U kunda taqvodorlarni Rahmon huzuriga hayʼat holida toʻplab boramiz.
There are 43 verses derived from the masdar-o'zak ح ش ر you searched for.
to'planasizlar, va haydab olib borilasiz, olib borilasiz, bilsinki U to'playdi, to'plaganimiz, to'planadilar, borib to'planadigan joyingiz, va to'plab keltirganimizda, birlashtiradigan, to'plovchilar (sifatida)
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
U kunda taqvodorlarni Rahmon huzuriga hayʼat holida toʻplab boramiz.
Muso unga: “Vaʼda qilingan vaqtingiz odamlar choshgohda toʻplanadilar ziynat bayrami kunidir”, – dedi.
Sur chalinib, barcha odamlar tiriltiriladigan oʻsha kunda jinoyatchilarni koʻzlari qoʻrquvdan koʻkarib ketgan hollarida jamlaymiz.
Kim Mening eslatmamdan yuz oʻgirsa, bas, albatta, uning uchun dunyoda tor hayot boʻladi. Hamda uni qiyomat kunida koʻzlari koʻr holda tiriltiramiz.
U odam: “Ey Robbim, nima uchun meni koʻzim koʻr holda tiriltirding, axir men dunyoda koʻradigan edim-ku?!” – deydi.
U sizlarni yer yuzida yaratib, soʻngra taratgan Zotdir. Qiyomat kuni, albatta, Uning huzuriga yig‘ilasizlar.
U kunda Robbingiz mushriklarni ham, Allohni qoʻyib ibodat qilayotgan butlarini ham jamlab ularga: “Mening anavi bandalarimni sizlar yoʻldan ozdirdingizmi yoki oʻzlari yoʻldan ozdilarmi?” deydi.
Ular jahannam tomon yuztuban hollarida toʻplanadilar. Ana oʻshalar makonlari eng yomon va butunlay yoʻllaridan adashgan kimsalardir.
Firʼavnning aʼyonlari: “Hozirchalik uni va akasi Horunni oʻz holiga tashlab qoʻy. Shaharlarga sehrgarlarni yig‘ib keluvchilarni joʻnatgin”, – dedilar.
Muso va uning qavmi yoʻlga tushganlaridan xabar topgan firʼavn barcha shaharlarga askar yig‘uvchilarni joʻnatdi.
Sulaymon uchun jin, ins va qushlardan iborat lashkarlari toʻplanib, uning qarshisida tizilgan hollarida turdilar.
Oʻsha kunda har bir ummatdan oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan guruhlarni toʻplaymiz keyin ular saf-saf boʻlib tizilib turadilar.
U kunda Alloh mushriklarning barchasini yig‘ib, keyin farishtalarga: “Ana ular sizlarga ibodat qilarmidilar?” – deydi.
Ey farishtalar, zulm qilgan kimsalar va ularning juftlarini hamda Allohdan boshqaga ibodat qilib oʻtgan narsalarini toʻplanglar.
Shuningdek, har tarafdan toʻplanuvchi qushlarni ham Dovudga boʻysundirib qoʻydik. Tog‘lar va qushlarning barchalari unga itoat qilish uchun qaytuvchidir.
Allohning dushmanlari doʻzaxga haydalish uchun toʻplanib, keyin ular tizilib qoʻyiladigan kunni eslang.
Qiyomat kuni barcha insonlar hisobot uchun Uning huzuriga jam qilinganda, oʻsha butlar ularga dushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor qiluvchi boʻladilar.
U kunda ularning ustidagi yer yorilib, shoshgan hollarida qabrlaridan chiqib keladilar. Bu Bizga oson boʻlgan toʻplashdir.
Ey moʻminlar, sizlar oʻzaro maxfiy suhbat qilganingizda gunoh, adovat va payg‘ambarga itoatsizlik qilish toʻg‘risida shivirlashmanglar, balki yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda sizlar Uning huzuriga toʻplanadigan Zot boʻlgan Allohdan qoʻrqinglar!
U ahli kitob boʻlgan yahudiylardan kufr keltirgan kimsalarni oʻz diyorlaridan birinchi haydash uchun chiqarib yuborgan Zotdir. Ey moʻminlar, sizlar ularni chiqib ketishlarini oʻylamagan edingiz. Ular ham oʻzlarining qalʼalarini Allohning azobidan saqlovchi deb oʻylagan edilar. Bas, Allohning azobi ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qoʻrqinch soldi. Ular uylarini oʻz qoʻllari va moʻminlarning qoʻllari bilan buzar edilar. Bas, ey aql egalari, bu hodisalardan ibrat olinglar!