Robbilarining oyatlariga iymon keltiradigan kimsalar,
There are 382 verses derived from the masdar-o'zak أ ي ي you searched for.
oyatlarimizni, mening oyatlarimni, oyatlarini, oyatlar, oyatni, bir oyat (mo''jiza), oyatlarni, sening oyatlaringni, albatta dalillar bor, oyatlardan
Below are those verses with the Arabic text and Uzbek translation.
Robbilarining oyatlariga iymon keltiradigan kimsalar,
Chunki sizlarga oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ortingizga qarab qochgan edingiz.
Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar uni yolg‘onga chiqargan emasmidingiz?!.
Bu Biz nozil qilgan va hukmlarini farz qilgan bir suradirki, unda sizlar eslatma olishingiz uchun ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik.
Alloh mana shu tarzda sizlarga oyatlarini bayon qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Ey moʻminlar, darhaqiqat, Biz sizlarga bayon etuvchi oyatlarni, sizlardan oldin oʻtganlarning masallarini va taqvodorlar uchun nasihatni nozil qildik.
Darhaqiqat, Biz bayon qiluvchi oyatlarni nozil qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni toʻg‘ri yoʻlga boshlaydi.
Ey moʻminlar, qoʻl ostingizdagi qul va choʻrilaringiz hamda balog‘atga yetmagan farzandlaringiz bir kunda uch marta huzuringizga kirishda sizlardan ruxsat soʻrasinlar. Bu vaqtlar, bomdod namozidan oldin, peshin vaqtida issiqdan kiyimlaringizni yechgan paytingiz va xufton namozidan keyindir. Bu uch vaqt sizlarning avratlaringiz ochiq boʻlishi mumkin boʻlgan vaqtlardir. Ular oʻsha vaqtlardan soʻng izn soʻramay kirsalar, sizlarga ham, ularga ham gunoh yoʻqdir. Chunki sizlar bir-biringizning atrofingizda aylanib yuruvchisizlar. Alloh sizlarga oyatlarni mana shunday bayon qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Qachonki, yosh bolalaringiz balog‘atga yetsalar bas, ular ham xuddi oʻzlaridan oldingi balog‘atga yetganlar kabi izn soʻrasinlar. Alloh sizlarga Oʻz oyatlarni mana shunday bayon qiladi. Albatta, Alloh hamma narsani bilib turuvchi – Aʼlim va hikmat egasi boʻlgan – Hakim Zotdir.
Jangga chiqmay qolishda koʻzi ojiz kishiga, oyog‘i choʻloqqa va bemorga gunoh yoʻqdir. Ey moʻminlar, oʻz uylaringizdan, yo otalaringizning uylaridan, yo onalaringizning uylaridan, yo aka-ukalaringizning uylaridan, yo opa-singillaringizning uylaridan, yo amakilaringizning uylaridan, yo ammalaringizning uylaridan, yo tog‘alaringizning uylaridan, yo xolalaringizning uylaridan, yo sizlar kalitlariga ega boʻlgan uylardan, yo doʻstingizning uyidan taom yeyishingizda sizlarga gunoh yoʻqdir. Birgalashib yoki alohida ovqatlanishingizda ham sizlarga gunoh yoʻqdir. Bas, qachonki, uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan boʻlgan muborak, pokiza salomni aytinglar. Aql ishlatishingiz uchun Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qiladi.
Soʻngra ularga: “Bizning oyatlarimizni yolg‘onga chiqargan firʼavn qavmiga boringlar”, – dedik. Ular kufrlaridan qaytmagach ularni dengizga g‘arq qilib qirib yubordik.
Payg‘ambarlarini inkor qilgan Nuh qavmini ham toʻfonda g‘arq qildik va ularni odamlar uchun ibrat qilib qoʻydik. Shu bilan birga, bunday zolimlar uchun oxiratda ham alamli azob tayyorlab qoʻyganmiz.
Robbilarining oyatlari zikr qilingan paytda ular oyatlarga kar va koʻr boʻlib, beeʼtibor harakat qilmaydilar.
Bular ochiq-oydin kitobning oyatlaridir.
Agar Biz ularning moʻmin boʻlishlarini xohlasak, ularga osmondan moʻʼjiza tushirar edik, keyin unga majburan boʻyinlari egilib qolar edi.
Albatta, bunda ibratlar bordir, lekin ularning koʻpchiligi iymon keltiruvchi boʻlmadilar.
Alloh Musoga: “Yoʻq, seni oʻldirmaydilar, bas, Horun bilan ikkovingiz moʻʼjizalarimiz bilan boringlar. Albatta, Biz sizlar bilan birga suhbatingizni eshitib turuvchimiz.
Albatta, bunday hodisada katta ibrat bor. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltiruvchi boʻlmadilar.
Albatta, bularda katta ibrat bor. Lekin ularning aksariyati moʻminlardan boʻlmadi.
Albatta, bunda katta ibrat bordir. Lekin ularning aksariyati iymon keltiruvchi boʻlmadilar.