Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
There are 104 verses derived from the masdar-o'zak ر ج ع you searched for.
qaytadi, qaytarilasiz, qaytadilar, qaytamiz, qaytganingiz, qaytariladi, yana bir-birlariga qaytishlarida, qaytariladiganingiz, qaytishingiz, qaytadilar
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Ular maʼnaviy jihatdan kardirlar haqni eshitmaydilar, soqovdirlar haqiqatni gapira olmaydilar va koʻrdirlar ochiq dalillarni koʻrmaydilar. Endi ular hidoyat yoʻliga qaytmaydilar.
Sizlar oldin yoʻq boʻlib, oʻlik ekanligingizda sizga hayot ato etgan, soʻngra yana joningizni olib, vafotingizdan keyin qayta tiriltiradigan, soʻngra yana Uning huzuriga qaytariladigan Allohni qanday qilib inkor qilasizlar?!
Sabr va namozda bardavom kimsalar, albatta, bir kun Robbilariga yuzma-yuz kelishni va shubhasiz, yana Uning huzuriga qaytib boruvchi ekanliklarini biladilar.
Ularga biror musibat kelganida: “Albatta, biz Allohga oid qullarmiz, hech shak-shubhasiz, vafot etgandan keyin yana Unga qaytuvchilarmiz”, – deydilar.
Barcha arkonlariga amal qilgan holda boshlagan haj va umra ibodatini Alloh uchun toʻliq ado etinglar. Agarda betoblik, qaroqchilarga yoʻliqish yoki shunga oʻxshash uzrli sabablar bilan yoʻlingiz toʻsilib qolsa, u holda qurbingiz yetgan biror bir jonliqdan qurbonlik uchun hadya qilib joʻnating. Boshdagi sochlaringizni esa hadyangiz oʻz joyiga yetib bormaguncha olmay turinglar. Bordi-yu sizlardan kimdir oʻsha payt bemor boʻlsa yoki boshidan sochini oldirmagan taqdirda aziyat boʻladigan bir sabab boʻlsa, u holda sochini oldirishi mumkin. Lekin bu ishni qilgan kimsaga roʻza tutish, sadaqa berish yoki qurbonlik soʻyishdan birortasini fidya qilib toʻlashi kerak boʻladi. Agar haj qilishga toʻsqinlik qilgan holatlardan qutulsangiz va kimki hajgacha umra ibodatidan foydalansa, yaʼni ehromdan vaqtincha chiqib, yana hajda qayta ehromga kiradigan boʻlsa, u qurbi yetgan qurbonlikdan biror jonliq soʻyishi kerak. Kimki bunga imkon topa olmasa, unda uch kun hajda va yetti kun hajdan qaytganingizdan keyin roʻza tutish kerak boʻladi. Ana oʻshanda bu toʻliq oʻn kun boʻladi. Bu hukmlar ahli-oilasining yashash joyi Masjid ul-Haromda boʻlmaganlar uchundir. Allohdan qoʻrqinglar va bilib olinglar, albatta, Alloh azobi qattiq boʻlgan Zotdir.
Yoki haqni inkor qiluvchilar Allohning azobini farishtalar bilan bulutlar soyasi orasidan ularga chiqib kelib, beriladigan jazo amri boʻlishini kutib oʻtiribdilarmi? Oxirida barcha ishlar, albatta, Allohga qaytariladi.
Agar er uni uchinchi marta taloq qilsa, ayol to boshqa er bilan nikohlanmaguncha unga halol boʻlmaydi. Agarda keyingi er ham uni taloq qilsa, avvalgi er va xotin endi bu safar Allohning belgilab qoʻygan hududlarini oʻz joyiga qoʻyishlariga koʻzlari yetsa, u holda qaytib yana nikohlanishlarida gunoh yoʻqdir. Mana bular Allohning qoʻygan hududlaridir. Ularni fahmlaydigan qavmlar uchun bayon qiladi.
Oʻziga bir necha barobar koʻp qilib qaytarilishi evaziga Alloh yoʻliga chiroyli qarz beradigan kim bor? Holbuki, rizqni toraytiradigan ham, kengaytiradigan ham Allohning Oʻzidir hamda sizlar, shubhasiz, Uning huzuriga qaytarilasizlar.
Hammangiz unda Allohga qaytariladigan qiyomat kunidan qoʻrqingar. Soʻngra u yerda har bir jonga qilgan ishi uchun toʻliq jazo yoki mukofot beriladi va ularga nohaqlik qilinmaydi.
Oʻshanda Alloh Isoga: “Ey Iso, seni ular emas, albatta, Oʻzim istagan vaqtda seni vafot ettiruvchi va Oʻz huzurimga koʻtarib oluvchiman. Hamda kufr keltirganlarning yomonligidan seni xalos qilib, senga qilingan turli boʻhtonlardan tozalovchiman. To qiyomat kunigacha senga ergashgan haqiqiy moʻminlarni kofirlardan ustun qilaman. Keyin esa barchangizning qaytishingiz Mening huzurimgadir. Ana oʻshanda sizlar dunyoda tortishib, ixtilof qilgan narsalar borasida oʻrtangizda hakam boʻlib, hukm qilaman”, – dedi.
Ahli kitobdan boʻlgan bir toifa: “Iymon keltirganlarga nozil qilingan Qurʼonga kunning boshida iymon keltirgandek boʻlinglar va uni oxirida yana inkor qilinglar. Shoyad, shunda ular ham dinlaridan qaytsalar”, – dedilar.
Yoki ular Allohning haq dinidan oʻzga dinni xohlaydilarmi?! Axir osmonlaru Yer yuzidagi barcha narsalar Unga istar istamay boʻyin egib, taslim boʻlgan-ku. Hamda barchalari Uning huzuriga qaytariladilar.
Osmonlar va Yer yuzidagi barcha narsalar Allohnikidir. Oxirida barcha ishlar Allohga qaytariladi.
Ey Rasulim, sizga esa oʻzidan oldingi kitoblarni tasdiq qiluvchi va ular ustiga guvoh boʻluvchi Qurʼon kitobni barhaq nozil qildik. Shunday ekan, ular orasida Alloh nozil qilgan oyatlar bilan hukm qiling. Sizga kelgan haqiqatdan ayrilib, ularning havoyi nafslariga ergashmang. Sizlardan har biringiz uchun alohida shariat va yoʻl qilib qoʻyganmiz. Agar Alloh xohlaganda edi sizlarni bir ummat qilib qoʻyar edi. Lekin sizlarga berganlari bilan imtihon qilishi uchun har bir ummatga alohida yoʻl qilib qoʻydi. Shunday ekan, yaxshi amallarni qilishga shoshilinglar. Barchangizning qaytar joyingiz Allohning huzurigadir. Ana oʻshanda sizlarga tortishayotgan narsalaringiz haqida xabar beradi.
Ey iymon keltirganlar, sizlar oʻzingizga diqqat qilinglar. Modomiki, hidoyat yoʻlini topgan ekansiz, adashgan kimsalar sizlarga zarar keltira olmaydilar. Barchangizning qaytar joyingiz Allohning huzurigadir. Oʻshanda Alloh sizlarga qilgan amallaringiz xabarini beradi.
Sizni, faqat chin dildan eshitadiganlar qabul qiladilar. Qalbi oʻlik kofirlarni esa Alloh, albatta, tiriltiradi va Uning huzuriga qaytariladilar.
U tunlari sizlarni vafot ettirib uxlatadigan va kunduzlari nimalar qilganingizni biladigan Zotdir. Soʻngra belgilangan umr muddati ado qilinishi uchun sizlarni undan yana tiriltirib uyg‘otadi. Oxirida qaytishingiz yana Uning huzurigadir. Keyin sizlarga bu dunyoda qilgan amallaringizning xabarini beradi.
Allohdan boshqaga sig‘inadiganlarni soʻkib yurmanglar. Aks holda, ular ham haddan oshib, johillik bilan Allohni soʻkib yuboradilar. Shunday qilib, har bir ummatga qilayotgan ishlarini oʻziga chiroyli qilib koʻrsatib qoʻydik. Keyin oxirida barchalarining boradigan joylari Robbilari huzurigadir. Soʻngra ularga qilgan ishlarining xabarini beradi.
Ey Rasulim, ularga: “U barcha narsaning Robbisi boʻlgani holda, men Allohdan boshqa bir robni izlaymi?” – deb ayting. Har bir nafsning qilgan yomonligi oʻzining zararigadir. Hech bir gunoh koʻtarib yuruvchi boshqasining yukini koʻtarmaydi. Oxirida qaytar joyingiz Robbingiz huzurigadir. Ana oʻshanda sizlarga tortishayotgan narsalaringiz haqida xabar beradi.
Tur tog‘idan oʻz qavmiga qaytgan Muso g‘azablangan va afsus qilgan holda ularga: “Ortimdan naqadar yomon ish qildingiz-a! Robbingizni buyrug‘i kelmay turib shoshqaloqlik qildingizmi?” – deb qoʻlidagi lavhalarni yerga tashlab yubordi. Keyin akasining boshidan torta boshladi. Akasi Horun esa: “Ey onamning oʻg‘li, chindan ham bu qavm meni xorladi va hatto meni oʻldirmoqchi boʻldilar. Meni dushmanlar qarshisida kulgi qilmagin hamda meni zolim qavmlar bilan bir qatorda qilmagin”, – dedi.