Sizlar har bir tepalikka oʻyin-kulgi uchun bir belgi boʻlsin deb, baland binolar quraverasizmi?!
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Sizlar har bir tepalikka oʻyin-kulgi uchun bir belgi boʻlsin deb, baland binolar quraverasizmi?!
Bas, ular Hudni yolg‘onchiga chiqarishdi, keyin Biz ularni halok qildik. Albatta, bunda katta ibrat bordir. Lekin ularning aksariyati iymon keltiruvchi boʻlmadilar.
Sen ham xuddi bizlarga oʻxshagan odamsan. Bas, agar gapingda rostgoʻylardan boʻlsang, biror moʻʼjiza keltir.
Ularni dahshatli azob tutdi. Albatta, bunda katta ibrat bor. Lekin ularning koʻpchiligi iymon keltiruvchi boʻlmadilar.
Albatta, bunda katta ibrat bordir. Lekin ularning koʻplari moʻminlardan boʻlmadi.
Albatta, bunda katta ibrat bor. Lekin ularning koʻplari iymon keltiruvchi boʻlmadilar.
Axir Qurʼon toʻg‘risida bani Isroil avlodining olimlari ham bilishlari ular uchun uning haq ekanligiga hujjat emasmi?!
To, Sin. Bular Qurʼon va ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
Qoʻlingni yoqangning ichiga sol, va qoramtir boʻlgan rangi hech qanday yomonliksiz oppoq boʻlib chiqadi. Bu moʻʼjizalar firʼavn va uning qavmiga olib boradigan toʻqqiz moʻʼjiza ichidadir. Darhaqiqat, ular itoatsiz qavm boʻldilar.
Bas, qachonki, moʻʼjizalarimiz ularga ochiqchasiga koʻrinuvchi holda yetib kelganda, ular: “Bu aniq sehrdir”, – dedilar.
Ana, zulm qilganlari tufayli ularning uylari huvillab yotibdi. Albatta, bunda biladigan qavm uchun katta ibrat bordir.
Shuningdek, siz qalb koʻzi koʻrlarni ham zalolatlaridan chiqarib, haq yoʻlga boshlovchi emassiz. Siz faqat oyatlarimizga iymon keltiradigan va musulmon boʻladigan kishilargagina daʼvatingizni eshittira olasiz.
Qiyomat oldidan kofirlarning ustiga aytilgan azob tushganida Biz ular uchun yerdan bir jonivor chiqaramiz. Jonivor ularga odamlar oyatlarimizga aniq ishonmaydigan boʻlganlarini aytib beradi.
Oʻsha kunda har bir ummatdan oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan guruhlarni toʻplaymiz keyin ular saf-saf boʻlib tizilib turadilar.
Bas, ular savol-javobga kelishgach, Alloh ularga: “Sizlar aniq bilmagan holingizda oyatlarimni yolg‘onga chiqardingizmi?! Yoki nima qilgan edingiz?” – deydi.
Biz odamlar orom olishi uchun kechani paydo qilganimizni va kunduzni yorug‘ qilib qoʻyganimizni koʻrmadilarmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun katta ibratlar bordir.
Ey Rasulim, ularga: “Hamd, faqat Allohgadir. Yaqinda sizlarga Oʻz moʻʼjizalarini koʻrsatadi. Bas, u moʻʼjizalarni eʼtirof qilasizlar. Robbingiz qilayotgan ishlaringizdan bexabar emas”, – deb ayting.
Bular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
Alloh Musoga: “Biz birodaring bilan bilagingni quvvatlaymiz va ikkingizga saltanat ato qilamiz. Bas, ular moʻʼjizalarimiz sababli sizlarga biror ziyon yetkaza olmaydilar. Sizlar ham, sizlarga ergashganlar ham, albatta, g‘olib boʻluvchidirlar”, – dedi.
Bas, qachonki, Muso ularga aniq moʻʼjizalarimiz bilan kelgach, ular: “Bu toʻqima sehrdan boshqa narsa emas. Bu narsani avvalgi ota-bobolarimiz zamonida roʻy berganini eshitgan emasmiz”, – dedilar.