Axir hech narsani yaratmagan, aksincha, oʻzlari yaratiluvchi boʻlgan narsalarni Allohga sherik qiladilarmi?!
There are 401 verses derived from the masdar-o'zak هُم you searched for.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Axir hech narsani yaratmagan, aksincha, oʻzlari yaratiluvchi boʻlgan narsalarni Allohga sherik qiladilarmi?!
Agarda u but-sanamlarni hidoyatga chaqirsangiz ham baribir eshitmaydilar. Ularning goʻyo sizga qarab turganlarini koʻrasiz, vaholanki, ular koʻrmayaptilar.
Albatta, taqvo qilgan kimsalarga shaytondan bir vasvasa kelib qolsa, darrov Allohni yodga oladilar. Ana oʻshanda ular vasvasadan qutulib haqni koʻruvchilardan boʻladilar.
Ana oʻshalar haqiqiy moʻmin kishilardir. Ular uchun Robbilari huzurida ulkan darajalar va Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Urush qilish hukmi toʻg‘risidagi haqiqat bayon boʻlgandan keyin ham siz bilan tortishmoqdalar. Goʻyoki ular koʻrib bilib turgan hollarida oʻlimga yetaklab ketilayotgandeklar.
Hamda ular Qurʼon hukmlarini eshitmaganlari hollarida “eshitdik”, – degan kimsalar kabi boʻlmanglar.
Agar Alloh ulardan biror yaxshilik chiqishini bilganida edi, albatta, ularga haqiqatni bildirib quloq soldirardi. Agarda ularga haqiqatni eshittirgan taqdirda ham ular yuz oʻgirib ketgan boʻlar edilar.
Biroq siz ularning orasida ekansiz, Alloh ularni azoblamoqchi emas. Hamda mag‘firat tilab turganlarida ham Alloh ularni azoblovchi emasdir.
Lekin ular moʻminlarni Masjid ul-Haromga borishga toʻsqinlik qilsalar-u Alloh nima uchun ham ularni azoblamasin. Holbuki, u mushriklar Kaʼbaning egalari ham emaslar. Uning egalari faqatgina Allohdan qoʻrqadigan kimsalardir. Lekin ularning koʻplari buni bilmaydilar.
Bu pok moʻminlarni nopok mushriklardan ayirish va nopoklarning barchasini bir-birining ustiga uyumlab jahannamda boʻlishlari uchundir. Ana oʻshalar oxiratda aniq ziyon koʻruvchilardir.
Ikki jamoa toʻqnashgan paytda sizlar vodiyning Madinaga yaqin tarafida, u mushriklar esa vodiyning chekka tomonida ekanini eslanglar. Sizlar oʻlja qilib olmoqchi boʻlgan karvon esa sizdan pastroqda edi. Bordi-yu mushriklar bilan jang qilish uchun oldindan vaʼdalashgan boʻlsangiz ham, baribir muayyan vaqt va joy haqida kelisha olmay ixtilof qilgan boʻlar edingiz. Lekin Alloh jangda halok boʻlganlar ham dalil bilan halok boʻlishlari, hayotda qolganlar ham dalil bilan tirik qolishlari uchun ishni tamomiga yetkazish maqsadida sizlarni dushman bilan toʻsatdan toʻqnashtirib qoʻydi. Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir.
Ularning orasida siz bilan ahdlashib, soʻngra Allohdan qoʻrqmasdan har gal oʻz ahdlarini buzaveradigan kimsalar ham bordir.
Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida dushmanga qarshi kurashganlar hamda muhojirlarga joy berib, yordam qilganlar, aynan oʻshalar haqiqiy moʻmin kimsalardir. Ular uchun Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Ular biron moʻmin kishi xususida na ahdga va na shartga rioya qiladilar. Ana oʻshalar haddan oshgan kimsalardir.
Ey moʻminlar, ahdlarini buzgan, payg‘ambarni yurtidan chiqarib yuborishga qasd qilgan va sizlarga qarshi birinchi boʻlib urush boshlagan qavm bilan jang qilmaysizlarmi?! Yoki ulardan qoʻrqasizlarmi?! Agar chinakam moʻmin boʻlsangiz, qoʻrqishingizga haqli boʻlgan Zot, faqat Allohdir!
Allohga shirk keltirganlar oʻzlarining kufr yoʻlida ekanliklariga guvoh boʻlib turgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari mumkin emasdir. Ana ularning bu yoʻlda qilgan barcha amallari behuda ketgan hisoblanadi. Hamda ular doʻzaxda mangu qoladilar.
Allohga iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va Allohning roziligi yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan kimsalarning Alloh nazdidagi darajalari eng balanddir. Ana oʻshalar ajrga sazovordirlar.
Ey iymon keltirganlar! Agar ota-onangiz va aka-ukalaringiz boʻlsa ham, kufrni iymondan ustun koʻrsalar, u holda ularni doʻst deb tutmangizlar. Sizlardan kimki shunday holda ham ularni doʻst tutsa, demak, ular zolim kimsalar qatoridadir.
Allohga va oxirat kuniga iymon keltirmaydigan, Alloh va Rasuli harom qilgan narsalarni harom deb bilmaydigan, haq din boʻlmish Islomni din deb qabul qilmaydigan ahli kitob berilgan yahudiy va nasroniylar toki boʻysungan hollarida oʻz qoʻllari bilan jizya bermagunlaricha, jang qilinglar.
Agar sizlar Muhammad payg‘ambarga yordam qilmasangiz ham, darhaqiqat, Alloh unga yordam qilgan. Oʻshanda kufr keltirganlar uni bir hamrohi bilan, yaʼni ikki kishining biri boʻlgan holida uni yurtlari boʻlgan Makkadan chiqarganlarida, ikkovlari g‘orda turib, Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamrohi Abu Bakr roziyallohu anhuga: “Tashvishlanma! Albatta, Alloh biz bilan birgadir!” – deb aytgan edi. Keyin Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va sizlar uni koʻrmagan lashkarlar bilan uni qoʻlladi. Shuningdek, kufr keltirganlarning botil soʻzini tuban qildi. Allohning soʻzi esa, u eng oliydir. Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.