Ularning qalblarida munofiqlik illati boʻlgan maʼnaviy kasallik bordir. Alloh esa munofiqlarning qilmishlariga yarasha bu kasallikni yanada orttirdi. Iymon keltirdik deb, yolg‘on aytayotganlari tufayli oxiratda ularga alamli azob tayyorlab qoʻyilgandir.

