Darhaqiqat, avval ham fitna chiqarish uchun fursat axtargan edilar. Hamda ular yoqtirmagan hollarida to haq g‘olib kelib, Allohning amri ustun boʻlguncha ham makr-hiyla qilib, ishlaringizni ostin-ustun qilgan edilar.
There are 401 verses derived from the masdar-o'zak هُم you searched for.
va ular, holbuki ular, ular, va ularga, va ularning, sifatida, yana ular, va ulardir, lekin ular, va o'zlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Darhaqiqat, avval ham fitna chiqarish uchun fursat axtargan edilar. Hamda ular yoqtirmagan hollarida to haq g‘olib kelib, Allohning amri ustun boʻlguncha ham makr-hiyla qilib, ishlaringizni ostin-ustun qilgan edilar.
Bordi-yu sizga g‘alaba yoki oʻlja kabi biror yaxshilik yetib qolsa, bu ularni xafa qiladi. Mabodo sizga biror bir musibat yetsa, – “Yaxshi hamki, ishimizning oldini olibmiz”, – deb xursand boʻlgan hollarida yuz oʻgirib ketadilar.
Qilgan ehsonlarini qabul qilinishidan toʻsgan narsaning sababi: ularning Allohga va Rasuliga kufr keltirganlari, namozga faqat dangasalik holda kelishlari va sadaqani faqat yoqtirmagan hollarida berishlaridir.
Qilgan ehsonlarini qabul qilinishidan toʻsgan narsaning sababi: ularning Allohga va Rasuliga kufr keltirganlari, namozga faqat dangasalik holda kelishlari va sadaqani faqat yoqtirmagan hollarida berishlaridir.
Bas, ey Rasulim, ularning mol-dunyolari ham, farzandlari ham sizni ajablantirmasin. Chunki Alloh oʻshalar sababli dunyo hayotida ularni azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini xohlaydi.
Munofiqlar: “Shubhasiz, sizlardanmiz”, – deb Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Vaholanki, ular sizlardan emasdirlar. Aksincha, ular qoʻrqadigan qavmdirlar.
Agar ular biron boshpana izlab berkinib oladigan g‘orlar yoki kirib oladigan biron teshikni topsalar edi, yugurganlaricha oʻshanga qarab ketgan boʻlar edilar.
Ey Rasulim, ularning orasidan tarqatiladigan sadaqalar xususida seni ayblaydiganlari ham bor. U sadaqalardan koʻp miqdorda berilsa, rozi boʻladilar. Bordi-yu ulardan xohlaganlaridek berilmasa, birdan achchiqlanadilar.
Munofiq erkaklar ham, munofiq ayollar ham kufrda hammasi birdirlar. Ular yomonlikka buyurib, yaxshilikdan qaytaradilar. Ehson qilmay, qoʻllarini qattiq tutadilar. Ular Allohni unutdilar, bas, shuning uchun Alloh ham ularni rahmatidan uzoqlashtirib unutdi. Shubhasizki, munofiqlar aniq fosiq kimsalardir.
Ey munofiqlar, sizlar ham xuddi sizlardan oldingi munofiqlar kabisizlar. Ular sizlardan koʻra quvvati koʻproq, mol-dunyo va bola-chaqalari ham ortiqroq edilar. Bas, nasibalarini yeb mazza qilib foydalandilar. Sizlar ham, oldingilar kabi nasibalaringizdan foydalandingizlar. Hamda g‘aflatga botib ketganlaridek sizlar ham kufrga shoʻng‘ib ketdingiz. Ana u munofiqlarning barcha qilgan amallari dunyo va oxiratda behuda ketgandir. Aynan ular ziyon koʻruvchilardir.
Vaqtiki, Alloh ularga fazlidan ato qilgach, unga baxillik qildilar va yuz oʻgirgan hollarida burilib ketdilar.
Ey Rasulim, aslo ulardan oʻlgan biror kishiga janoza namozini oʻqimang va duo qilish uchun qabri boshida ham turmang! Chunki ular dunyo hayotida Allohga va Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiq hollarida oʻldilar.
Ularning mol-mulklari va farzandlarining koʻpligi sizni ajablantirmasin. Chunki Alloh ularni bu neʼmatlar bilan bu dunyoda azoblashni va kofir hollarida jonlari chiqishini iroda qiladi, xolos.
Lekin Rasul va u bilan birga haqiqiy iymon keltirganlar jonlari va mollari bilan jihod qildilar. Yaxshiliklar ana shular uchundir hamda ular zafar quchuvchilardir.
Taʼna uchun yoʻl faqat jangga kirish uchun kuchi yetsa ham, urushdan qochish uchun sizdan ruxsat soʻragan boylargagina tegishlidir. Chunki ular Alloh yoʻlida jang qilish va Uning roziligini qozonishdan koʻra, orqada qolgan ayollar bilan birga boʻlishga rozi boʻldilar. Shuning uchun Alloh ularning qalblarini muhrlab qoʻydi. Ular endi oʻzlarini qanday ofat kutayotganini bilmaydilar.
Qachonki biror bir sura nozil qilinsa, ular ichidan: “Bu sura qay biringizda iymonni orttirdi?” – deydigan munofiqlar ham bor. Ammo bu sura moʻminlardagi iymonni ziyoda qildi va ular xursand boʻlar edilar.
Ammo qalblarida kasallik boʻlganlarga esa, iflosliklari ustiga yana ifloslik qoʻshiladi, shunday qilib, ular kofir hollarida oʻlib ketadilar.
Ular har yili bir yoki ikki marta sinovga duchor boʻlayotganliklarini koʻrmaydilarmi?! Shundan keyin ham ular tavba qilmaydilar va eslatma olmaydilar.
Shubhasiz, Biz bilan roʻbaroʻ boʻlishni umid qilmaydigan, oʻtkinchi dunyo hayotiga rozi boʻladigan va u bilan koʻngli taskin topganlar esa ana ular oyatlarimizdan g‘ofil boʻlganlardir.
Vaqtiki, Alloh ularning iltijosini qabul qilib najot berganda, bexos ular Yer yuzida yana nohaq zulm qila boshlaydilar. Ey odamlar, bu qilayotgan zulmingiz faqat oʻz nafsingiz zararigadir. Bular, faqat dunyo hayotining oʻtkinchi matohidir. Oxir-oqibat qaytar joyingiz Bizning huzurimizgadir. Bas, oʻshanda sizlarga qilgan ishlaringizning xabarini beramiz.