Mana, sizlar uni “iloh” deb sig‘ingan butlaringiz aytayotgan gaplaringizni yolg‘onga chiqardilar. Endi, azobdan qutulishga ham, bir-biringizga yordam qilishga ham qodir emassiz. Sizlardan kim zulm qilsa, unga katta azobni tottiramiz.
There are 2124 verses derived from the masdar-o'zak مَا you searched for.
narsaga, va narsaga, bo'lmaganlar holda, , emaslar, sababli, etmadi, va emas, kabi, hatto bo'lganini
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Mana, sizlar uni “iloh” deb sig‘ingan butlaringiz aytayotgan gaplaringizni yolg‘onga chiqardilar. Endi, azobdan qutulishga ham, bir-biringizga yordam qilishga ham qodir emassiz. Sizlardan kim zulm qilsa, unga katta azobni tottiramiz.
Ey Muhammad, sizdan oldingi Biz yuborgan barcha payg‘ambarlar ham, albatta, odamlardek taom yeb, bozorlarda yurar edilar. Biz baʼzilaringizni baʼzilaringiz uchun sinov qilib qoʻydik, qani, bu sinovlarga sabr qila olarmikinsiz? Robbingiz esa barchasini koʻrib turuvchi Zotdir.
Shundoq ham Biz ular qilgan har bir amalning oldiga oʻtib, uni sochilgan toʻzon kabi qilib qoʻygan boʻlamiz.
Mushriklar Allohni qoʻyib, oʻzlariga foyda ham, zarar ham bera olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar. Kofir Robbisiga qarshi shaytonga yordamchidir.
Ey Muhammad, sizni faqat moʻminlarga jannatdan xushxabar beruvchi, kofirlarga esa oxirat azobidan ogohlantiruvchi qilib yubordik.
Ey Rasulum ularga: “Men daʼvatim uchun sizlardan unga hech qanday haq soʻramayman, faqat kim xohlasa, Robbisi tomon yoʻl olishini soʻrayman”, – deb ayting.
U osmonlar va Yerni hamda ularning orasidagi barcha narsalarni olti kunda yaratib, soʻngra Arshga egalik qilgan Zotdir. U Rahmondir, bas, U haqida xabardor Zotdan soʻrang.
Agar mushriklarga: “Rahmonga sajda qilinglar!” – deyilsa, ular: “Rahmon u nima? Syen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?” – deydilar. Bu soʻz ularni yanada iymondan yiroqlashtiradi.
Agar mushriklarga: “Rahmonga sajda qilinglar!” – deyilsa, ular: “Rahmon u nima? Syen buyurgan narsaga sajda qilaveramizmi?” – deydilar. Bu soʻz ularni yanada iymondan yiroqlashtiradi.
Ana oʻshalar ozorlarga sabr qilganlari uchun jannatdagi baland qasrlar bilan mukofotlanadilar va u yerda farishtalar tomonidan salom va tabrik bilan kutib olinadilar.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Agar duolaringiz boʻlmaganida, Robbim sizlarga qiymat bermas edi. Bas, sizlar yuborilgan payg‘ambarni inkor qildingiz bas, yaqinda sizlarga azob shart boʻladi”, – deb ayting.
Ularga Rahmon tomonidan yangi eslatma kelsa, albatta, ular undan yuz oʻgiruvchi boʻldilar.
Haqiqatan, ular payg‘ambarni yolg‘onga chiqargan edilar. Yaqinda ularga istehzo qilgan narsaning xabarlari keladi.
Albatta, bunda ibratlar bordir, lekin ularning koʻpchiligi iymon keltiruvchi boʻlmadilar.
Firʼavn Musoga: “Olamlar Robbisi deganing nima u?” – dedi.
Muso unga: “Agar ishonadigan boʻlsangiz, U osmonlar va Yerning hamda ularning orasidagi barcha narsalarning Robbisidir”, – dedi.
Muso ularga: “Agar aql ishlata olsangiz, U mashriq va mag‘rib hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning ham Robbisidir”, – dedi.
Muso ularga: “Qani, tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar”, – dedi.
Keyin Muso asosini yerga tashlagan edi, birdan u aso ajdarhoga aylanib ularning uydirma qilayotgan narsalarini yuta boshladi.
Albatta, bunday hodisada katta ibrat bor. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltiruvchi boʻlmadilar.