Ey Rasulim, eng toʻg‘ri haqiqat Robbingdan kelgan Qurʼondir. Shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
There are 20 verses derived from the masdar-o'zak م ر ي you searched for.
gumon qiluvchilar, gumon qilyapsiz, shubhaga tushganlar, shubha, ikkilanish, shubha qilmoqda, munozaraga kirma, tortishuv, shubha qilib ixtilofga tushganlari, gumon
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey Rasulim, eng toʻg‘ri haqiqat Robbingdan kelgan Qurʼondir. Shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Ey Rasulim, mana bu haq soʻzlar Robbingdandir. Shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
U sizlarni boshida loydan yaratgan keyin esa oʻlim vaqtini tayin qilgan Zotdir. Hamda belgilangan yana bir ajal zamoni Uning huzuridadir. Sizlar shundan keyin ham shubha qilmoqdasizlar.
Ey Rasulim, ularga: “Allohdan oʻzgani istab hakam qilib olaymi? Axir U sizlarga bu kitobni batafsil qilib nozil qilgan Zotdir”, – deb ayting. Biz kitob bergan yahudiy va nasroniy boʻlgan kimsalar aslida, albatta, bu Qurʼonning, haqiqatan, Robbingiz tarafidan nozil qilinganligini biladilar. Bas, shunday ekan, aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Ey Muhammad, agar sizga nozil qilgan tarixiy voqealar xususida shubhada boʻlsangiz, u holda sizdan oldingi Tavrot yoki Injil kitobini oʻqiydigan kishilardan soʻrab koʻring. Robbingizdan sizga haq vahiy kelgandan keyin aslo shubha qiluvchilardan boʻlmang.
Robbisi tomonidan aniq hujjat boʻlmish Qurʼonga, ortidan Undan bir guvoh boʻlib kelgan Jabroilga, undan oldin esa rahnamo va rahmat sanalmish Musoning kitobi Tavrotga ega boʻlgan kishi, faqat oʻtkinchi dunyo manfaatlarini xohlovchilar bilan barobar boʻladimi?! Aynan oʻshalar u Qurʼonga iymon keltiradilar. Barcha guruhlar orasidan kim u Qurʼonni inkor qilsa, uning vaʼda qilingan joyi doʻzaxdir. Bas, ey Muhammad, siz undan shak-shubhada boʻlmang. Albatta, u Robbingiz tomonidan kelgan haqiqatdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaydilar.
Ey Rasulim, ana oʻsha mushriklar sig‘inayotgan narsa tufayli gumonda qolmang ular aniq adashgandirlar. Ular oldin ota-bobolari sig‘ingandek sig‘inaveradilar. Biz ularning jazodan ulushlarini kamaytirmasdan toʻliq qilib beruvchimiz.
Farishtalar: “Yoʻq, biz senga qavming u haqida balo kelishini shubha qilayotgan azobni keltirdik”, – dedilar.
Hali yahudiy va nasroniylarning ayrimlari oʻsha Ashob ul-Kahfning adadi haqida: “Ular uch kishi edi, toʻrtinchilari itlaridir”, – deydilar. Yana boshqalari: “Ular beshta boʻlib, oltinchilari itlaridir”, – deya taxmin gap aytib, g‘aybga tosh otadilar. Shuningdek, yana: “Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir”, – deyishadi. Ey Muhammad: “Ularning sanog‘ini Robbim eng yaxshi biluvchidir. Ularni juda oz kishi biladi”, – deb ayting. Bas, ular xususida tortishmang, faqat vahiy asosida ochiq munozara qiling. Hamda Ashobi Kahf haqida ularning birortasidan fatvo soʻramang.
Hali yahudiy va nasroniylarning ayrimlari oʻsha Ashob ul-Kahfning adadi haqida: “Ular uch kishi edi, toʻrtinchilari itlaridir”, – deydilar. Yana boshqalari: “Ular beshta boʻlib, oltinchilari itlaridir”, – deya taxmin gap aytib, g‘aybga tosh otadilar. Shuningdek, yana: “Ular yettitadirlar, sakkizinchilari itlaridir”, – deyishadi. Ey Muhammad: “Ularning sanog‘ini Robbim eng yaxshi biluvchidir. Ularni juda oz kishi biladi”, – deb ayting. Bas, ular xususida tortishmang, faqat vahiy asosida ochiq munozara qiling. Hamda Ashobi Kahf haqida ularning birortasidan fatvo soʻramang.
Mana shu Yahudiy va nasroniylar shubha qilishayotgan Maryam oʻg‘li Iso Masih toʻg‘risidagi haq soʻzdir.
Kufr keltirgan kimsalar ularga toʻsatdan qiyomat kelgunicha yoki ertasi boʻlmagan qisir kunning azobi kelgunicha, undan shak-shubhadadirlar.
Biz Musoga kitob ato qildik, Bas, ey Muhammad, siz uning Tavrotga roʻbaroʻ boʻlganidan shubhada boʻlmang. Biz Tavrotni bani Isroil avlodi uchun hidoyat manbai qildik.
Ogoh boʻlinglar, albatta, ular qiyomatda Robbilariga roʻbaroʻ boʻlishdan shubhadalar. Ogoh boʻlinglarki, albatta, U barcha narsani qamrab oluvchidir.
Qiyomatga iymon keltirmaydigan kimsalar uni tezroq kelishini istaydilar. Iymon keltirgan kimsalar esa undan qoʻrquvchidirlar. Ular uning haq ekanligini biladilar. Ogoh boʻlinglarki, qiyomat xususida tortishadigan kimsalar haq yoʻldan uzoq zalolatdadirlar!
Albatta, Iso qiyomat soati kelishi uchun bir alomatdir. Bas, sizlar u qiyomat haqida aslo shubha qilmanglar. Ey Muhammad, Makka ahliga: “Menga ergashinglar! Mana shu toʻg‘ri yoʻldir”, – deb ayting.
Darvoqe, bu azob sizlar shubha qilib yurgan narsangizdir.
Ey mushriklar, Payg‘ambar koʻrib turgan narsasi ustida u bilan tortishasizlarmi?!
Bas, ey inson, Robbingning qaysi neʼmatlari haqida shubha qilasan?!
Lut Bizning azob bilan ushlashimizdan ularni ogohlantirgan edi, ammo ular ogohlantirishlarga shubha qildilar.