Biz uni bir tomchi nutfadan yaratganimizni, inson bilmaydimi?! Endi, esa u birdan, ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi!
There are 523 verses derived from the masdar-o'zak ب ي ن you searched for.
orasidagi (oldidagi), tushuntirsin, orasida, ochiq dalillar, ochiq-oydin dalillar bilan, -, ochiq-oydin, orasini, ochiq-oydin bo'lgandan keyin, oralarida
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Biz uni bir tomchi nutfadan yaratganimizni, inson bilmaydimi?! Endi, esa u birdan, ochiq-oydin xusumatchi boʻlib turibdi!
U osmonlar va Yer hamda ularning oʻrtasidagi narsalarning Robbisidir. U yana kunchiqar tomonlarning Robbisidir.
Bu oyatlar faqat aniq bir sehrdir, deydilar.
Albatta, bu qurbonlikka amr qilishim aniq bir sinov edi.
Unga ham, Ishoqqa ham baraka berdik. U ikkisining zurriyotidan yaxshi amal qiluvchi ham, oʻziga aniq zulm qiluvchi ham boʻladi.
Biz u ikkisiga mukammal bayonli Tavrot kitobini berdik.
Yoki sizlar uchun Allohning farzandi bor ekani haqida biror aniq hujjat bormi?!
Mushriklar U bilan jinlar oʻrtasida nasab bor deb gumon qildilar. Holbuki, jinlar bu mushriklarning Allohning azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar.
Mushriklar U bilan jinlar oʻrtasida nasab bor deb gumon qildilar. Holbuki, jinlar bu mushriklarning Allohning azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar.
Bizlarning oramizda boshqalar qolib oʻsha Muhammadga eslatma nozil qilinibdimi?! Yoʻq, ular Mening eslatmam boʻlgan Qurʼondan shak-shubhadadirlar. Yoʻq, ular hali Mening azobimni totib koʻrmadilar.
Yoki osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsalarning hukmronligi ularniki ekanmi?! Bas, u holda sabablari bilan osmonlarga koʻtarilsinlar!
Daʼvogarlar Dovud huzuriga kirishganda, u ulardan qoʻrqib ketdi. Ular: “Qoʻrqmagin, bizlar bir-birimizga zulm qilgan ikki daʼvogarlarmiz. Bas, bizning oʻrtamizda haqqoniy hukm qil va birortamizga jabr qilma hamda bizlarni toʻg‘ri yoʻlga boshlagin”, – dedilar.
Ey Dovud! Darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq bilan hukm yurit. Hamda havoyi nafsga ergashib ketma. Aks holda, u seni Allohning yoʻlidan adashtiradi. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadigan kimsalar uchun hisob kunini unutib qoʻyganlari tufayli qattiq azob bordir.
Biz osmon va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsalarni bekorga yaratgan emasmiz. Bularni behuda deganlar kufr keltirgan kimsalarning gumonidir. Bas, kufr keltirgan kimsalar uchun doʻzaxdan iborat halokat boʻlgay!
U osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi barcha narsaning qudratli va mag‘firatli Robbisidir.
Menga faqat oʻzimning aniq ogohlantiruvchi payg‘ambar ekanligim vahiy qilinadi, xolos.
Ogoh boʻlingiz, ey insonlar, xolis din yolg‘iz Allohnikidir. Undan oʻzgani doʻstlar qilib olgan kimsalar: “Biz faqat ularga bizni Allohga juda yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz”, – deydilar. Shubhasiz, Alloh qiyomat kunida ixtilof qilayotgan narsalari xususida ularning oʻrtasida haq bilan hukm qiladi. Albatta, Alloh yolg‘onchi va noshukr kimsalarni toʻg‘ri yoʻlga boshlamaydi.
Bas, ey mushriklar, Undan oʻzga xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar. Ey Muhammad, ularga: “Chinakam ziyon koʻruvchilar qiyomat kunida oʻzlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh boʻlinglarki, ana shu aniq ziyonkorlikdir”, – deb ayting.
Alloh suygan bandasining koʻkragini Islom uchun keng ochib qoʻygan, oʻzi esa, Robbisi tomonidan hidoyat nurida turgan kishi bilan qalbi muhrlanib qolgan kimsa bilan teng boʻladimi?! Bas, Allohni zikr qilishdan qalblari qotib qolganlarga voy boʻlsin! Ana ular aniq zalolatdalar.
Ey Muhammad ularga: “Ey Allohim, ey osmonlar va Yerni yoʻqdan bor qilib yaratuvchisi, ey yashirin va oshkor narsalarni biluvchi Zot, Sen bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalar xususida hukm qilasan”, – deb ayting.