Unday kimsalar uchun bu oʻtkinchi dunyoda ozgina foydalanib qolish bor. Oxiratda esa ular uchun alamli azob bordir.
There are 75 verses derived from the masdar-o'zak أ ل م you searched for.
og'riq, og'riqli, og'riq chekyapsiz, og'riq chekmokdadirlar, sizning og'riq chekganingiz, juda og'riqli, ko'p og'riqli, ranjituvchi, og'riq beruvchi
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Unday kimsalar uchun bu oʻtkinchi dunyoda ozgina foydalanib qolish bor. Oxiratda esa ular uchun alamli azob bordir.
Shuningdek, oxiratga ishonmaydigan kimsalar uchun esa qiyomatda alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Albatta, kufr keltirgan kimsalarga, Allohning yoʻlidan hamda Biz Makka ahli uchun ham, tashqaridan keluvchilar uchun ham ziyorat qilishni barobar qilib qoʻygan Masjid ul-Haromdan toʻsadigan kimsalarga va u joyda zulm bilan yoʻldan chiqmoqchi boʻlgan kimsalarga alamli azobdan tottirib qoʻyamiz.
Albatta, iymon keltirgan kishilar orasida buzuq gaplar tarqalishini yaxshi koʻradigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh hamma narsani biladi, sizlar esa bilmaysizlar.
Ey moʻminlar, payg‘ambarni chaqirishni oʻrtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmanglar. Alloh orangizdan berkingan holda payg‘ambar huzuridan sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni yaxshi biladi. Payg‘ambarning amriga xilof ish tutadigan kimsalar oʻzlariga biror fitna yetib qolishidan yoki ularga alamli azob yetib qolishidan ehtiyot boʻlsinlar.
Payg‘ambarlarini inkor qilgan Nuh qavmini ham toʻfonda g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qoʻydik. Shu bilan birga, bunday zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Kofirlar to alamli azobni koʻrmagunlaricha, unga iymon keltirmaydilar.
Allohning oyatlarini va Unga roʻbaroʻ boʻlishni inkor qilgan kimsalar, aynan oʻshalar Mening rahmatimdan noumid kimsalardir va ular uchun alamli azob bordir.
Qachonki, unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, uni eshitmagandek boʻladi, goʻyo quloqlarida og‘irlik bordek, kibrlanib, haqdan yuz oʻgirib ketadi. Bas, unga alamli azob haqida “xushxabar” berib qoʻying.
Bular rostgoʻylardan qiyomatda sodiqliklari haqida soʻrash uchun edi. Alloh qiyomatda kofirlar uchun alamli azob tayyorlab qoʻygandir.
Bizning oyatlarimizga qarshi ojiz qoldiruvchi boʻlish uchun harakat qilgan kimsalar uchun esa alamli jazodan iborat azob bordir.
Qishloq ahli: “Bizlar sizlardan badgumon boʻldik. Qasamki, agar daʼvatlaringizni toʻxtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshboʻron qilamiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetadi”, – dedilar
Ey jinoyatchilar, sizlar, shak-shubhasiz, alamli azobni totuvchidirsizlar!
Ey Muhammad, sizga ham kofirlar tomonidan sizdan oldingi payg‘ambarlarga aytilgan narsalargina aytilmoqda. Shubhasiz, Robbingiz mag‘firat sohibi va alamli azob egasidir.
Balki ularning dindan Alloh ruxsat bermagan narsalarni ularga shariat qilib bergan sheriklari bordir?! Agar qiyomat kunida yaxshi va yomon amallar ajralishi xususidagi soʻz boʻlmaganida, albatta ularning oʻrtalarida shu dunyodayoq hukm qilingan boʻlar edi. Zolimlar uchun shubhasiz, alamli azob bordir.
Faqat odamlarga zulm qiladigan va yer yuzida nohaqlik bilan tajovuzkorlik qiladigan kimsalarni ayblab jazolashgagina yoʻl bordir. Ana oʻshalar uchun alamli azob bordir.
Soʻngra nasroniylar ichidan chiqqan guruhlar Iso xususida oʻzaro ixtilof qildilar. Zulm qilganlarning holiga alamli kun azobidan voy boʻlsin!
U tutun barcha odamlarni oʻrab oladi. Bu alamli azobdir.
U oʻziga tilovat qilinayotgan Alloh oyatlarini eshitadi, keyin xuddi ularni eshitmagandek, kibrlangan holda yana kufrda davom etadi. Bas, ey Muhammad, unga alamli azob borligi haqida xushxabar bering.
Mana bu Qurʼon hidoyat manbaidir. Robbilarining oyatlariga kufr keltirgan kimsalar uchun esa qaqshatqich alamdan iborat azob bordir.