Ey insonlar, sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni yaratish va qayta tiriltirishning oʻzginasi kabi osondir. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
There are 68 verses derived from the masdar-o'zak و ح د you searched for.
bir, yagona, bir yagona, bir dona (oling), faqat bir ayol, birining, biriga, bir bo'lgan, yagona bir, yagona bo'lgan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey insonlar, sizlarni yaratish ham, qayta tiriltirish ham xuddi bir jonni yaratish va qayta tiriltirishning oʻzginasi kabi osondir. Albatta, Alloh hamma narsani eshitib turuvchi – Samiʼ va boʻlayotgan ishlarni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Ey Muhammad, mushriklarga: “Men sizlarga faqat bitta narsani nasihat qilaman. Xolis Alloh uchun ikkita-ikkita va bitta-bitta turib, bir fikr qilib koʻringlar. Sohibingiz Muhammadda hech qanday jinnilik yoʻq. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga yuborilgan bir ogohlantiruvchi payg‘ambardir, , xolos”, – deb ayting.
Faqat birgina dahshatli qichqiriq boʻldi-yu, birdaniga ular oʻchib qoldilar.
Ular tortishib turganlarida, toʻsatdan ularni tutib oluvchi birgina qichqiriqni kutmoqdalar, xolos.
Faqatgina bir qichqiriq boʻldi va darhol ularning barchalari Bizning huzurimizda hozir qilinuvchidirlar.
Albatta, Ilohingiz yagonadir!
Vaʼda qilingan bu qayta tirilish faqatgina Isrofilning suri bilan chalinuvchi bir qichqiriqdir, xolos. Bas, ular qayta tirilib, Allohning hukmiga qarab turadilar.
Muhammad shuncha ilohlarni bitta iloh qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa-ku!
Ana ularning barchalari faqat hech toʻxtamasdan keladigan birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar, , xolos.
Ularning biri: “Darvoqe, mana bu mening birodarim, uning toʻqson toʻqqizta sovliq qoʻyi bor, mening esa birgina sovliq qoʻyim bor. Keyin u shu bir dona qoʻyga ham koʻz olaytirib: “Uni ham menga topshir deb meni bahsda yengib qoʻydi”, dedi.
Ey Muhammad, ularga: “Men faqat bir ogohlantiruvchi payg‘ambarman. Yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsaga g‘olib – Qahhor Allohdan oʻzga iloh yoʻq”, – deb ayting.
Agar Alloh farzand tutishni istasa, albatta, Oʻzi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan boʻlar edi. U bunday aybdan pokdir. U Alloh, yagona boʻlgan – Vohid va hamma narsada g‘olib – Qahhor Zotdir.
U sizlarni bir jondan yaratdi, soʻngra undan jufti Havvoni paydo qildi. Sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni yaratib tushirdi. U sizlarni onalaringizning qornida uch tabaqa zulmat ichida asta-sekin yaratadi. Ana shu Alloh – Robbingizdir. Barcha mulk faqat Unikidir. Undan oʻzga iloh yoʻq. Bas, Unga ibodat qilmay qay tomonga burilib ketyapsizlar?!
Qachonki, Allohning yolg‘iz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning yuraklari siqilib ketadi. Qachonki, Undan oʻzga butlar zikr qilinsa, birdan ular shodlanib ketadilar.
Bu azoblar sizlarni yolg‘iz Allohga ibodat qilishga daʼvat qilinganda kufr keltirganingiz, agar Unga shirk keltirilsa, ishonganingiz tufaylidir. Bas, barcha hukm oliy va ulug‘ Allohnikidir.
Ular qabrlaridan tirilib chiqadigan qiyomat kunida Allohga ulardan biror narsa maxfiy boʻlib qolmaydi. Bu kunda podshohlik kimniki?! Albatta, yolg‘iz boʻlgan – Vohid va hammadan g‘olib – Qahhor Zot Allohnikidir.
Bas, qachonki, azobimizni koʻrganlarida: “Yolg‘iz Allohga iymon keltirdik va oldin Allohga sherik qilib olgan butlarimizni endi, inkor qildik”, – dedilar.
Ey Muhammad, ularga: “Haqiqatan, men ham xuddi sizlar kabi bir basharman. Menga “Ilohingiz yagona Alloh”, deb vahiy qilinmoqda. Bas, Uning Oʻziga toʻg‘ri yuzlaning va Unga istig‘for ayting. Mushriklarning holiga voy boʻlsin!” – deb ayting.
Agar Alloh xohlaganida, albatta, insonlarni bir millat qilgan boʻlar edi. Lekin U Oʻzi xohlagan kishilarni Oʻz rahmati boʻlgan jannatga kiritadi. Zolimlar uchun esa, biror doʻst va yordam beruvchi ham yoʻqdir.
Agar iymonsizlarning toʻq yashayotganlarini koʻrib odamlar bir millat boʻlib qolish xavflari boʻlmaganida Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylarining tomini va unga chiqadigan zinalarini ham kumushdan qilib qoʻyar edik.