Alloh sizlarni avval tuproqdan, soʻngra uning naslini bir tomchi nutfadan yaratib, keyin sizlarni erkak va ayol qilib juftlar qildi. Har bir ayol nimaga homilador boʻlsa va nimani tug‘sa, faqat Uning ilmi bilan boʻladi. Biror uzoq umr koʻruvchining umri uzaytirilgan boʻlsa yoki umridan kamaytirilgan boʻlsa, albatta, u kitobda yozilgan boʻladi. Albatta, bu ishlar Allohga osondir.

