Shunda ular: “Bizlar oʻzimizning oramizdagi bir odamga ergashamizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumrohlik va nodonlikda boʻlamiz-ku!, – dedilar.
There are 68 verses derived from the masdar-o'zak و ح د you searched for.
bir, yagona, bir yagona, bir dona (oling), faqat bir ayol, birining, biriga, bir bo'lgan, yagona bir, yagona bo'lgan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Shunda ular: “Bizlar oʻzimizning oramizdagi bir odamga ergashamizmi?! U holda bizlar haqiqatan ham gumrohlik va nodonlikda boʻlamiz-ku!, – dedilar.
Biz ularning ustiga bir qichqiriq yuborgan edik, ular xuddi qoʻy uchun qoʻra yasovchining qoʻrasidan toʻkilgan xas-xashak kabi yakson boʻlib qoldilar.
Bizning farmonimiz faqat birgina “Boʻl”, – degan soʻzdir. Uning muddati koʻz yumib ochgunchadir.
Sizlar uchun Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarda goʻzal namuna bordir. Oʻshanda ular oʻz qavmlariga: “Bizlar sizlardan va Allohdan boshqaga ibodat qilayotgan narsalaringizdan bezormiz. Bizlar sizlarni inkor qildik. Toki, sizlar yolg‘iz Allohga iymon keltirmaguningizgacha, sizlar bilan bizning oʻrtamizda doimiy adovat va nafrat paydo boʻldi”, – dedilar. Faqat Ibrohimning otasiga: “Albatta, men Allohdan sen uchun mag‘firat soʻrayman, lekin senga Alloh tomonidan boʻladigan biror narsani qaytarishga kuchim yetmaydi”, – degan soʻzi bundan mustasnodir. Ibrohim va u bilan birga boʻlgan iymonli kimsalarning duosi: “Ey Robbimiz, Sengagina tavakkul qildik, Oʻzingga qaytdik va qaytishimiz ham faqat sening huzuringgadir”, – deyish edi.
Bas, qachonki, surga bir bor puflanganida,
Yer va tog‘lar oʻz joylaridan koʻtarilib, bir-birlariga bir bor urilib chilparchin boʻlganida,
Ey Muhammad, Men yakka qilib yaratgan kimsani Oʻzimga qoʻyib bering!
Bas, u qaytish faqat birgina qichqiriqdir, xolos.