Ey iymon keltirganlar, aroq va sharob kabi mast qiluvchi ichimliklar, qimor oʻynash, but-sanamlar, fol ochadigan choʻplar shaytonning amalidan boʻlgan iflos ishdir. Bas, undan uzoqlashing shoyad, shunday qilib najot topsangiz.
There are 10 verses derived from the masdar-o'zak ر ج س you searched for.
(bittadan) ifloslikdir, ifloslik (qiyinchilik), iflosdir, bir ifloslik, najasdir, ifloslik, iflosliklariga, jirkanch azob, iflos, kiri
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ey iymon keltirganlar, aroq va sharob kabi mast qiluvchi ichimliklar, qimor oʻynash, but-sanamlar, fol ochadigan choʻplar shaytonning amalidan boʻlgan iflos ishdir. Bas, undan uzoqlashing shoyad, shunday qilib najot topsangiz.
Alloh kimni hidoyat qilishni xohlasa uning koʻnglini Islom uchun keng qilib ochib qoʻyadi. Agarda kimni toʻg‘ri yoʻldan adashtirishni xohlasa, uning koʻnglini xuddi osmonga koʻtarilib ketayotgan odamdek tor va siqilgan qilib qoʻyadi. Shunday qilib, Alloh iymon keltirmaydiganlarga yomonlikni ravo qilib qoʻyadi.
Ey Muhammad, ularga: “Menga vahiy qilingan Qurʼonda sizlar aytgan narsalarni tanovul qiluvchiga harom qilingan deb topmayapman. Faqatgina unda oʻlimtik, toʻkilgan qon, choʻchqa goʻshti, chunki u iflosdir yoki fosiqlik bilan Allohdan boshqasiga atab soʻyilganlar bor”, – deb ayting. Bordi-yu kimda-kim nochor holda ulardan yeyishga majbur qolsa, haddan va meʼyordan oshmay ozgina yesa, gunoh boʻlmaydi. Chunki Robbingiz, albatta, gunohlarni kechiruvchi – G‘ofur va marhamati keng boʻlgan – Rahim Zotdir.
Hud ularga: “Shubhasiz, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va g‘azab tushishi aniq boʻlgandir. Sizlar va ota-bobolaringiz ularni nomlab olib sig‘inib yurgan ismlar haqida men bilan tortishyapsizlarmi? Alloh u but-sanamlar haqida biror-bir hujjat tushirmagan. Unda azob kelishini kutib turinglar men ham sizlar bilan birga kutib turuvchilardanman”, – deb aytdi.
Sizlar jangdan g‘olib boʻlib ularning oldiga qaytib, kelganingizda, ularni jazolashdan toʻxtab, qoʻyib yuborishingiz uchun Alloh nomi bilan qasam ichadilar. Mayli, ulardan yuz oʻgiring. Chunki ular niyatlari va xatti-harakatlari jihatidan pokiza emasdirlar. Qilgan yomon ishlarining jazosi sifatida joylari doʻzax boʻladi.
Ammo qalblarida kasallik boʻlganlarga esa, iflosliklari ustiga yana ifloslik qoʻshiladi, shunday qilib, ular kofir hollarida oʻlib ketadilar.
Ammo qalblarida kasallik boʻlganlarga esa, iflosliklari ustiga yana ifloslik qoʻshiladi, shunday qilib, ular kofir hollarida oʻlib ketadilar.
Allohning iznisiz hech bir jon egasi iymon keltira olmaydi. Alloh azobni aql yuritmaydigan kimsalarga duchor qiladi.
Ana shunday, kimki Alloh harom qilgan narsalarni rioya qilgan holda uni eʼzozlasa bas, bu Robbisi nazdida oʻzi uchun yaxshidir. Sizlar uchun harom ekanligi tilovat qilinadigan narsalardan boshqa barcha chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat ifloslikdan uzoqlashing va yolg‘on soʻzdan ham chetda boʻlinglar.
Besabab tashqariga chiqmay uylaringizda qaror topinglar. Koʻchaga chiqqanlaringizda esa oldingi johiliyat davridagi yasanishdek yasanmanglar. Namozni mukammal toʻliq qilinglar, zakotni beringlar hamda Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etinglar! Ey Payg‘ambarning xonadon ahli, Alloh sizlardan nopoklikni ketkazishni va sizlarni butunlay poklashni istaydi, , xolos.