Robbingizni ichingizda yolvorgan holda, qoʻrquv bilan hamda gapirganda ovozni baland koʻtarmasdan ertayu kech zikr qiling. Aslo g‘aflatda qolganlardan boʻlmang.
There are 10 verses derived from the masdar-o'zak أ ص ل you searched for.
va kechqurun, kechqurun, ildizi, tubida, ildizlari
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Robbingizni ichingizda yolvorgan holda, qoʻrquv bilan hamda gapirganda ovozni baland koʻtarmasdan ertayu kech zikr qiling. Aslo g‘aflatda qolganlardan boʻlmang.
Osmonlar va Yerdagi barcha maxluqot va ularning soyalari ham xoh istasin, xoh istamasin ertayu kech Allohga sajda qiladi.
Ey inson, Alloh chiroyli soʻz boʻlgan iymon kalimasiga qanday misol keltirganini koʻrmadingmi?! U soʻz xuddi bir yaxshi daraxt kabidir, uning ildizi yer ostiga mustahkam oʻrnashgan, shoxlari esa osmondadir.
Bu nur, Alloh ularning baland koʻtarilishiga va ularda Oʻzining nomi zikr qilinishiga izn bergan uylardadir. U yerlarda ertayu kech Unga tasbeh aytiladi.
Yana ular: “Bu avvalgilarning afsonalaridir, Muhammad ularni yozdirib olgan. Bas, bu afsonalar unga ertayu kech oʻqib beriladi”, – dedilar.
Hamda erta-yu kech Unga tasbeh aytinglar.
Chindan ham, u doʻzax qaʼridan oʻsib chiqadigan bir daraxtdir.
Ey insonlar, Biz Muhammadni Allohga va uning Rasuliga iymon keltirishingiz va u Payg‘ambarni qoʻllab-quvatlab, izzat-ikrom qilishingiz hamda erta-yu kech Allohga tasbeh aytishingiz uchun yubordik.
Ey iymon keltirganlar, sizlarning Banu Nazir xurmozorlaridan biror xurmolarni kesganingiz yoki oʻz tanalarida turgan holda qoldirganingiz faqat Allohning izni bilan va fosiqlarni sharmanda qilish uchun boʻldi.
Ertayu kech Robbingiz ismini zikr qiling!