Ey moʻminlar, orangizdan xayrga chaqiradigan, yaxshilikka buyuradigan va yomonlikdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻsha kimsalar najot topuvchilardir.
There are 37 verses derived from the masdar-o'zak ن ك ر you searched for.
yomonlikdan, yomonlik, yomonligini, ulardan yoqtirmadi, tanib bilmasdilar, inkor qiluvchi(lar), tanilmagan, inkorchidir, buni inkor qiladilar, va yomonlikdan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey moʻminlar, orangizdan xayrga chaqiradigan, yaxshilikka buyuradigan va yomonlikdan qaytaradigan bir jamoat boʻlsin. Ana oʻsha kimsalar najot topuvchilardir.
Ey moʻminlar, sizlar insonlarning yaxshiligi uchun oʻrtaga chiqarilgan eng xayrli ummat boʻldingiz. Chunki sizlar yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarasizlar hamda Allohga iymon keltirasizlar. Agarda ahli kitoblar ham iymon keltirganlarida edi, oʻzlari uchun, albatta, yaxshi boʻlar edi. Ularning orasida moʻminlari ham bor, lekin ularning aksariyati fosiq kimsalardir.
Ular Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradilar. Yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar hamda ezgu ishlar qilishda shoshiladilar. Ana oʻshalar solih kimsalardandir.
Ular bir-birlarini qilgan nomaqbul ishlaridan qaytarmas edilar. Ularning qilib yurgan ishlari naqadar yomon edi.
U kimsalar esa huzurlaridagi Tavrot va Injilda nomi yozilgan, deb topgan va oʻqish yozishni bilmaydigan ummiy – Rasul va Nabiyga ergashadiganlardir. Bu payg‘ambar esa ularni yaxshi ishlarni qilishga buyuradi va yomon ishlardan qaytaradi. Ularga pokiza rizqlarni halol qiladi va nopok narsalarni harom qiladi. Hamda gardanlaridagi og‘ir yuklarni va boʻyinlaridagi zillat zanjirlarini ulardan olib tashlaydi. Shuningdek, u kimsalar unga iymon keltirgan, payg‘ambarga hurmat bajo qilgan va unga yordam koʻrsatganlardir. Hamda Rasulga nozil qilingan nur boʻlmish Qurʼon hukmlariga ergashgan zotlardir. Aynan oʻshalar najot topganlardir.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Moʻmin erkaklar va moʻmina ayollar bir-birlariga doʻstdirlar. Ular insonlarni doimo yaxshilikka buyuradilar va yomonlikdan qaytaradilar, namozlarni toʻla-toʻkis ado etadilar, nisobga yetgan mollaridan zakotni beradilar hamda Alloh va Rasuliga itoat qiladilar. Aynan oʻshalarga Alloh tezda marhamat koʻrsatadi. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ular qilgan gunohlariga tavba qiluvchilar, yolg‘iz Allohga ibodat qiluvchilar, doimo hamdu sano aytuvchilar, roʻza tutuvchilar, ruku va sajda qiluvchilar, odamlarni yaxshilikka buyuruvchilar va yomonlikdan qaytaruvchilar hamda Allohning tayin qilgan hududlari va buyruqlariga rioya qiluvchilardir. Ey Rasulim, moʻmin bandalarga xushxabar bering!
Farishtalar unga qoʻl uzatishmaganini koʻrgach, Ibrohim ulardan yotsiradi va ulardan qattiq qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqma, ey Ibrohim, farishtalar taom yemaydi biz Lut qavmini halok qilishga yuborilganmiz”, – dedilar.
Moʻl-koʻlchilikdan keyin qahatchilik yillari boshlanib ketdi. Yusufning akalari yegulik istab Misrga keldilar. Uning oldiga kirishganda Yusuf ularni tanidi, lekin akalari uni tanimagan edilar.
Biz Tavrot va Injil Kitobini bergan kimsalar sizga nozil qilingan Qurʼon sababli xursand boʻladilar. Biroq yahudiy va nasroniylardan iborat guruhlar orasida Qurʼonning baʼzi bir qismini inkor qiladiganlar ham bor. Ey Muhammad, ularga: “Albatta, men yolg‘iz Allohga ibodat qilishga va Unga hech narsani sherik qilmaslikka buyurildim. Faqat yolg‘iz Unga qul boʻlishga daʼvat qilaman va oxiri qaytar joyim ham Uning huzurigadir”, – deb ayting.
Lut payg‘ambar ularga: “Sizlar notanish qavmsiz, kimsizlar oʻzi?” – dedi.
Ilohingiz yagona Ilohdir. Bas, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari Allohning yagona ekanligini inkor qiluvchidir, oʻzlari esa takabburdirlar.
Ular bularning hammasi Allohning neʼmati ekanini yaxshi biladilar. Keyin bila turib uni inkor qiladilar. Ularning koʻpchiligi kofirlardir.
Albatta, Alloh adolatga, yaxshi ishlarga va qarindoshga haqini berishga buyuradi. Shuningdek, buzuqchilik, yomon ishlar va zulmdan qaytaradi. Alloh shoyad, eslatma olarsizlar, deb sizlarga vaʼz-nasihat qiladi.
Keyin ular yana yoʻlga tushdilar. Nihoyat, bir bolani uchratganlarida, Xizr uni oʻldirdi. Muso Xizrga qarab: “Hech kimni oʻldirmagan pokiza jonni oʻldirasanmi?! Haqiqatan, juda xunuk narsa qilding-ku?!” – dedi.
Zulqarnayn: “Biroq kim zulm qilgan boʻlsa, tezda uni azoblaymiz, soʻngra u Robbisiga qaytariladi bas, U Zot ham uni dahshatli azob bilan azoblaydi”, – dedi.
Bu Qurʼon Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?!
Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni toʻliq ado qiladilar, haqdorlarga zakotni beradilar, odamlarni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradilar. Barcha ishlarning oqibati Allohga oiddir.
Madyan shahrining aholisi ham Shuʼayb payg‘ambarni yolg‘onchiga chiqargan edilar. Muso payg‘ambar ham yolg‘onchiga chiqarildi. Men kofirlarga bir oz muhlat berib qoʻyib, keyin ularni oʻz azobim bilan tutdim. Bas, Mening inkorim qanday boʻldi?!