Qiyomat kunida baʼzi yuzlar sevinchdan oqarib, baʼzi yuzlar g‘amdan qorayadi. Shunda yuzlari qorayganlar uchun: “Iymon keltirganingizdan keyin kufr keltirdingizmi? Endi kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib koʻringlar”, – deyiladi.
There are 63 verses derived from the masdar-o'zak ذ و ق you searched for.
shunday ekan toting, toting, totajak, totsinlar deb, totishi uchun, va totdirmoqqa, totgandilar, totganda, shunday ekan siz ham toting, endi toting uni
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Qiyomat kunida baʼzi yuzlar sevinchdan oqarib, baʼzi yuzlar g‘amdan qorayadi. Shunda yuzlari qorayganlar uchun: “Iymon keltirganingizdan keyin kufr keltirdingizmi? Endi kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib koʻringlar”, – deyiladi.
Qasam boʻlsinki, Alloh ularning “Albatta, Alloh faqir, biz esa boymiz”, – degan gaplarini eshitdi. Ularning bu aytgan gaplarini va payg‘ambarlarni nohaq oʻldirganlarini tezda yozib qoʻyamiz. Qiyomat kunida esa ularga: “Kuyduruvchi jahannamning azobini totib koʻringlar”, – deb aytamiz.
Har bir jon oʻlimni totib koʻruvchidir. Qiyomat kunida, albatta, mukofotlaringizni toʻlig‘icha olasiz. Kimki doʻzaxdan uzoqlashtirilib, jannatga kiritilsa, shubhasiz, yutuqqa erishibdi. Dunyo hayoti esa yolg‘onchi bir zavqdan iboratdir.
Albatta, oyatlarimizni inkor qilib, kufr keltirgan kimsalarni yaqinda doʻzaxga kiritamiz. Azobni qayta-qayta totishlari uchun terilari kuyib pishgach, yana uning oʻrniga boshqa terini almashtirib turamiz. Shubhasiz, Alloh izzati ulug‘ – Aziz va hikmat egasi – Hakim Zotdir.
Ey iymon keltirganlar, ehromda boʻlgan holingizda ovni oʻldirmanglar. Sizlardan kimda-kim uni qasddan oʻldirsa uning gardaniga oʻldirgan ovining qiymati barobaricha xonaki hayvonlardan jazo boʻladi. U ham boʻlsa, Kaʼbaga yuborilib, yetib boradigan qurbonlik hadyasidir, uni tayinlashda orangizdan ikki adolatli zot hakamlik qiladi. Yoki boʻlmasa uning miqdoricha miskinlarga taom ulashish yo, shu barobarida roʻza tutish kafforoti bordir. Bu hukmlarning bari qilmishining mashaqqatini totib koʻrish uchundir. Alloh oʻtmishda boʻlib oʻtganlarni kechirdi. Shundan keyin ham kim bu ishni takrorlasa u holda Alloh undan intiqom oladi. Alloh izzati buyuk – Aziz va zolimlar uchun intiqom Sohibidir.
Ey Rasulim, Vaqtiki, Robbilari huzurida toʻxtatib turilganda Alloh ularga: “Mana bu qayta tirilish haq emas ekanmi?!” – deganini koʻrsang edi. Ular: “Robbimizga qasamki, ha, haq ekan”, – deydilar. Shunda Alloh: “Unday boʻlsa, kufr keltirganingiz sababli shu azobni totinglar”, – deydi.
Ey Rasulim, ularga qarata: “U sizlarning ustingizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni turli guruhlarga aralashtirib, bir-biringizning mashaqqatingizni tottirishga ham qodir boʻlgan Zotdir”, – deb ayting. Qarang, fahmlay olsinlar deb, oyatlarni qanday qilib bayon etmoqdamiz.
Ey Rasulim, yaqin orada shirk keltirgan kimsalar: “Alloh xohlaganida biz ham, ota-bobolarimiz ham shirk keltirmagan va biror narsani harom qilmagan boʻlar edik”, – deydilar. Ulardan burungilar ham, to azobimizni totib koʻrmagunlaricha payg‘ambarlarni xuddi shu kabi yolg‘onchiga chiqargan edilar. Ey Rasulim, ularga: “Sizlarda bizga chiqarib koʻrsatadigan biron bir ilmdan dalil bormi? Sizlar faqatgina gumonlarga ergashyapsizlar. Hamda sizlar faqat yolg‘on aytmoqdasizlar”, – deb ayting.
Shunday qilib, shayton ularni aldov bilan chuv tushirdi. Mazkur daraxtning mevasidan totib koʻrishgach, ularning avrat yerlari koʻrinib ochilib qoldi va uyalganlaridan oʻzlarini jannatning barglari bilan toʻsa boshladilar. Shunda Robbilari ularga: “Sizlarga bu daraxt mevasidan yeyishni taqiqlamaganmidim? Hamda shayton, albatta, ikkovingizga aniq dushmandir demaganmidim?” – deb nido qildi.
Avvalgilari keyingilariga qarata: “Sizlarning bizlardan ortiq joyingiz yoʻq. Qilgan ishlaringizga yarasha azob totaveringlar”, – deydilar.
Mana shu siz kofirlarning bu dunyodagi jazongizdir, bas, uni totib koʻringlar. Qiyomatda esa, albatta, kofirlar uchun doʻzax azobi bordir.
Ularning Baytulloh oldida qilgan ibodatlari faqat hushtak va chapak chalishdan iborat edi. Ana endi Badr jangida kufr keltirganingiz uchun azobni totib koʻringlar.
Jang maydonida farishtalar kofir boʻlganlarning yuzlari va orqalariga urib jonlarini olayotganlarini koʻrganingizda edi. Maloikalar: “Kuyduruvchi doʻzax azobini totinglar”, – der edilar.
Qiyomat kunida oʻsha jamg‘argan oltin va kumushlari bilan jahannam oʻtida qizdiriladi. Hamda ular bilan peshonalari, yonlari va orqalariga bosilib: “Mana bu oʻzlaringiz uchun toʻplagan narsalaringizdir. Endi esa yiqqan xazinalaringizning mazasini totib koʻringlar”, – deyiladi.
Agarda odamlarga yetgan zarar ortidan rahmat zavqini tottirsak, birdan ularda oyatlarimiz haqida makr paydo boʻladi. Ey Rasulim: ularga: “Alloh makrlarni yoʻq qilishda tezroqdir”, – deb ayting. Albatta, elchi farishtalarimiz sizlar qilayotgan makrlaringizni yozib bormoqdalar.
Soʻngra zulm qilgan kimsalarga qarata: “Doimiy azobni totinglar! Sizlar faqat kasb qilgan yomon ishlaringiz uchun jazolanasizlar”, – deyiladi.
Mana shunday kimsalar uchun bu oʻtkinchi dunyoda ozgina foydalanib qolish bor. Oxir-oqibat, ularning qaytar joylari Bizning huzurimizgadir. Keyin esa kufr keltirganlari uchun ularga qattiq azobni tottiramiz.
Agarda biz insonni Oʻz marhamatimizdan bahramand qilsak, keyin uni yana tortib olsak, shubhasiz, u birdan noumid va noshukr boʻlib qoladi.
Agarda unga biror ziyon kelib ketgandan keyin yana neʼmatlarni tottirib qoʻysak: “Baribir mendan yomonliklar ketib boʻldi endi bunday boʻlmaydi”, – deb qoladi. Albatta, u inson mag‘rur va maqtanchoqdir.
Qasamlaringizni orangizda aldov vositasi qilib olmanglar. Unday boʻlsa, Islom yoʻlida sobit boʻlgan oyoqlaringiz toyib ketadi. Hamda odamlarni dindan sovutib, Alloh yoʻlidan toʻsganingiz uchun yomon balo va musibatlarni totib qolasizlar va oxiratda sizlar uchun ulkan azob beriladi.