Soʻngra tavba qilganingizdan keyin sizlarni vayron qilgan u kimsalarning ustidan sizlarga yana g‘alabani qaytardik va sizlarni mol-dunyo va farzandlar bilan madad berib, sanog‘ingizni koʻproq qilib qoʻydik.
There are 167 verses derived from the masdar-o'zak ك ث ر you searched for.
ko'pchiligini, ko'pchiligi, bir ko'pchiligi, ko'pchiligi, kat-kat, ko'p bo'lgan, ko'p, ammo ko'pchiligi, bir qancha, ko'pchiligidan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Soʻngra tavba qilganingizdan keyin sizlarni vayron qilgan u kimsalarning ustidan sizlarga yana g‘alabani qaytardik va sizlarni mol-dunyo va farzandlar bilan madad berib, sanog‘ingizni koʻproq qilib qoʻydik.
Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini mukarram qildik va ularni quruqlik va dengizda ulov va kemalarga mindirib qoʻydik hamda ularga pok narsalardan rizq berdik va ularni Oʻzimiz yaratgan koʻp maxluqotlardan afzal qilib qoʻydik.
Shubhasiz, Biz ushbu Qurʼonda odamlar uchun ibratli boʻlgan har bir masaldan bayon qildik. Lekin odamlarning koʻpchiligi faqat inkorni tanladilar.
Yana uning boshqa boyligi ham bor edi. Bas, u oʻrtog‘i bilan suhbat qurayotib: “Mening boyligim senikidan koʻproq va odamlarim sanog‘i ham kuchliroq”, – dedi maqtanib.
Haqiqatan, Biz bu Qurʼonda odamlarga turli misollardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson har narsada juda tortishuvchi boʻlgan edi.
Toki, Senga koʻproq tasbeh aytaylik.
Hamda Seni koʻp zikr qilaylik.
Yoki mushriklar Undan boshqa soxta ilohlarni qilib oldilarmi?! Ey Rasulim ularga: “Unday boʻlsa, dalilingizni keltiringiz! Mana bu men bilan birga boʻlgan moʻminlarning eslatmasi Qurʼondir va mendan oldingilarning eslatmalari esa Tavrot va Injildir”, – deb ayting. Yoʻq, ularning koʻpchiligi haqiqatni bilmay turib, undan yuz oʻgiruvchilardir.
Ey Rasulim, osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, daraxtlar va barcha jonivorlar hamda insonlarning koʻpchiligi yolg‘iz Allohga sajda qilayotganini koʻrmadingizmi? Odamlarning koʻpchiligiga esa kufr keltirganlari uchun azob haq boʻlgan edi. Alloh kimni xor qilsa, bas, uni aziz qiluvchi yoʻqdir. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Ey Rasulim, osmonlardagi va Yerdagi bor jonzot, quyosh, oy, yulduzlar, tog‘lar, daraxtlar va barcha jonivorlar hamda insonlarning koʻpchiligi yolg‘iz Allohga sajda qilayotganini koʻrmadingizmi? Odamlarning koʻpchiligiga esa kufr keltirganlari uchun azob haq boʻlgan edi. Alloh kimni xor qilsa, bas, uni aziz qiluvchi yoʻqdir. Albatta, Alloh nimani xohlasa oʻshani qiladi.
Ular oʻz yurtlaridan faqatgina “Robbimiz Alloh”, deganlari uchun haydab chiqarilgan edilar. Agar Alloh odamlarning baʼzilarini baʼzilari bilan daf qilib turmas ekan, albatta, Allohning nomi koʻplab zikr qilinadigan rohiblarning uzlatgohlari, nasroniylarning kanisalari, yahudiylarning ibodatxonalari va musulmonlarning masjidlari vayron qilingan boʻlar edi. Albatta, Alloh oʻz diniga yordam beradiganlarga yordam beradi. Shubhasiz, Alloh kuchli va izzatlidir.
Keyin Biz sizlar uchun bu suv bilan xurmo va uzum bog‘larini paydo qildik. Sizlar uchun u bog‘larda koʻp mevalar bor va sizlar ulardan yeysizlar.
Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir. Sizlarga ularning qornidagi sutlardan ichiramiz, yana sizlar uchun ularda boshqa koʻp foydalar bordir, shuningdek, ularning goʻsht va yog‘laridan yeysizlar.
Yoxud unda telbalik bor, deb aytadilarmi?! Yoʻq, Muhammad ularga haqiqatni keltirdi. Ularning koʻpchiliklari esa, haqiqatni yomon koʻruvchilardir.
Shunda ularga: “Siz bugun bir oʻlimni emas, koʻp oʻlimni istanglar”, – deyiladi.
Od, Samud qabilalarini va quduq egalarini hamda shu orada yashab oʻtgan koʻplab nasllarni ham halok qildik.
Yoki boʻlmasa siz ularning koʻplarini haq soʻzni tinglay oladilar yo aql ishlatadilar deb oʻylaysizmi?! Yoʻq, aslo, ular hayvonlarga oʻxshaydilar, balki, ular hayvondan ham battarroq yoʻldan adashuvchidirlar.
Bu yomg‘ir suvi bilan qaqrab yotgan oʻlik shaharlarni tiriltirish va Oʻzimiz yaratgan koʻplab chorva hayvonlari hamda insonlarni sug‘orish uchundir.
Biz bu Qurʼonni odamlar eslatma olishlari uchun oralarida taqsimlab qoʻydik. Biroq odamlarning koʻplari faqat noshukrlikni xohladilar.
Albatta, bunda ibratlar bordir, lekin ularning koʻpchiligi iymon keltiruvchi boʻlmadilar.