
Qavmi unga: “Ey Shuʼayb, sening aytayotganlaringdan koʻpini tushunmayapmiz va biz seni oramizdagi bir ojiz inson ekaningni koʻrib turibmiz. Agar yoningda qarindoshlaring boʻlmaganida, seni toshboʻron qilgan boʻlar edik. Sen biz uchun hurmatli odam emassan”, – dedilar.
Misrda uni sotib olgan shahar hokimi Qitfir nomli kishi xotini Zulayhoga: “Unga yaxshilab joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki uni oʻg‘il qilib boqib olsak”, – dedi. Ana shunday qilib, Yusufni tushlarning taʼbirini qilishi uchun Misr yeriga joylashtirdik. Alloh Oʻz ishida g‘olibdir, lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Shuningdek, ota-bobolarim Ibrohim, Ishoq va Yaʼqub payg‘ambarlarning diniga ergashganman. Biz payg‘ambarlar uchun Allohga biror narsani sherik qilish aslo mumkin emasdir. Bu Allohning bizlarga va barcha odamlarga bergan fazlidir, lekin odamlarning koʻpchiligi shukr qilmaydilar.
Sizlar Undan boshqa, oʻzingiz va ota-bobolaringiz uni nomlab olgan, Alloh ular haqida hech qanday dalil tushirmagan but ismlariga ibodat qilyapsizlar. Hukm faqat Allohning Oʻziga xosdir, U faqat Oʻzigagina ibodat qilishingizni buyurgan. Eng toʻg‘ri din mana shudir. Lekin odamlarning koʻplari buni bilmaydilar.
Ular otalari buyurgan turli darvozalardan Misrga kirdilar. Biroq ularning bu tarzda kirishlari ularga Allohdan keladigan biror narsani qaytaruvchi boʻlmadi. Bu faqat Yaʼqubning koʻnglidagi farzandlariga nisbatan mehridan paydo boʻlgan bir ehtiyoj boʻlib, uni qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz vahiy orqali bergan taʼlimimiz sababli chuqur ilm egasi edi. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmas edilar.
Harchand siz barcha odamlarning iymon keltirishlarini juda xohlasangiz-da, odamlarning koʻpchiligi moʻmin boʻlmaydilar.
Ularning aksariyati esa faqat mushrik boʻlgan hollarida Allohga ishonadilar, xolos.
Alif, Lom, Mim, Ro. Bular muqaddas Kitob boʻlgan Qurʼon oyatlaridir. Ey Muhammad, sizga nozil qilingan bu Qurʼon ayni haqiqatdir, lekin shunda ham odamlarning koʻpchiligi iymon keltirmaydilar.
Ey Robbim, U sanamlar koʻp odamlarni yoʻldan ozdirdi. Bas, kim menga ergashsa, ana oʻsha mening dinimdandir. Kim menga itoatsizlik qilsa, yana oʻzing, shubhasiz, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotsan.
Kofirlar jon-jahdlari bilan: “Alloh oʻlganlarni qayta tiriltirmaydi”, – deb Alloh nomi bilan qasam ichdilar. Yoʻq, albatta, tiriltiradi. Bu Uning zimmasidagi haq vaʼdadir. Lekin odamlarning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Hech narsaga kuchi yetmaydigan qaram qul bilan Biz Oʻz tarafimizdan unga chiroyli rizq bergan va u undan yashirin va oshkora ehson qiladigan hur kimsa barobar boʻladimi?, – deb, Alloh bir misol keltiradi. Hamd yolg‘iz Allohga xosdir. Lekin ularning koʻpchiligi buni bilmaydilar.
Ular bularning hammasi Allohning neʼmati ekanini yaxshi biladilar. Keyin bila turib uni inkor qiladilar. Ularning koʻpchiligi kofirlardir.
Qachonki, Biz bir oyat oʻrniga boshqa bir oyatni almashtirsak, vaholanki, Alloh oʻzi nozil qilayotgan oyatlarni yaxshi biluvchidir. Ular payg‘ambarga: “Haqiqatan, sen oʻzing oyatlarni toʻqib oluvchisan”, – deydilar. Yoʻq, ularning koʻpchiligi buning hikmatini bilmaydilar.