Har kimki biror bir gunoh ishni amalga oshirsa, shubhasiz, uni oʻzining zarari uchun qilgan boʻladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
There are 67 verses derived from the masdar-o'zak ك س ب you searched for.
topganlaridan, topadi, ularning topganlari, sizning topganlaringiz, topganlari, topganidan, topganlaringiz, topgan bo'lsa, topgani, qilgani
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Har kimki biror bir gunoh ishni amalga oshirsa, shubhasiz, uni oʻzining zarari uchun qilgan boʻladi. Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Agarda kimda-kim bir xato yoki og‘ir gunoh ishga qoʻl urib, uni begunoh odam ustiga otsa chindan ham boʻhton va aniq bir gunohni gardaniga olgan boʻladi.
Oʻg‘rilik qilgan erkakni ham ayolni ham qilgan ishlariga yarasha bir jazo va Allohdan bir ibrat boʻlishi uchun qoʻllarini kesinglar. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
U koʻklarda ham Yerda ham bir boʻlgan Allohdir. Sizlarni berkitgan va oshkora ishlaringizni hamda barcha qilayotgan ishlaringizni bilib turibdi.
Ey Rasulim, oʻtkinchi dunyo hayoti ularni aldab qoʻyib, dinlarini oʻyin-kulgu va bekorchi narsa qilib olganlarni tark qiling. Har bir nafs qilgan yomon ishlari sababli halokatga uchramasliklari uchun bu Qurʼon bilan eslatib, nasihat qiling. Unga qiyomat kunida Allohdan oʻzga biror doʻst ham, shafoatchi ham boʻlmaydi. Agar bor narsani fido qilib bersa ham, undan qabul qilinmaydi. Ana oʻshalar qilgan ishlari tufayli halokatga uchragandirlar. Kufr keltirganlari uchun ularga doʻzaxda qaynoq suv va alamli azob beriladi.
Ey Rasulim, oʻtkinchi dunyo hayoti ularni aldab qoʻyib, dinlarini oʻyin-kulgu va bekorchi narsa qilib olganlarni tark qiling. Har bir nafs qilgan yomon ishlari sababli halokatga uchramasliklari uchun bu Qurʼon bilan eslatib, nasihat qiling. Unga qiyomat kunida Allohdan oʻzga biror doʻst ham, shafoatchi ham boʻlmaydi. Agar bor narsani fido qilib bersa ham, undan qabul qilinmaydi. Ana oʻshalar qilgan ishlari tufayli halokatga uchragandirlar. Kufr keltirganlari uchun ularga doʻzaxda qaynoq suv va alamli azob beriladi.
Gunoh ishlarning ochiqchasini ham, yashirinchasini ham tark qilinglar. Gunoh ishlarni kasb qilgan kimsalar, albatta, qilmishlariga yarasha jazo oladilar.
Shunday qilib, zolimlarning qilgan yomon kasblari tufayli birini biriga bog‘lab doʻst qilib qoʻyamiz.
Ular faqat ajal farishtalari kelishiga, Robbingdan azob kelishiga yoki Robbingizdan baʼzi bir ishoratlar kelishiga qarab oʻtiribdilar. Robbingning baʼzi alomatlari kelgan kunda hech bir jonga, oldin iymon keltirmagan yoki iymon keltirgan taqdirda ham iymonida yaxshilik kasb qilmagan boʻlsa, iymoni foyda bermaydi. Ey Rasulim, ularga: “Kutib oʻtiraveringlar bizlar ham kutib turuvchimiz”, – deb ayting.
Ey Rasulim, ularga: “U barcha narsaning Robbisi boʻlgani holda, men Allohdan boshqa bir robni izlaymi?” – deb ayting. Har bir nafsning qilgan yomonligi oʻzining zararigadir. Hech bir gunoh koʻtarib yuruvchi boshqasining yukini koʻtarmaydi. Oxirida qaytar joyingiz Robbingiz huzurigadir. Ana oʻshanda sizlarga tortishayotgan narsalaringiz haqida xabar beradi.
Avvalgilari keyingilariga qarata: “Sizlarning bizlardan ortiq joyingiz yoʻq. Qilgan ishlaringizga yarasha azob totaveringlar”, – deydilar.
Agarda u oʻlkalarning aholisi iymon keltirib Allohdan qoʻrqqanlarida edi, ularga samodan va Yerdan barakatlar ochib qoʻyar edik. Lekin ular payg‘ambarlarni yolg‘onga chiqardilar. Oqibatda qilmishlari tufayli ularni azobga tutdik.
Endi ular bu bahonalari va qilmishlarining jazosi uchun bu dunyoda oz kulsinlar, oxiratda esa koʻp yig‘lasinlar!
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Qilmishlari tufayli ana oʻshalarning joylari doʻzaxdir.
Alloh qaytargan yomon ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga uning barobaricha jazo beriladi va ularni xorlik qoplaydi. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi ham yoʻq. Ularning yuzlari xuddi zulmatli tunning bir boʻlagi bilan qoplangandek timqaro boʻladi. Ana oʻshalar doʻzax egalaridir. Ular u yerda mangu qoluvchidirlar.
Soʻngra zulm qilgan kimsalarga qarata: “Doimiy azobni totinglar! Sizlar faqat kasb qilgan yomon ishlaringiz uchun jazolanasizlar”, – deyiladi.
Har bir jon egasining qilayotgan ishini kuzatib turuvchi Zotni hech narsaga qodir boʻlmagan maxluqlar bilan tenglashtirish mumkinmi? Ular turli narsalarni Allohga sherik qilib oldilar. Ey Rasulim, ularga: “Qani, u butlarning nomlarini va qila oladigan ishlarini aytinglar-chi? Yoki Unga Yer yuzidagi bilmaydigan biron narsasining xabarini berasizlarmi?! Yoki, faqat yuzaki gap bilan soʻzlariga ishonib, sig‘inib ketaverasizlarmi?” – deb ayting. Aksincha, kufr keltirgan kimsalarga oʻzlarining makrlari chiroyli koʻrsatildi va ular haq yoʻldan toʻsildilar. Kimni Alloh yoʻldan adashtirsa, uning uchun biror hidoyat qiluvchi yoʻqdir.
Ulardan avvalgi yashab oʻtgan kimsalar ham payg‘ambarlariga qarshi makr qilganlar. Biroq barcha makrlar Allohning izmidadir. U Zot har bir jon egasining qilayotgan ishini bilib turadi. Yaqinda kofirlar oxirat diyorining oqibati kimniki ekanini bilib oladilar.
Robbilariga kufr keltirganlarning amallarining misoli goʻyo boʻronli kunda shamol uchirib ketgan kulga oʻxshaydi. Kofirlar kasb qilgan ishlaridan hech narsaga qodir boʻlmaydilar. Mana shuning oʻzi butunlay adashishdir.