Qavmi u bilan bahslashganda Ibrohim ularga qarata: “Men bilan Alloh haqida tortishasizlarmi? Shubhasiz, U meni toʻg‘ri yoʻlga boshlagandir. Men sizlar Allohga shirk keltirayotgan narsalaringizdan qoʻrqmayman. Faqat Robbim biror narsani qilishni xohlasa, u boʻladi. Robbimning ilmi barcha narsani qamrab olgan. Eslab ibrat olsangizlar, boʻlmaydimi?” – dedi.

