Agar kufr keltirgan kimsalar sulh tuzish oʻrniga sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, ular ortlariga qarab qochgan boʻlar edilar. Soʻngra ular oʻzlariga doʻst ham yordamchi topa olmas edilar.
There are 232 verses derived from the masdar-o'zak و ل ي you searched for.
qaytgan edingiz, qaytdingiz, himoyachi, qaytasangiz, bir do'st, qaytishsa, ularni buruvchi, albatta seni qaytaraman, (Bundan keyin) bur, buring
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Agar kufr keltirgan kimsalar sulh tuzish oʻrniga sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, ular ortlariga qarab qochgan boʻlar edilar. Soʻngra ular oʻzlariga doʻst ham yordamchi topa olmas edilar.
Agar kufr keltirgan kimsalar sulh tuzish oʻrniga sizlar bilan jang qilganlarida, albatta, ular ortlariga qarab qochgan boʻlar edilar. Soʻngra ular oʻzlariga doʻst ham yordamchi topa olmas edilar.
U oʻz arkoni davlatiga suyanib, Allohga iymon keltirishdan yuz oʻgirdi va yonidagilarga: “Muso sehrgar yoki bir majnundir”, – dedi.
Bas, ey Muhammad, ulardan yuz oʻgiring. Endi, siz zimmangizdagi payg‘ambarlikni yetkazganingizdan keyin kofirlardan yuz oʻgirsangiz malomatga qoluvchi emassiz.
Bas, ey Muhammad, Bizning eslatmamizdan yuz oʻgirib ketgan va faqatgina oʻtkinchi dunyo hayotini istagan kimsalardan voz keching.
Ey Muhammad, yuz oʻgirib ketgan kimsani koʻrdingizmi?!
Ey Muhammad, endi siz ulardan yuz oʻgiring! Chaqiruvchi farishta notanish bir narsaga chaqiradigan kunda…
Yaqinda oʻsha jamoat yengilib, ortlariga qarab qochib qoladilar.
Mana bugun siz munofiqlardan ham, kufr keltirganlardan ham azobdan qutulishlaringiz uchun toʻlov olinmaydi. Joylaringiz doʻzaxdir! U sizlarning munosib joyingizdir! U qanday ham yomon borar joy!
Ular baxillik qiladigan va odamlarni ham baxillikka buyuradigan kimsalardir. Kim baxillik qilib ehson qilishdan yuz oʻgirsa, bas, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga sazovar – Hamid Zotdir.
Ey Muhammad, Allohning g‘azabiga uchragan qavmni doʻst tutgan munofiqlarni koʻrmaysizmi?! U munofiqlar sizlardan ham, mana bu yahudiylardan ham emasdirlar. Yana ular oʻzlarining munofiq ekanliklarini bilib turib: “Biz musulmonmiz”, – deb yolg‘ondan qasam ham ichadilar.
Qasam boʻlsinki, agar yahudiylar oʻz diyorlaridan haydab chiqarilsalar, munofiqlar ular bilan birga aslo chiqib ketmaydilar. Qasam boʻlsinki, agar yahudiylarga qarshi jang qilinsa, munofiqlar ularga yordam ham bermaydilar. Bordi-yu yordam bersalar ham, albatta, yahudiylar mag‘lub boʻlib ortlariga qarab qochadilar va keyin ularga yordam berilmaydi.
Ey iymon keltirganlar, Mening dushmanim va sizlarning dushmaningiz boʻlgan mushriklarni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga doʻstlik haqida xabar yuborasizlar, holbuki, ular sizlarga kelgan haq dinni inkor qilganlar. Ular payg‘ambarning va sizlarning Robbingiz boʻlgan Allohga iymon keltirganlaringiz uchun oʻz yurtlaringizdan haydab chiqarmoqdalar. Agar sizlar Mening yoʻlimda jihod qilish va roziligimni istash uchun chiqqan boʻlsangiz ularni doʻst tutmanglar! Sizlar ularga pinhona doʻstlik qilmoqdasizlar. Holbuki, Men sizlar berkitgan va oshkor qilgan narsani yaxshi biluvchiman. Sizlardan kimki shu ishni qilsa, bas, aniqki, u toʻg‘ri yoʻldan ozibdi.
Darhaqiqat, sizlar uchun Alloh va oxirat kunidan umidvor boʻlgan kishilar uchun Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan birga boʻlgan moʻminlarning tutgan yoʻllarida goʻzal namuna bordir. Kimki iymondan yuz oʻgirib ketsa, bas, albatta, Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga loyiq – Hamid Zotdir.
Lekin albatta, Alloh dinlaringiz toʻg‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan quvib chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalarni doʻst tutishdan qaytaradi. Kimki ular bilan doʻstlashsa, bas, ana ular zolim kimsalardir.
Lekin albatta, Alloh dinlaringiz toʻg‘risida sizlar bilan urushgan va sizlarni oʻz diyorlaringizdan quvib chiqargan hamda sizlarni haydab chiqarishda bir-birlariga yordamlashgan kimsalarni doʻst tutishdan qaytaradi. Kimki ular bilan doʻstlashsa, bas, ana ular zolim kimsalardir.
Ey iymon keltirganlar, Allohning g‘azabiga duchor boʻlgan qavmni doʻst tutmanglar. Xuddi barcha kofirlar qabr egalarining qayta tirilishlaridan noumid boʻlganlaridek, ular ham oxiratdan noumid boʻlgandirlar.
Ey Muhammad ularga: “Ey yahudiy boʻlganlar, agar sizlar boshqa odamlarni emas, faqat oʻzlaringizni Allohning doʻstlari deb daʼvo qilsangizlar, bas, agar shu daʼvolaringizda rostgoʻy boʻlsangizlar, unda oʻlimni orzu qilib koʻringlar-chi?” – deb ayting.
Bunga sabab, ularga payg‘ambarlari aniq hujjatlarni keltirganlarida, ular: “Bizlarni oʻzimizga oʻxshagan bashar farzandlari hidoyat qiladilarmi?!” – deb, kufr keltirganliklari va iymondan yuz oʻgirib ketganlaridir. Shunda Alloh behojat ekanini koʻrsatdi. Alloh hech kimga muhtoj boʻlmagan – G‘aniy va maqtovga loyiq – Hamid Zotdir.
Allohga itoat qilinglar va Payg‘ambarga boʻysuninglar. Bas, agar itoatdan yuz oʻgirsangiz, u holda bilingki, Bizning payg‘ambar zimmasida faqat vahiylarimizni sizlarga aniq yetkazish bor, xolos.