Albatta, iymon keltirgan, Makkadan Madinaga hijrat qilgan va Alloh yoʻlida jiddu jahd qilgan ana shunday kimsalar Allohning rahmatidan umidvor boʻladilar. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
There are 41 verses derived from the masdar-o'zak ج ه د you searched for.
va jihod qilganlar, jihod qilganlarni, va jihod qilganlar, jihodqilganlarni, mujohidlarni, va jihodqiling, kuchli, jihod qiladilar, va urushdilar, jihod qilgan(larni)
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Albatta, iymon keltirgan, Makkadan Madinaga hijrat qilgan va Alloh yoʻlida jiddu jahd qilgan ana shunday kimsalar Allohning rahmatidan umidvor boʻladilar. Alloh gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Yoki Alloh sizlardan haqiqiy jihod qilganlarni va musibatlarga sabrli kishilarni aniqlamay turib, jannatga kiramiz, deb hisoblaysizmi?!
Moʻminlardan uzrsiz boʻla turib jangga chiqmay uylarida oʻtirganlar va Alloh yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan mujohidlar teng boʻlmaydilar. Alloh mollari va jonlari bilan jang qilgan mujohidlarni jangga chiqmay oʻtirib olgan kimsalarga nisbatan bir daraja yuqori qildi. Hammasiga ham Alloh chiroyli mukofotlar vaʼda qilgan. Shuningdek, Alloh mujohidlarni jangga chiqolmay oʻtirib qolganlardan koʻra katta mukofotlar bilan siylab afzal qildi.

Ey iymon keltirganlar, Allohdan qoʻrqinglar va Unga yaqinlashish uchun yoʻl axtaringlar. Hamda Uning yoʻlida jihod qilinglar. Shoyad, shunda najot topsangizlar.
Keyin iymon keltirganlar: “Jon-jahdlari bilan, albatta, sizlar bilan birgamiz deb, qasam ichganlar manavilarmi?” – deydilar. U munofiqlarning qilgan amallari behuda ketdi va ziyon koʻrganlardan boʻlib qoldilar.
Ey iymon keltirganlar, sizlardan kim dinidan qaytsa, uning oʻrniga Alloh ularni sevadigan va ular ham Allohni sevadigan bir qavmni keltiradi. Ular moʻminlarga yumshoq koʻngilli, kofirlarga esa viqorlidirlar hamda Allohning yoʻlida molu jonlari bilan jihod qiladilar, malomatgoʻyning malomatidan qoʻrqmaydilar. Mana bu Allohning Oʻzi xohlaganiga beradigan fazlu karamidir. Alloh fazlu karami keng – Vosiʼ va barcha narsani bilib turuvchi – Aʼlim Zotdir.
Agar ularga biron bir oyat kelsa, albatta, iymon keltirishlariga doir jon-jahd bilan Allohga qasam ichadilar. Ey Rasulim, ularga: “Shubhasiz, oyatlar Allohning huzuridadir”, – deb ayting. Ularga oyat va moʻʼjizalar kelganda ham iymonga kelmasliklarini sezmayapsizmi?
Albatta, iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan, Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jiddu jahd qilganlar hamda joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar bir-birlariga haqiqiy doʻstdirlar. Ammo iymon keltirgan, lekin hali hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, ular bilan doʻstlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar ular sizlardan din ishlarida yordam soʻrasalar, siz bilan oʻrtalarida urishmaslik haqida ahdnoma bor qavm ziddiga boʻlmagani holda ularga yordam berishingiz kerak. Alloh nima qilayotganingizni koʻrib turuvchi – Basir Zotdir.
Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida dushmanga qarshi kurashganlar hamda muhojirlarga joy berib, yordam qilganlar, aynan oʻshalar haqiqiy moʻmin kimsalardir. Ular uchun Allohdan mag‘firat va keng rizq bordir.
Keyinchalik iymon keltirib, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va sizlar bilan birga dushmanga qarshi jang qilganlar ham sizlardandir. Qon-qarindoshlar esa, Allohning kitobidagi hukmiga koʻra meros olishda bir-birlariga haqliroqdirlar. Alloh, shubhasiz, hamma narsani bilib turuvchi Zotdir.
Ey moʻminlar, Alloh sizlarning orangizdan haq yoʻlida jihod qilgan kimsalarni hamda Allohdan, Rasulidan va moʻminlardan boshqasini doʻst tutmagan va sadoqatda bardavom boʻlgan kishilarni imtihon qilib, bilmay turib, oʻz holingizga tashlab qoʻyilasizlar deb hisoblaysizmi? Alloh barcha qilayotgan ishlaringizdan xabardor Zotdir.
Kaʼbani ziyorat qilish uchun kelgan hojilarga suv tarqatish va Masjid ul-Haromni obod qilish ishlarini bajarayotgan mushriklarni Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, Alloh yoʻlida jang qilganlar bilan teng qildingizmi?! Aksincha, Alloh nazdida ular teng emasdirlar. Alloh zolimlar qavmini hidoyatga boshlamaydi.
Allohga iymon keltirgan, Makkadan Madinaga koʻchib oʻtgan va Allohning roziligi yoʻlida mollari va jonlari bilan jang qilgan kimsalarning Alloh nazdidagi darajalari eng balanddir. Ana oʻshalar ajrga sazovordirlar.
Ey Rasulim, moʻminlarga: “Agar ota-onalaringiz, farzandlaringiz, aka-ukalaringiz, ayollaringiz, qavmu qarindoshlaringiz, qoʻlga kiritgan mollaringiz, kasodga uchrashidan qoʻrqqan tijoratingiz va yoqtirgan maskanlaringiz sizga Allohdan va Uning Rasulidan hamda Uning yoʻlida jihod qilishdan sevimliroq boʻlsa, u holda Alloh Oʻz azob amrini keltirguncha kutib turinglar”, – deb ayting. Alloh fosiq qavmni hidoyat qilmaydi.
Ey iymon keltirganlar, sizlarga og‘ir kelsa ham, yengil kelsa ham, jangga chiqinglar. Alloh yoʻlida mollaringiz va jonlaringiz bilan jihod qilinglar. Agar bilsangiz edi, mana shu ishingiz siz uchun yaxshiroqdir.
Zero, Allohga va oxirat kuniga ishongan kimsalar molu jonlari bilan jihod qilishdan ortda qolish uchun sizdan izn soʻramaydilar. Alloh taqvodorlarni yaxshi biluvchi Zotdir.
Ey Nabiy, kofirlar va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqoʻl boʻling. Ularning borar joyi jahannamdir. U naqadar yomon borar joydir.
Moʻminlardan sadaqalarni koʻngilli qilib beradigan va ehson uchun kuchlari yetganini bazoʻr topib beradigan kimsalarni masxara qiluvchilarni Alloh ham masxara qiladi. Hamda ularga azob bordir.